25-mavzu: Hujjat va uning turlari. Hujjatlarning zaruriy qismlari. Sohaga oid hujjatlar va ularning rasmiylashtirilishi


Hujjatlarning ixtisoslashtirilgan sohalari


Download 120.12 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi120.12 Kb.
#1514863
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
25-AMALIY MASHGULOT

Hujjatlarning ixtisoslashtirilgan sohalari

  • Bozor aloqalari (MarCom): MarCom yozuvchilari kompaniyaning qiymat taklifini turli bosma, elektron va ijtimoiy tarmoqlar orqali etkazishga intilishadi. Korporativ yozuvlarning ushbu sohasi ko'pincha takliflarga javob berish bilan shug'ullanadi.

  • Texnik aloqa (TechCom): Texnik mualliflar kompaniyaning mahsuloti yoki xizmatini hujjatlashtiradilar. Texnik nashrlarda foydalanuvchi qo'llanmalari, o'rnatish va sozlash bo'yicha qo'llanmalar, muammolarni bartaraf etish va ta'mirlash protseduralari bo'lishi mumkin.

  • Huquqiy yozuv: Ushbu turdagi hujjatlar ko'pincha advokatlar yoki paralegallar tomonidan tayyorlanadi.

  • Muvofiqlik to'g'risidagi hujjatlar: Ushbu turdagi hujjatlar kodlanadi Standart ishlash tartibi (SOPs), xavfsizlikni tasdiqlash, soliqqa tortish, moliyalashtirish, texnik tasdiqlash va boshqa har qanday tartibga solish talablariga javob beradi

  • Sog'liqni saqlash hujjatlari: Ushbu hujjat sohasi sog'liqni saqlash vaqtida sodir bo'lgan voqealarni o'z vaqtida qayd etish va tasdiqlashni o'z ichiga oladi.[10]

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi joylashtirildi.
Normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir. Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Norma ijodkorligi faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardir:
qonuniylik;
xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan prinsiplari va qoidalari ustunligi;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilish prinsipi;
oshkoralik;
ilmiylik;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning tizimliligi va to‘liqligi;
huquqiy tartibga solishning adekvatligi prinsipi;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda barqarorlik.
Norma ijodkorligi faoliyati normativ-huquqiy hujjatlarning qat'iy iyerarxiyasini ta'minlash, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar vakolatini hisobga olish orqali amalga oshiriladi.
Norma ijodkorligi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Norma ijodkorligi faoliyati xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan prinsiplari va qoidalari ustunligini tan olishga asoslanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqilishini ilgari surish, rejalashtirish, tayyorlash, qabul qilish va ijrosini ta'minlashda jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarining fikrlarini inobatga oladi, ijtimoiy adolatni ta'minlash va barqaror rivojlanishga erishish maqsadida ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirilishini va himoya qilinishini kafolatlaydi.
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar tayyorlanayotgan va ular tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risida jamoatchilikni normativ-huquqiy hujjatlarni chop etish, ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan usullarda rasmiy e'lon qilish orqali xabardor qilishni ta'minlaydi.
Norma ijodkorligi faoliyati ilmiy tadqiqotlar natijalarini tahliliga, ilm-fan yutuqlariga, shuningdek olimlar, ekspertlar va mutaxassislar fikriga tayanadi.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning tizimliligi va to‘liqligi normativ-huquqiy hujjatlarni turkumlashtirish, bo‘shliqlar, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llash amaliyotiga ta'sir etmaydigan normalarga yo‘l qo‘ymaslik, normativ-huquqiy hujjatlar kolliziyalari yo‘qligi bilan ta'minlanadi.
Huquqiy tartibga solishning adekvatligi qonunchilikda turli sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun haqiqatda zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar mavjudligi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining obektiv ehtiyojlarini aks ettirish orqali ifodalanadi.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan, normativ-huquqiy hujjatlarning zarur darajadagi sifatini ta'minlash, turli sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning to‘liqligi va samaradorligini ta'minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarga tez tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘ymaslik orqali ta'minlanadi.

Download 120.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling