26-mavzu: shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq atvor. Reja Shaxs ijtiomiylashuvi va bosqichlari
Download 80.8 Kb.
|
26-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ijtimoiy ustanovka xaqida tushuncha 10.1.
- 3yosh
- N emis olimi E.Shpranger (1882-1963) shaxs tiplarini quyidagicha ta’riflagan;
26-MAVZU:SHAXS IJTIMOIYLASHUVI VA IJTIMOIY XULQ ATVOR. Reja 1 .Shaxs ijtiomiylashuvi va bosqichlari. 2. Ijtimoiy institut- inson faoliyatining muhim sohalarini tartibga soluvchi ob’ekt sifatida. 3.Shaxs ijtiomiylashuvida ijtimoiy status va ijtimoiy xulq-atvorni o‘rni. 4. Ijtimoiy ustanovka xaqida tushuncha 10.1.Shaxs- "Homo sapiens " turining yagona vakilidir. Odamlar bir-biridan nafaqat morfologik xususiyatlar (o‘sish, tana va ko‘z rangi kabi) balki psixologik xususiyatlar (qobiliyat, temperament, hissiylik) bilan ham farqlanadi. Individuallik-muayyan shaxsning noyob shaxsiy xususiyatlarining birligidir. Bu uning psixofizilogik tuzilishining o‘ziga xosligi (temperament turi, jismoniy va aqliy xususiyatlari, dunyoqarash, hayot tajribasi). Shaxsning shakllanishi-bu umumiy, ijtimoiy mohiyatni rivojlantirishdan iborat bo‘lgan insonning ijtimoiylashuv jarayoni bo‘lib ushbu rivojlanish har doim inson hayotining o‘ziga xos tarixiy sharoitlarida amalga oshiriladi. Insonning shakllanishi jamiyatda rivojlangan ijtimoiy funksiyalar va rollarni ijtimoiy me’yorlar va xatti-harakatlar qoidalarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lib, boshqa odamlar bilan munosabatlarni o‘rnatish qobiliyatini shakllantirish bilan bog‘liq. Individ uch bosqich davomida shaxs bo‘lib shakllanib boradi. Jumladan; 3yosh-o‘zini anglash “Men” tushunchasini paydo bo‘lishi 11-15 yosh- jinsiy yetilishning boshlanishi o‘zligini individualligini topish Kattalik- kasb egasi bo‘lishi undagi yutuqlar, oila qurish, ijtimoiy iqtisodiy mustaqillik va ma’suliyat Individualizatsiya-bu shaxsning jamoadan ajralib turishi, uning alohida o‘ziga xos xsusiyatidir. N emis olimi E.Shpranger (1882-1963) shaxs tiplarini quyidagicha ta’riflagan; 1. nazariy shaxs - bular muammolarga, savollarga javob izlash va baxs munozaralarga, tushuntirish, aloqalarni o‘rnatish, nazariyalashga extirosi baland insonlar. Eng tabiiy va sof shaklda "hayotning bu shakli" tufayli faoliyat yuritadigan professor-o‘qituvchilarda aks ettirilgan. 2. iqtisodiy shaxs -barcha hayotiy aloqalarda birinchi navbatda foyda keltiradigan inson turi. Bu "amaliy odam", uning harakatlarining ma’nosi faoliyatning o‘zi emas, balki uning foydali ta’siri. U uchun hamma narsa hayotni saqlab qolish, hayot uchun kurash va hayotining eng yaxshi usuli bo‘ladi. Iqtisodiy inson uchun bilimning qiymati o‘zi, jamoasi, insoniyatga foyda keltiradigan narsalarni bilishga qaratilgan. 3. Estetik inson- uyg‘unlik, go‘zallik istagi bilan ajralib turadi. Olamni qalb go‘zalligida ko‘rish va tabiatga bo‘lgan yaxshi munosabatdagi insonlar. Ushbu turdagi odamlarni turli lavozimlarda ko‘rish mumkin. Misol uchun, ular uchun ruh, tabiat yoki san’at asarlarining eng muhim go‘zalligi ular uchun estetik qadriyatlarni yaratishi yoki ulardan zavqlanishlari muhim sanaladi. Ularning orasidagi farq, ular haqiqatga qanday munosabatda bo‘lishlari, ya’ni ular haqiqiy yoki idealistlar ekanligi bilan bog‘liq. Realistlar o‘zlarining dastlabki bergan taassurotlarini sezadilar. Idealistlar o‘zlarining estetik qadriyatlariga ko‘ra taassurotlarni qayta ishlaydilar, ular o‘zlarining ichki dunyosini yaratadilar. O‘zining haddan tashqari ifodasida idealistlar hissiy ekspressionistlardir, ular hamma narsada o‘zlarining ruhiy holatlarining aks-sadosini topadilar. 4. Ijtimoiy inson-odamlarga bo‘lgan muhabbat uchun yashaydi va harakat qiladi (aksincha, sevgi uchun emas, balki sevadigan odamlar uchun). Shaxslararo munosabatlarga ijtimoiy yo‘naltirilgan insonlar 5. Siyosiy shaxs-haqiqiy ma’naviy qadriyatlarga asoslangan holda boshqa odamlarning xatti-harakatlari va niyatlarini aniqlash uchun yashaydi. Shu asosda Qonunchilik shakliga muvofiq turli xil siyosiy turlar ajratiladi. Lavozimni qadriyat sifatida bilgan insonlar 6. diniy inson - "ruhiy tuzilishi doimo va butunlay qadriyatlarning yuksak tajribasiga erishishga qaratilgan". Diniy insonlar-e’tiqodni muhim qadriyat deb bilgan insonlar Ijtimoiy hayotning mavjud sharoitlarida har bir insonni yagona ijtimoiy yaxlitlikka va jamiyatning o‘ziga xos tuzilishiga kiritishni talab qiladigan muammo eng dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu jarayonning asosiy tushunchasi har bir insonning jamiyatning to‘liq a’zosi bo‘lishiga imkon beruvchi shaxsning ijtimoiylashuvidir. Shaxsni ijtimoiylashtirish-har bir shaxsning ijtimoiy tuzilishga kirish jarayoni bo‘lib, natijada jamiyatning tuzilishi va har bir shaxsning tuzilishida o‘zgarishlar yuz beradi. Bu har bir insonning ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq. Har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. Demak, sotsializatsiya yoki ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv - har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni ko‘rsatishi va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o‘z navbatida o‘zgalarga ta’sirini o‘tkaza olishi jarayonidir. Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko‘rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o‘zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha sub’ektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10 - 15 ta o‘quvchidan iborat akademik litsey o‘quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok qilishlari, ulardan ota - onalarining kutishlari, o‘qituvchilarning berayotgan darslari va unda yetkazilayotgan ma’lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. Lekin baribir ana shu 15 o‘quvchining har biri shu ta’sirlarni o‘zicha, o‘ziga xos tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o‘quv ko‘rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o‘sha biz yuqorida ta’kidlagan ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liq va o‘zaro qarama - qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi. Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro‘y beradigan shart - sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat muassasalari (boqcha, maktab, maxsus ta’lim o‘choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi. Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o‘ziga xosdir. Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elementlari aynan oilada, oilaviy munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda «qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan maqol bor. Ya’ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa guruhlar ta’sirida sayqal topib, takomillashib boradi. Bizning o‘zbekchilik sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi - ijtimoiylashtiruvchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ba’zan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib, keyin xulosa chiqarishadi, ya’ni mahalla bilan mahallaning ham farqi bo‘lib, bu farq odamlar psixologiyasida o‘z aksini topadi. Masalan, bitta mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu mahalladan qiz qidirib qolishadi. Ya’ni, shu mahalladagi ijtimoiy muhit qizlarning iboli, aqlli, sarishtali bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko‘cha - eshiklarni supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. Shunga o‘xshash normalar tizimi har bir ko‘cha-mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va kamchilik tomonlarini belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo‘layotgan yoshlar ijtimoiylashuvida bevosita ta’sirini ko‘rsatadi. Yana bir muhim ijtimoiylashuv o‘choqlariga maktab va boshqa ta’lim maskanlari kiradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyqunlashtiriladi. Bizning ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz ta’lim oladigan, bola bilimlar tizimini o‘zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz. Lekin aslida bu yer ijtimoiylashuv tarbiyaviy vositalarda yuz beradigan maskandir. Bu yerda biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy etilgan «Ma’naviyat darslari», «Etika va psixologiya» kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart-sharoitlar, umumiy muhitning tarbiyalovchi roli haqida. Masalan, dars paytida o‘qituvchi butun diqqati bilan yangi darsni tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat dars, mavzuning mazmuni va undan ko‘zlangan maqsad asosiyday. Lekin aslida ana shu jarayondagi o‘qituvchining o‘zini qanday tutayotganligi, kiyim - boshi, mavzuga sub’ektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi o‘quvchilarga munosabati hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omildir. Shu nuqtai nazardan o‘quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob bergan o‘qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o‘qituvchining ta’siri faqat salbiy rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta rol o‘ynaydi. Ba’zi sinflarda o‘zaro hamkorlik, o‘rtoqchilik munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, guruhda ijodiy munozaralar va bahslar uchun qulay sharoit bor. Bu muhit tabiiy o‘z a’zolari ijtimoiy xulqini faqat ijobiy tomonga yo‘naltirib turadi. Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti - bu mehnat jamoalaridir. Bu muhitning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib qolgan, ma’lum tajribaga ega bo‘lgan, hayot haqidagi tasavvurlari shakllangan paytda keladi. qolaversa, egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat malakalari va bilimlar ham juda muhim bo‘lib, shu muhitdagi ijtimoiy normalar harakteriga ta’sir qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan, qanday o‘zaro munosabatlar muhiti ta’sirida ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim mezonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri - o‘sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o‘zaro munosabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo‘lib, ko‘p incha oylik - maosh masalasi ana shulardan keyin o‘rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, soqlom ma’naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o‘ynaydi. Shaxs sotsializatsiyasi to‘g‘risida gap ketarkan, aytish kerakki, sotsializatsiya sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‘lib, u — individning ijtimoiy muhitga qo‘shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o‘z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro‘y beradi, Chunki individda shaxs bo‘lishga ehtiyoj hamda shaxs bo‘lishiga imkoniyat va zaruriyat bordir. Shuning uchun ham bola tug‘ilib, ijtimoiy muhitga qo‘shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo‘lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish mumkin (masalan, chaqaloqlardagi bevosita emotsional muloqotga ehtiyojning borligi). Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishining o‘z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud. Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 1) faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar jabxasi, soxasi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. 3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni ''Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. Insonning ijtimoiylashuvi jarayoni inson butun hayoti davomida davom etadi, Chunki atrofdagi olam doimiy harakatda, hamma narsa o‘zgaradi va inson yangi sharoitlarda yanada qulay yashash uchun o‘zgarishi kerak. Inson muntazam o‘zgarishlarga uchraydi va yillar davomida o‘zgarib turadi, u doimiy bo‘lmaydi. Hayot doimiy o‘zgarish va yangilanishlarni talab qiladigan doimiy moslashuv jarayonidir. Har bir insonning ijtimoiy qatlamlarga integratsiyalashuvi jarayoni juda murakkab va juda uzoq hisoblanadi, Chunki u ijtimoiy hayotning qadriyatlari va normalarini va muayyan rollarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiylashuv-ijtimoiy qadriyatlar, ijtimoiy me’yorlar va jamiyat guruhlarining ustanovkalarini faol o‘zlashtirish jarayonidir. Shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni uning rivojlanishida uchta asosiy bosqichdan o‘tadi. Birinchi bosqich ijtimoiy qadriyatlar va me’yorlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib, natijada inson butun jamiyatga moslashishni o‘rganadi. Ikkinchi bosqich- o‘z-o‘zini anglashga va jamiyatning boshqa a’zolariga ta’sir ko‘rsatishga intilish. Uchinchi bosqich-har bir insonni o‘ziga xos ijtimoiy guruhga integratsiya qilishdir, u yerda o‘z xususiyatlarini va imkoniyatlarini ochib beradi. Download 80.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling