26-Mavzu. Bakterial va ko’kat o’g’itlar Mavzuning maqsadi


Download 22.8 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi22.8 Kb.
#1612114
1   2
Bog'liq
11-mavzu

Ko’kat o’g’itlar
Respublikamizda yil davomida jamg’ariladigan go’ngning barchasi fan tavsiyasi asosida ishlatilganida ham 10 dalali almashlab ekishning bitta dalasini gektariga 20 t mahalliy o’g’it bilan ta’minlash imkonini beradi, holos. Paxtachilikda mineral o’g’itlar yuqori me’yorlarda ishlatilayotgan hozirgi davrda tuproqlarni organik moddalar bilan ta’minlash birinchi galdagi vazifa bo’lib qolmoqda. Bu muammoni xal etishning eng samarali usuli ko’kat o’g’itlardan foydalanishdir.
Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida tuproqqa qushib haydab yuboriladigan o’simliklarga ko’kat o’g’itlar deyiladi.
Ko’kat o’g’itlar sifatida mosh, kuzgi nuxat, lyupin, seradema, qashkar beda, yovvoyi loviya, burchoq, shabdor (Eron bedasi) kabi dukkakli ekinlardan, shuningdek respublikamizda kuzgi javdar, suli, raygras, bersim kabi o’simliklardan keng foydalaniladi.
Ko’kat o’g’itlar tuproqni azot va organik moddalarga boyitadi, chunki ularning tarkibidagi azot miqdori go’ngdagidan ko’p bo’lib, nisbatan kamroq, miqdorda fosfor va kaliy tutadi (92-jadval).
92-jadval.
Ko’kat o’g’itlar va uning tarkibidagi oziq moddalar miqdori, %
(B. A. Yagodin, 1989; X. X. Zokirov, 1998)

O’g’it

N

P2O5

K20

CaO

Ko’k massa,
s/ga

Azot,
kg/ga

Go’ng

0,50

0,24

0,55

0,70







Lyupin

0,45

0,10

0,17

0,47







Qashqar beda

0,77

0,05

0,19

0,97







Ko’kat o’g’it sifatida yetishtiriladigan ekinlardan 350-400 s/ga ko’k poya olinganda, ular tarkibidagi 150-200 kg azot 35-40 t go’ngga ekvivalent bo’ladi.
Ko’kat o’g’itlar tuproqning fizikaviy xossalarini yaxshilaydi. Tuproqdagi 0,25 mm dan katta bo’lgan agregatlar miqdori o’tloqi botqoq tuproqlarda 3-7, og’ir mexanikaviy tarkibli tuproqlarda 4-9 % ga ortadi. Haydalma qatlaMgagi tuproq zichligi 0,05-0,1 g/sm ga kamayadi. Ular ta’sirida tuproqning o’simlik ildiz tizimi tarqaladigan qatlamidagi harorat 2-4°C ga oshadi, mikroorganizmlar soni ko’payadi va faolligi 45- 50 kun davomida maksimal darajada saqlanadi.
Mustaqil hamda oraliq ekin sifatida ekiladigan ko’kat o’g’itlar farqlanadi.
Foydalanish usuliga ko’ra kukat o’g’itlarni 3 guruhga bo’lish mumkin:a) yer usti va ildiz qismi joyida haydab yuboriladigan; b) ko’k poyasi chorva uchun uriladigan, ildiz va angiz qoldiqlari tuproqqa aralashtiriladigan; v) yer ustki qismi yuvib, boshqa paykalga sochiladigan.
Ko’kat o’g’itlar odatda sentyabr-oktyabr oylarida ekiladi, kelasi yil bahorda chorva mollari uchun 400-500 s gacha ko’k massa olinadi va qoladigan ildiz hamda angiz qoldiqlari tuproqda qo’shib haydab yuboriladi. Tuproqda tegishlicha ishlov berilgandan keyin sabzavot yoki texnikaviy ekinlar ekiladi. Ko’kat o’g’itlar xisobiga qumoq tuproqli yerlarda sulidan 4,0-7,7, paxtalan 3-4 s/ga atrofida qo’shimcha hosil olish mumkin.
Nazorat savollari

  1. Bakterial prepararlarning turlari va qo’llanilishi?

  2. Ko’kat o’g’itlarning ahamiyati?

  3. Ko’kat o’g’itlar tuproqqa ta’siri?

Tavsiya qilingan adabiyotlar
1. Мусаев Б.С. “Агрокимё” Т.: «Шарқ» матбаа-акциядорлик компанияси, 2001.
2. Сатторов Ж.”Агрокимё”.”Чўлпон”,Т.,2011
3. “Агрохимия” (п/р проф. Б.А.Ягодина) М.: ВО «Агропромиздат», 1989.
4. Минеев В.Г. “Агрохимия” Издательтво Московского университета 1990 г.
5. Ниёзалиев И.Н., Раджабов Б.Б. ва бошқалар. «Агрохимиядан амалий машғулотлар» . -Т.: «Меҳнат», 1989.
Download 22.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling