25. Chet el elmenti bilan murakkablashgan farzandlikka olish jarayonida ishtirok etuvchi davlatlarning vakolatlari xususida fikr yuriting va xalqaro shartnomalarda ushbu mavzu yuzasidan qanday toʻxtamlarga kelinganligi toʻgʻrisida oʻzaro muhokamaga
Download 356.49 Kb. Pdf ko'rish
|
tashuvchi mamlakat huquqi qo‘llaniladi.
Yuk tashuvchi taraf Oʻzbekistonga yetkazilgan zararni (dengizga tashlab yuborilgan yuk haqini) oʻrnini qoplash haqidagi masalaga to`xtaladigan bo`lsak, bunda, dastlab, bu kimning aybi bilan sodir etilganligini aniqlash kerak bo`ladi. Fuqarolik kodeksining 721-moddasida yuk yoki bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi belgilangan bo`lib, unga ko`ra agar tashuvchi yuk yoki bagajning yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) o‘zining aybi yo‘qligini isbot qilib bera olmasa, zarar tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda to‘lanadi:
yuk yoki bagaj yo‘qolgan yoxud kam chiqqan taqdirda — yo‘qolgan yoki kam chiqqan yuk yoxud bagajning qiymati miqdorida;
taqdirda — yuk yoki bagajning e’lon qilingan qiymati miqdorida;
Transport tashkiloti real zararni to‘lash bilan birga yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yukni tashish uchun olgan kira haqini, agar u yukning bahosiga kirmasa, jo‘natuvchi (oluvchi)ga qaytarib beradi. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2013-yil 26- apreldagi 76-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Daryo transportida yuk tashish Qoidalari” to`g`risidagi hujjatda
agar yuk tashuvchi yukning yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) o‘zining aybi yo‘qligini isbotlay olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yukning yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki unga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar bo‘ladi.
Yuk tashish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, kemaning halokati yoki boshqa baxtsiz hodisa tufayli tashish davrida yo‘qotilgan yuk uchun tashish haqi undirilmaydi, to‘langan avans yuk jo‘natuvchiga qaytariladi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu vaziyatda xalqaro konvensiyalar hamda O`zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga asosan bu nizoni hal qilishda tashuvchining mamlakat qonuni qo`llanilishi kerak. Yetkazilgan zaraga e’tibor qaratsak, bunda tashuvchi mulk tashuvchi to`g`ridan to`g`ri aybdor emas. Shuning uchun bu sud tomonidan ko`rib chiqilib hal qilinishi kerak, ya’ni, masalan, tashuv haqining bir qismi buzilgan kemadan olinishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018. 2. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 29.08.1996. 3. Xalqaro xususiy huquq. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. //H.R.Rahmonqulov va boshq. /H.B.Boboyev, M.X.Rustamboyev, O.Oqyulov, A.R.Raxmanovlarning umumiy tahriri ostida. - T.: TDYI nashriyoti, 2002,488-bet. 4. Xalqaro xususiy huquq: O‘quv qo‘llanma / Mas’ul muharrir R.S.Qosimov – T.:, 2012. – 296 b. 5. “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat Palatasi Huzuridagi Xalqaro Tijorat Arbitraj (Hakamlik) Sudining Reglamenti to‘g‘risida”gi qonun. Foydalanilgan saytlar 1. www.Ziyonet.uz 2. http://www.Norma.uz 3. http://www.Lex.uz
Download 356.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling