243 haqorat tushunchasi va uning lingvistik ekspertizasi


O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI


Download 33.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1563408
1   2   3
Bog'liq
najmiddinova-n.-haqorat-tushunchasi-va-uning-lingvistik-ekspertizasi (3)

O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
244 
Tilshunos tomonidan aniqlangan va “haqorat” soʻzi deb ataladigan bu 
xususiyatlar yеtarli boʻladimi, bu vaziyatni huquqshunoslikda “haqorat” deb 
ataladigan jinoyat deb atash mumkinmi? 
Haqorat qilish zamonaviy huquqiy tilshunoslikning asosiy tushunchalaridan 
biridir. Huquqiy jihatdan, Haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini 
beodoblik bilan qasddan tahqirlashdir[Lex.uz] Shundan kelib chiqadiki, nutq 
faoliyati ikki majburiy shart mavjudligini nazarda tutadi: 
hurmat va qadr-qimmatni kamsitish; 
hurmat va qadr-qimmatni kamsitishning bir usuli sifatidagi nopok shakl 
qoʻllanilishi. 
Haqorat qilish: 
a) jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati 
bilan bogʻliq holda; 
b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan 
shaxs tomonidan qilingan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz 
baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha 
axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash 
jabrlanuvchiga nisbatan sodir etilgan har xil harakatlarda, masalan, uyat gaplar 
bilan soʻkish, turli haqoratli soʻz va iboralarni yozish, betga tupurish, badani bilan 
axloqsiz harakatlar yoki imo-ishoralar qilish kabi holatlarda ifodalanadi. 
Maʼmuriy javobgarlikda haqorat taʼrifiga tor tushuncha sifatida berilgan va 
nisbatan aniq mezonlarga qaratilgan haqoratni ifodalovchi soʻzlar roʻyxati taqdim 
etilgan. Masalan, axlat, ahmoq, turshak, it, mol, kabi leksik birliklar va haqorat 
maʼnosini ifodalovchi ishoralar (oʻrta barmoqni koʻrsatish, bosh barmoq bilan aqli 
zaiflikni ifodalovchi ishora)ni muayyan bir shaxsga nisbatan qoʻllash haqorat 
qilish. Mazkur holat tilshunoslik nuqtayi nazaridan nutq odobini buzilishi deb 
qaralsa, huquqiy jihatdan qonun buzilishi deb baholanadi. 
Biroq, haqoratni qoʻpol soʻz, soʻz birikmalari yoki iboralarni qoʻllash har 
qanday vaziyatga koʻra har doim ham haqorat maʼnosi mavjud boʻlmasligini 
inobatga olgan holda tor va bir yoqlama yondashuv asosida xulosa chiqarish 
ehtimoli yuqori. Shuning uchun, soha mutaxassisigina qonun nuqtayi nazaridan 
haqorat faktini belgilash vazifasiga ega boʻla oladi. Haqorat mazmuni boʻlishi 
uchun ikki muhim belgilarning mavjudligini aniqlash zarur: 
• shaʼn va qadr-qimmatni kamsitishning lisoniy belgilari; 
• nomaqbul til shaklining lingvistik belgilari. 
Tilshunoslik maʼmuriy jinoyat sifatida haqorat qilishni, shaʼni va qadr-
qimmatini “fuqarolik-huquqiy” kamsitish bilan taqqoslaydi, bu haqiqatga toʻgʻri 
kelmaydigan, obroʻsizlantiruvchi maʼlumotlarni tarqatish shaklini oladi. Shaʼni, 
qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish. Shunday qilib, maʼmuriy 
huquq sohasi shaʼni va qadr-qimmatini odobsiz shaklda kamsitishdan, shuningdek, 
fuqarolik huquqi sohasi boʻlgan haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, obroʻsizlantiruvchi 



Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling