25-Variant Kriptografiyaning asosiy bulimlari, simmetrik kalitli, ochik kalitli va xesh- funktsiyalarni tushuntiring


Download 74.49 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi74.49 Kb.
#1598120
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Киберхавфсизлик асослари фанидан оралиқ назорат саволлари


25-Variant
1. Kriptografiyaning asosiy bulimlari, simmetrik kalitli, ochik kalitli va xesh- funktsiyalarni tushuntiring.
2. Tarmoklararo ekran vositasi va uning asosiy vazifasini tushuntiring.
3. Sezar shifrlash usulida familiya va ismingizni shifrlang


1. Kriptografiyaning asosiy bulimlari, simmetrik kalitli, ochik kalitli va xesh- funktsiyalarni tushuntiring.

«Kriptografiya» atamasi grek tilidan tarjima qilinganda «yashirish,


yozuvni berkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildiradi. Atamaning ma’nosi
kriptografiya kerakli ma’lumotni yashirin saqlash va himoyalash
maqsadida qo‘llanishini anglatadi. Kriptografiya axborotni himoyalash vositasi, shuning uchun u axborot xavfsizligini ta’minlashning bir tarmog‘i hisoblanadi.
Kriptologiyaning (kripto – yashirin, logiya – fan, bilim) rivojlanishini uchta bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich kriptologiyani fan sifatidan e’tirof etilmagan davri, tor doiradagi qiziquvchilarga xos faoliyat turi bo‘lgan. Ikkinchi bosqich 1949-yildan boshlanib, K.Shenonning «Maxfiy tizimlarda aloqa nazariyasi» nomli risolaning chop etilishi bilan bog‘lanadi.
Kriptografiya 4 ga bo'linadi:

  1. simmetrik kalitli(Sezar, Polibye, Affine, Veginere, XOR kabi algoritmli) Kriptotizimlar:

  2. asimmertrik yoki Ochiq Kalitli Kriptotizimlar(OKK):

  3. Elektron raqamli imzo Kriptotizimlari:

  4. Kalitlarni boshqarish:

Kriptografiya va uning ahamiyati Grek tilidan tarjima qilganda kriptografiya so’zi “mahfiy yozuv” ma’nosini anglatadi. Kriptografiyaning klassik masalasi qandaydir boshlang’ich matnni (ochiq matnni) qandaydir qoidalar yordamida shifrlangan ko’rinishga o’tkazishdir. Bunda qandaydir belgilarning tasodifiyga o’xshagan ketma-ketligi shiromatn yoki kriptogramma deb ataladi. Ochiq matnni oddiy inson tomonidan tushunarsiz xolatga o’tkazish jarayoni fan tili bilan shifrlash yoki deshifrlash atamalari bilan ham nomlangan. Shifrlash deganda barcha tomonidan tushuniladigan va ochiq ma’lumotlarni shifrlangan ma’lumotlarga (shifrlangan matnga) o’zgartirishga aytilsa, deshifrlash deganda shifrlangan ma’lumotlarni ochiq ma’lumotlarga o’zgartiruvchi teskari jarayonga aytiladi. Shifrlash usuli (shifr) deb, shifrlash algoritmiga binoan ochiq informatsiyani berkitilgan (tushunarsiz) informatsiyaga o’zgartiruvchi amallar majmuasiga aytiladi.
Shifrlashning zamonaviy usullari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
 Shifrning kriptoanalizga (deshifrovkaga) bo’lgan turg’unligi (chidamliligi – kriptoturg’unlik) shunday bo’lishi lozimki, uning fosh etilishi faqatgina kalitlarning to’liq saralash masalasini yechish orqaligina amalga oshirilishi mumkin bo’lsin;
 Kriptoturg’unlik shifrlash algoritmining mahfiyligi orqali emas, balki kalitning mahfiyligi orqali ta’minlanadi;
 Shifr matn hajmi bo’yicha dastlabki informatsiyadan ortiq bo’lmasligi lozim;
 Shifrlashdagi xatoliklar informatsiyaning buzilishiga va yo’qolishiga olib kelmasligi kerak;
 Shifrlash vaqti juda ham katta bo’lmasligi zarur;
 Shifrlashning narxi berkitiluvchi informatsiya narxi bilan muvofiqlashtirilshi lozim. Shifrlashning keng miqyosda ishlatiluvchi algoritmini amalda mahfiy saqlash mumkin emas. Shu sababli, algoritmning kriptoanalitik foydalanishi mumkin bo’lgan zaif tomonlari bo’lmasligi lozim. Agar bu shart bajarilsa, shifrning kriptoturg’unligi kalit uzunligi orqali aniqlanadi, chunki shifrlangan informatsiyani fosh etishning yagona yo’li – kalit kombinatsiyalarini saqlovchi algoritmni rasshifrovka qilishdir. Shunday qilib, kriptoanaliz uchun sarf qilinadigan vaqt va vositalar kalit uzunligiga hamda shifrlash algoritmining murakkabligiga bog’liqdir.


Download 74.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling