24-yotoq navbatchilar ro’yxati
Download 33.81 Kb.
|
YUZ
O`quvchi:
Moziydan hikmat so`radim, Navoiydan madad so`radim. Tuproq bo`lib hazrat poyida, Hikmatidan bir gart so`radim. Bobur balqib boshida turdi, Va lekin ko`z yoshimda turdi. Dedi:-“Bo`tam, vatan sog`inchi” Zahar bo`lgan oshimda turdi. Bobolarim komilu komron’ Bobolarim ashraful inson . Hikmatidan ibratlar olib, Hikmatlanib turibdi jahon. Siz el ichra omon-omonsiz, She`riyatda shohi jahonsiz. Ta`zim sizga,Hazrat Navoiy, Ta`zim sizga ,Hazrati Bobur. Siz O`zbekka shon ichra shonsiz, Ori osmon O`zbekistosiz. O`quvchi: Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim , Kunglumdin o‘zga mahrami asror topmadim. Jonimdek o‘zga jonni dilofgor ko‘rmadim, Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim. O`quvchi: Ko‘ngli tilagan murodig’a yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda, Boshini olib bir sarig’a ketsa kishi. Otaqul Ey oy yuzing oldida quyosh sarmanda, Shirin so`zi yaxshi xulqingga men banda. Hijronda necha noma bilan so`zlashlaring Yo sen beri kel, yo men borayin anda. Farangiz Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l.Bobur Shafqatsiz kishi azobga loyiqdirI.Shaxina Davlat uchun ko'ngulni zor etma, izzat uchun o'zungnixor etmaFarangiz Yaxshi kishilarni Yaratgan yaxshi do‘stlar bilansiylaydi.Sahna ko’rinishi Mayin musiqa yangraydi. Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofdagi uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy axvol, soliqlar to‘g‘risida suhbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning huzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi. Bobur: -Ruxsat, huzurimga olib kelingiz. (Notanish kishi qo‘lida qovun bilan kirib keladi va ta'zim qiladi.) Kishi: Assalomu alaykum, hazratim. (Ta'zim keltiradi.) Men savdogarman. Sizning huzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib keldim. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne'matdan totib ko‘ring, hazratim. Zora sog‘inchingizga muallima boshlangich malham bo‘lsa. (Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo‘llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq hidlab yuz-ko‘zlariga surtadi va o‘ta g‘amgin holda gapiradi.) Bobur: Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoli-yu, musaffo havosini, tabarruk tuprog‘ining isini, beqiyos ekinzorlarining go‘zalligini, bolaligim o‘tgan go‘zal vodiylar manzarasi, dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mehrini tuydim. Kindik qonim to‘kilgan Vatan -mening beshigim, sog‘inchim va tuganmas armonlarimdir. Qo’shiq Muhammad Yusufning “Bobur nidosi” she`ri ijro etiladi.Toqatim toldi oqibatTaxtni yov oldi oqibatO`z yurtim qoldi oqibatAvg`on ketdim daryo kechibOmad kelar, ketar ekanJon do`sting ham sotar ekan.Ortingdan tosh otar ekanJayron ketdim daryo kechibIkki ko`zim elimdadirCho`g`dek so`zim tilimdadirDilim yonib, dilimda birArmon ketdim daryo kechibBog`ishamol sayr endiQilg`ay chiqib g`ayr endi.Boburing yo`q xayr endiAnjon ketdim daryo kechib.Andijon bag`ridan uchib bir yulduzHindiston tojiga gavhardek qo`ndiOtash yuragida aylanar bir yulduzAnda jon qoldiku, anda jon qoldi.Dunyo charxpalagi tinmay aylanarTalato`p zamonlar o`taveradi.Asrlar qaridan bir so`z ingranarAnda jon qoldiku, anda jon qoldi.Xalqim buyuk o`g`ling, buyuk shoh o`g`lingBoburing qalbida bir armon qoldi.Nolasi kuydirar toabad bag`ringAnda jon qoldiku, anda jon qoldi.Download 33.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling