Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O‘qituvchi:
Buyuk bobomizning yoshlik yillariga e’tibor qaratamiz. Yozuvchi Nurali Qobulning “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich” romanidan qisqacha sizga so‘zlab beraman.
“… To‘rt yoshli Temur oqila va fozila onasi Takina begim murabbiyligida yozishni mashq qilardi.
Voy o‘lmasam otasi, o‘g‘lingiz chapaqay-ku! So‘l qo‘li bilan yazayapti.Qalamni o‘ng qo‘liga tutqazib qo‘samda, chap qo‘liga oladi. Qarang! – deya xo‘jasiga murojaat etdi Takina begim.”
Qani ko‘raylikchi bu amirzodani. Marhamat qilib qalamingizni o‘ng qo‘lingizga olingchi bo‘tam. Ha, barakallo. Qani yozingchi. Qanday yozar ekansiz,- deya Temurning qalam yuritishini kuzata boshladi otasi. Otasining so‘zini diqqat bilan tinglagan yosh amirzoda qalamni o‘ng qo‘liga tutganicha, yanada chiroyli qilib yoza ketdi.
Topshiriq: “Xulosa” mashqi. Romanning kichik parchasidan o‘zingizga qanday xulosa chiqardingiz? degan savol bilan o‘qituvchi o‘quvchilarga yuzlanadi.
Izoh: O‘qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o‘quvchilarning o‘zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo‘lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
III. Yakuniy qism:
Dars yakunida o‘quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
28-Mavzu: Velosiped va aravalar harakatlanishi hamda hayvonlarni haydab o‘tishga doir talablar (Yo‘l harakati qoidalari)
I. Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarga velosiped va aravalar harakatlanishi hamda hayvonlarni haydab o‘tishga doir talablari haqida ma’lumot berish
Do'stlaringiz bilan baham: |