25. Chet el elmenti bilan murakkablashgan farzandlikka olish jarayonida ishtirok etuvchi davlatlarning vakolatlari xususida fikr yuriting va xalqaro shartnomalarda ushbu mavzu yuzasidan qanday toʻxtamlarga kelinganligi toʻgʻrisida oʻzaro muhokamaga
Download 356.49 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
birinchidan, investitsiya kirishida muhim rol o`ynashi. Ya’ni Xalqaro
arbitraj sudiga kirib kelayotgan investor o`z huquqlarininh himoyasi borligiga amin bo`ladi. Ikkinchidan, mamlakat ichkarisidagi tadbirkor yoki boshqa shaxslar o`z nizolarini tez, qulay va arzon hal qilishadi. Uchinchidan, bu boshqa sudlarning ham professionallashishiga turtki bo`ladi.
1 Xalqaro xususiy huquq: O‘quv qo‘llanma / Mas’ul muharrir R.S.Qosimov –T.:, 2012. – 296 b. 2 Xalqaro xususiy huquq: O‘quv qo‘llanma / Mas’ul muharrir R.S.Qosimov –T.:, 2012. – 296 b.
8. kazus Oʻzbekiton kompaniyasiga tegishli yukni olib ketayotgan Turkiya kemasi, ochiq dengizda Italiyaga tegishli kema dvigateli nosoz xolatda ekanligini, suvga choʻkish havfi borligini, shu sababli yordamga muhtojligini koʻrib qoladi. Yaqin atrofdagi portgacha uni olib borib qoʻyish uchun Turkiya kemasi nosoz kemani tortib (buksir) olib borishi lozim edi. Turkiya kemasi nosoz kemani torta olishi uchun olib ketilayotgan yukning bir qismidan voz kechishi kerak edi, shuning uchun ortiqcha yuk kema bortidan dengizga tashlab yuborildi. Savol: Yuk tashuvchi taraf Oʻzbekistonga yetkazilgan zararni (dengizga tashlab yuborilgan yuk haqini) oʻrnini qoplashi kerakmi? Munosabatga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqni aniqlang.
Xalqaro dengiz tashuvi ─ xalqaro dengiz shartnomalari va konvensiyalarda belgilangan tartibda suv orqali yuk va yo`lovchi tashish. Xalqaro qatnov to‘g‘risidagi bitimlar va ichki qonun hujjatlari yuklar va yo`lovchilar tashish bo‘yicha munosabatlar uchun quyidagi kollizion bog`lanishlami nazarda tutadi: 1) jo'natish mamlakati qonuni; 2) o'tib borilayotgan mamlakat qonuni; 3) yuk to'xtatib qolingan (turilgan) mamlakat qonuni; 4) tashish shartnomasi o'zgartiriladigan mamlakat qonuni; 5) hodisa sodir boigan joy mamlakati qonuni; 6) yuk tayinlangan mamlakat qonuni;
7) da’vo (talab) bildirilgan mamlakat qonuni; 8) sudida da'vo (sud qonuni) ko'rib chiqiladigan mamlakat qonuni. Xalqaro kuch qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va 1931 yil iyun oyida kuchga kirgan va yuklarni dengiz orqali tashish to'g'risidagi Konvensiya va xalqaro yuk tashish hujjatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarining birlashtirilganligi to'g'risidagi xalqaro konvensiya (Gaaga qoidalari) va xalqaro kuchga kiruvchi asosiy xalqaro hujjatlar bu sohada eng muhim hujjatlar hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro savdo huquqi bo'yicha komissiyasi (UNCITRAL) tomonidan ishlab chiqilgan va 1978 yil noyabr oyida kuchga kirgan 1978 yildagi (Gamburg qoidalari) ushbu konvensiyalar o'rtasidagi asosiy farq transport hujjatlarida ko'rsatilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar hajmidir 3 .
Dengiz transportida tashuvchi yukni saqlab qolmagan taqdirda aybli bo‘lgani uchun javob beradi, unga talablar qo‘yish uchun esa bir yillik muhlat amal qiladi. Konosament bo‘yicha yuklarni tashish paytida uning narxini e’lon qilish joiz. Tashuvchi navigatsion xatolik deb atalmish (kemani yurg‘izish va boshqarish paytidagi kapitan, matros, lotsman xatosi) xato uchun javobgar bo‘lmaydi. Xalqaro tashish shartnomasi taraflar tomonidan tashish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda ularning mulkiy javobgarligiga asos bo‘ladi. Buyuk Britaniya va Fransiya sudlarida (fransuz qonun hujjatlariga muvofiq) kema bayrog‘i qonuniga amal qilinadi, GFR sudlarida esa yuk borib tushadigan joy qonuniga ko‘proq amal qilinadi. Polsha qonuniga muvofiq taraflar tomonidan tanlangan qonunga amal qilinadi. Tashish shartnomasiga ko‘ra tanlov bo‘lmagan taqdirda tashuvchining joylashgan joyi qonuniga amal qilinadi 4 .
shartnomada ko`rsatilgan davlat qonuni qo`llanadi. Lekin yuqoridagi kazusning
3 Xalqaro xususiy huquq. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. //H.R.Rahmonqulov va boshq. /H.B.Boboyev, M.X.Rustamboyev, O.Oqyulov, A.R.Raxmanovlarning umumiy tahriri ostida. - T.: TDYI nashriyoti, 2002,488-bet. 4 Xalqaro xususiy huquq: O‘quv qo‘llanma / Mas’ul muharrir R.S.Qosimov –T.:, 2012. – 296 b. shartiga ko`ra bu shartnomada belgilanmagan. Lekin bunday vaziyatlarda O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1190-moddasiga ko`ra: Qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida shartnoma taraflarining kelishuvi bo‘lmagan taqdirda, bu shartnomaga nisbatan, xususan, yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasida — Download 356.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling