243 haqorat tushunchasi va uning lingvistik ekspertizasi
Download 33.5 Kb. Pdf ko'rish
|
najmiddinova-n.-haqorat-tushunchasi-va-uning-lingvistik-ekspertizasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzlar
O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 243 HAQORAT TUSHUNCHASI VA UNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI Najmiddinova Nilufar ToshDOʻTAU tadqiqotchisi. Annotatsiya. Ushbu maqolada haqorat tushunchasi va qonunchilikda unga tayinlanadigan jazo, haqorat mazmunining lingvistik ekspertizasi, uning huquqiy va lingvistik belgilari haqida fikr yuritiladi. Kalit soʻzlar:inson, shaʼni, obroʻ, haqorat, kamsitish, salbiy, maʼmuriy, jinoiy, himoya, modda, axborot, lingvistik ekspertiza. Annotation. In this country, the concept of insult and the punishment imposed for it in the law, the linguistic examination of the content of the insult, its legal and linguistic features are considered. Key words: person, honor, reputation, insult, discrimination, negative, administrative, criminal, protection, content, information, linguistic expertise. Dunyoda inson huquqlari, uning joni, mol-mulki va shaʼnining turli tajovuzlardan himoya qilish eng muhim va birlamchi vazifaga aylanib bormoqda. Jamiyatdagi barcha insonlarning huquqiy jihatdan tengligini taʼminlash uchun barcha sohalarda jiddiy va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yurtimizda ham huquqshunoslik va tilshunoslik sohalari kesishmasidagi bir muncha yangi soha lingvistik ekspertizaning rivojlanishi bilan shaxsni haqorat qilish, uning shaʼni, qadr-qimmati va obroʻsiga daxl qilinishini oldini olish va shunday hodisalarni aniqlash borasida qimmatli tadqiqotlar olib borilmoqda. Haqorat bilan bogʻliq holatlarda lingvistik ekspertizalar tasnifi N.D.Golev». [N.Golev. 1999], Y.I.Galyashina[Y.I.Galyashina.2003] tomonidan amalga oshirildi. Umuman olganda tilshunos uchun HAQORAT [a. – pastlik, razillik, tubanlik; pastkashlik; tahqirlash] 1 Kishining or-nomusi, shaxsiyatini pastga uradigan, tahqirlovchi maʼno-mazmunli soʻz, gap. Toʻlqinjon buni darrov payqadi, koʻzini yashirib, ogʻzidan chiqib ketay degan haqoratni “qult” etib yutdi. F. Musajon, Huri. Abdubilol endi yigʻlab, ogʻziga kelgan gapni qaytarmadi, alamidan akasining yuziga tupurdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina. Haqorat qilmoq ayn. haqoratlamoq. Siz boʻlsangiz, “meshchan”, deb haqorat qildingiz ularni. A. Muxtor, Tugʻilish. Ha, meni haqorat qilgan tillaring uzilsin! D. Nuriy, Osmon ustuni. Bahsda qizishgan, baqirgan, qarshi tarafni haqorat qilgan odam doim yutqazadi. F. Musajonov, Himmat. [OʻTIL. 5 jild, 186] yaʼni nutqdagi muayyan bir soʻz, gap yoki shunday maʼno va mazmunni ifodalovchi xatti-harakat “haqorat” hisoblanadi. Huquqshunos esa “haqorat” atamasini emas, balki sodir boʻlgan voqeani qonuniy ravishda baholaydi, yaʼni quyidagi savol muammoni hal qiladi: Huquqshunos esa “haqorat” atamasini emas, balki sodir boʻlgan voqeani qonuniy ravishda baholaydi, yaʼni quyidagi savol muammoni hal qiladi: Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling