O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O‘qituvchi:
O‘zbekiston tabiati betakror. Bu erda o‘simlik va hayvonotning juda ko‘p noyob turlarini uchratish mumkin. Respublikada yirik tabiatni qo‘riqlash proektlari amalga oshirilmoqda. Davlat qo‘riqxonalari va mavsumiy himoya rejalari ishga tushirilgan.
O‘zbek landshafti:
O‘zbekiston Respublikasi yer maydonining katta qismini pasttekisliklar egallaydi. Bularning eng kattasi Turon pasttekisligi (Turon tekisligi). Dengiz sathidan eng baland joy: Hisor tizmasi - balandligi 4643 m, dengiz sathidan eng past joy esa: Mingbuloq cho‘kmasi - -12,8 m (Qizilqum cho‘lida). O‘zbekiston Respublikasi territoriyasida joylashgan Qizilqum - dunyodagi katta cho‘llarning biri hisoblanadi.
O‘zbekiston yovvoyi tabiati:
Tabiati qo‘riqlanayotgan maydonlar zanjiri O‘zbekiston Respublikasidagi biologik xilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasidagi tabiati saqlanayotgan joylar:
-umumiy maydoni 2164 km2 bo‘lgan to‘qqiz Davlat qo‘riqxonalari;
-maydoni 6061 km2 bo‘lgan ikki milliy park;
Do'stlaringiz bilan baham: |