20-Mavzu: Buyuk siymolarni yod etib. (Hazrat Alisher Navoiy va Z.M. Bobur tavalludi tavalludi munosabati bilan)
I. Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiy va Boburning hayoti va ijodiga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil, 9-fevralda Hirotning Bog‘i Davlatxona atalmish joyida dunyoga kelgan. Otasi G’iyosiddin Muhammad ( G’iyosiddin Kichkina) Тemuriylar saroyida amaldorlardan, onasi Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher 7-8 yoshlarida she’r yoza boshladi. U Mavlono Lutfiyni o‘z ustozi deb bilar edi. Lutfiy yosh Alisherning qobiliyatiga qiziqdi, iste’dodiga yuksak baho berdi. Aziz bolalar , bu misralar orqali kimni yodga olyapmiz? Bobomiz Alisher Navoiyni “Navoiy va bulbul ”hikoyasini bolalar sahna ko‘rinishida ijro etishadi va Navoiy taxallusi qanday qo‘yilgani eslatiladi. Alisher Navoiyning ulug‘ligi yozib qoldirgan asarlarida, betakror obidalarida oz aksini topgan .Turli sohadagi iste’dodli kishilarga o‘z shaxsiy jamg‘armasidan homiylik qilib, o‘nlab san’at asarlarini yaratishga o‘z hissasini qo‘shgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tug‘ildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg‘ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg‘onistonni egalladi. 1519-1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos soldi dekabrda Agra (1530 y. 26 dekabr) da vafot etdi. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko‘ra Qobulga ko‘chirilgan. Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Temuriylar avlodining vakili bo‘lib,bolaligidan ot bilan sirlashib katta bo‘lgan. Bu haqda “Boburnoma”asarida yozib qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |