Qarori o‘zbekiston respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘G‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida


Download 67.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi67.15 Kb.
#1054881
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKARISIDAGI XIZMAT SAFARLARI TO‘G‘RISIDA
YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 29-avgustda 1268-son bilan
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1993-yil 1-fevraldagi 34-f-sonli va 1993-yil 16-avgustdagi 287-f-sonli farmoyishlariga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi qaror qiladilar:
1. Ilova qilinayotgan “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risidagi
Yo‘riqnoma” tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan
kundan boshlab o‘n kun mobaynida kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb
hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining
1993-yilning 19-apreldagi 28-son va 497/I-1-01-son bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-fevraldagi 34-f-farmoyishiga asosan nashr etilgan) MDH
mamlakatlari hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining
1993-yilning 19-apreldagi 28-sonli va 497/I-1-01-sonli MDH mamlakatlari hududida xizmat safarlari
to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 1993-yil 29/22-dekabrdagi 92-son va
1329/11-sonli xati.
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2003-yil 24-iyul,
83-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2003-yil 24-iyul,
7/12-son
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil
29-avgustda 1268-son bilan ro‘yxatga olingan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2003-
yil 24-iyuldagi 83-son va 7/12-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”

Download 67.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling