24-xizmat safari haqida. Reja


Download 18 Kb.
bet1/2
Sana18.09.2023
Hajmi18 Kb.
#1680816
  1   2
Bog'liq
24-mavzu o\'zbek tili


24-XIZMAT SAFARI HAQIDA .
REJA:
1.Xizmat safarlari haqida. Prezidentimizning xizmat safarlari haqida
2.Grammatika:Qo‘shma gaplar va ularning turlari

Hukumat qarori bilan xizmat safari uchun transport, mehmonxona va boshqa xarajatlarining cheklangan miqdori belgilandi. Qolaversa, ayrim toifadagi ishchilardan tashqari boshqa xodimlar 30 kundan ortiq safarda bo‘lishi taqiqlanmoqda. Xarajatlarni onlayn yuritish uchun maxsus dastur va mobil ilova ishlab chiqiladi.


Vazirlar Mahkamasining 2 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi [424-son] qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan xizmat safarlari (komandirovkalar)ning yangi tartibi belgilanmoqda. Shunga ko‘ra, uning muddati 30 kalendar kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarning xizmat safari muddati 12 oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti va Hukumat hujjatlari hamda topshiriqlariga muvofiq, xodimlarni xizmat safariga yuborishda boshqa muddatlar belgilanishi mumkin. Xizmat safariga ketayotgan va qaytayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish «O‘zASBO» dasturiy majmuasi yoki buxgalteriya hisobini yurituvchi axborot tizimida elektron shaklda yuritiladi.
Parlament, hukumat va prezident Administratsiyasi, respublika darajasidagi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman (shahar) hokimlarining barcha tarif bo‘yicha transport xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Рекла
Boshqa xodimlar uchun ekonom klass chiptalar to‘liq, agarda VIP yoki biznes klassda ketishni ma’qul ko‘rsa, chipta narxining 70 foizi tashkilot tomonidan, qolgan qismi esa xodimning o‘zi tomonidan qoplanadi.
Parlament, hukumat va prezident Administratsiyasining rahbar xodimlari, respublika darajasidagi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi birinchi rahbarlarining mehmonxona xarajatlari BHMning 3 baravari — 900 ming so‘mdan oshmasligi kerak.
Parlament, hukumat va prezident administratsiyasining xodimlari, respublika darajasidagi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi rahbar o‘rinbosarlarining mehmonxona xarajatlari BHMning 2 baravari — 600 ming so‘mdan oshmasligi lozim.
Boshqa xodimlar uchun esa BHMning 1,5 baravari — 450 ming so‘mdan oshmasligi kerak. Alkogol va tamaki xarajatlari esa qoplab berilmaydi.
Qaror bilan Moliya vazirligiga DSQ, Transport vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida 3 oy muddatda xizmat safari xarajatlarini hisobini yuritish bo‘yicha dastur va uning mobil ilovasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Mobil ilova orqali xizmat safaridagi xodimning transport, mehmonxona, ovqatlanish va boshqa xarajatlari xarid chekidagi QR-kod yordamida onlayn hisobga olinadi. Shu orqali xarajatlar avtomatik tarzda hisoblash uchun «O‘zASBO» dasturiga uzatiladi.
Dasturda xodimning xizmat safariga yuborish ma’lumotlari tasdiqlangach, mehmonxona xarajatlari bo‘yicha to‘lanadigan to‘lovlar pul o‘tkazish yo‘li bilan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.


Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling