27-ma`ruza. O`zgarmas tok motorlarining turlari, ishga tushirish aylanish tezligi va uni rostlash. Reja
O‘zgarmas tok motorining ulanish sxemalari va statik tavsiflari
Download 487,04 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘zgarmas tok motorining ulanish sxemalari va statik tavsiflari
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorining (MQ O‘TM) asosiy ulanish sxemasi 27.3a – rasmda keltirilgan bo‘lib, quyidagi belgilashlar qabul qilingan: I, I k - yakor va qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami (QCh) zanjirlaridagi toklar (A); Ye – yakorning EYuKi (V); va M – motorning burchak tezligi (s -1 ) va momenti (Nm); R Ya = r YaCh + r + r KCh +r shk - yakor zanjiri qarshiligi: yakor cho‘lg‘ami, qo‘shimcha qutblar, kompensasion cho‘lg‘amlarning va shchetka kontaktla-rining qarshiliklari (Om); R QCh - qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami-ning qarshiligi; L Ya va L QCh – yakor va qo‘zg‘atish cho‘l-g‘amlarining induktivliklari (Gn); R Q va R - yakor va qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlariga ulangan qo‘shimcha qarshi-liklar. Shuningdek yakor va qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlari alo-hida U va U Q manbalarga ulangan. Motorning statik tavsiflarini keltirib chiqarishda quyidagi cheklashlarni qabul qilamiz: yakor reaksiyasi hisobga olinmaydi va motor validagi moment elektromagnit momentga teng. Kuchlanishlar, yakor EYuKi va elektromagnit tenglamalarini quyidagi ko‘rinishda yozamiz: ; IR E U (27.1) kФ E ; (27.2) kФФ М ; (27.3) bu yerda, R=R Ya +R Q – yakor zanjirining to‘liq qarshiligi, f – magnit oqimi, Vb; U – yakor zanjiriga berilayotgan kuchlanishi, V; k = pN/(2 a) – motorning konstruktiv koeffisienti; r – qutblar soni; N - yakor cho‘lg‘ami aktiv o‘tkazgichlarining soni; a – yakor cho‘lg‘ami parallel tarmoqlari soni. (27.2) ifodani (27.1) ga qo‘yib elektromexanik tavsif formulasini keltirib chiqaramiz = (U – IR)/(kF). (27.4) (27.3) dan foydalangan holda (27.4) asosida MQ O‘TMning mexanik tavsifi tenglamasini quyidagi ko‘rinishda yozamiz =U/(KF) – MR/(kF) 2 . (27.5) (27.4) va (27.5) lar bo‘yicha MQ O‘TM ning elektromexanik va mexanik tavsiflari ya’ni burchak tezligining (yoki shunchaki tezlikning) tok va momentlarga bog‘liqlik tavsiflari yakor kuchlanishi qutblarining har xil ishorali bo‘lgan holdagi ko‘rinishlari 3.1 b – rasmda keltirilgan. kF=const hol uchun elektromexanik va mexanik tavsiflar bir xil ko‘rinishga ega bo‘lgan uchun bitta tavsif bilan ifodalangan. Tavsifning A va B nuqtalari xarakterli nuqtalardir. A nuqta motorning salt yurishini anglatadi - = 0 , I = M =0, V nuqta qisqa tutashish ya’ni ishga tushirish rejimi deb ham yuritiladi - =0, I=I QT , va M=M QT . 42 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling