27-ma`ruza. O`zgarmas tok motorlarining turlari, ishga tushirish aylanish tezligi va uni rostlash. Reja
Download 487,04 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motorining tezligini magnit
oqimini o‘zgartirib rostlash Magnit oqimini o‘zgartirib elektr yuritma tezligini rostlash o‘zining soddaligi va kam energiya sarf bo‘lishi sababli keng qo‘llaniladi. Chunki motor qo‘zatish cho‘lamidagi kuchlanishni o‘zgartirishga sarf bo‘ladigan energiya, yakor zanjirida sarf bo‘ladigan energiyadan bir necha barobar kamdir. Motorlarning nominal ish rejimi magnit tizimining to‘yinish nuqtasiga yaqin qiymatda ishlashiga to‘g‘ri keladi, chunki magnit oqimini nominal qiymatidan pastga qarab o‘zgartirish qo‘zatish cho‘lamidagi tokni kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi (27.8 – rasmdagi tavsifning A nuqtasi). Qo‘zg`atish cho‘lg`amidagi tokning oshishi birinchidan qo‘zatish cho‘lamining qo‘shimcha qizishiga olib kelsa, ikkinchidan magnit oqimining sezilarli oshishiga olib kelmaydi, chunki magnit tizimi to‘yingan holda bo‘ladi. Qo‘zg`atish cho‘lg`amidagi tokni o‘zgartirish uchun qo‘zatish cho‘lamiga qo‘shimcha o‘zgaruvchan qarshilik R + ulanadi (27.9b – rasm) yoki qo‘zatish cho‘lamining boshqariluvchi manbai sifatida boshqariluvchi to‘irlagich BT (27.9a – rasm) qo‘llaniladi. 27.8 - rasm. O‘TM ning magnitlanish tavsifi 27.9 – rasm. MQ O‘TM ning qo‘zg‘atish cho‘lg‘amiga boshqa- riluvchi to‘g‘irlagich (a) va o‘zgaruvchan qarshilik ulab (b) qo‘zg‘atish tokini rostlash sxemalari Qo‘zg`atish cho‘lg`amidagi kuchlanish boshqaruv signali U b yordamida boshqariladi. Bu sxema odatda katta quvvatli motorlarning qo‘zatish cho‘lami toklarini keng oraliqda o‘zgartirishda, shuningdek agar BT sxemasi reversiv qilib bajarilgan bo‘lsa, u holda qo‘zg`atish toki yo‘nalishini o‘zgartirib motorni revers qilishda ham ishlatiladi. Magnit oqimining kamayishi ideal salt yurish tezligi 0 ning oshishiga olib keladi. Qisqa tutashuv toki I KT =U/R Ya magnit oqimi o‘zgarishiga boliq emas. Magnit oqimlarining f H > f 1 > f 2 qiymatlari uchun motorning elektrome-xanik tavsiflari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Qisqa tutashuv momenti M K.T =kFI KT ekanli-gini isobga oladigan bo‘lsak I KT =const bo‘lgan holda M KT1 bo‘ladi (3.10b – rasm). Bu usul bilan motor tezligini rostlashning asosiy elektrik va ekspluatasion ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: a) tezlikni rostlash oralig‘i D=(3 4):1; b) tezlikni rostlash nominaldan yuqoriga qarab yo‘nalgan; v) tezlikning silliq rostlanishi qo‘zg‘atish toki rostlanishining silliq o‘zgarishiga bog‘liq; g) tezlikning barqarorligi ancha yuqori; d) tezlikni bu rostlash usuli iqtisodiy nuqtai nazardan juda tejamli. Motor validagi ruxsat etilgan yuklanish I=I N bo‘lganida M PUX =kF SUN I H (3.26) bilan aniqlanib, bu yerda, F sun – sun’iy tavsifdagi magnit oqimi. Tezlikni rostlashda F sun bo‘lgani uchun M RUX bo‘ladi. Ya’ni motor issiqlik shartlari bo‘yicha sun’iy yuklanishda ishlashi zarur. 27.10 – rasm. MQ O‘TM ning magnit oqimini o‘zgartirib tezligi rostlanganidagi elektromexanik (a) va mexanik tavsiflari(b) Motorning ruxsat etilgan yuklanishi qiymatini topish uchun quyidagi formulalardan foydalanamiz: E T =kF N H =U N – I N R Ya ; E SUN =kF SUN SUN =U N – I N R Ya . Yakor zanjiri tenglamasi U N – I N R Ya =const ekanligini hisobga olsak, u holda E T =E SUN bo‘lib, ikki tenglamani tenglashtiramiz va F SUN =F N СУН H (27.16) formulani hosil qilamiz va bu yerda, SUN –yakor toki I=I H bo‘lgandagi sun’iy tavsifdagi tezlik. M RUX SUN =M n n =P n =sonst. (27.17) Motor sun’iy tavsiflarda o‘zining nominal quvvat darajasida yuklanishi mumkin ekan. Magnit oqimining kamayishi bilan bir paytda tezlik oshadi va ularning o‘zaro ko‘paytmasi bo‘lgan mexanik quvvat o‘zgarmasdan qoladi ùamda uning qiymati nominalga tengligicha qoladi. Shunday qilib, bu usul bilan motor tezligini rostlash mexanik quvvat o‘zgarmaydigan yuritmalarda qo‘llanilganida, sun’iy tavsiflarda motordan quvvati bo‘yicha to‘liq foydalanish imkonini beradi. Nazorat savollari: 1. O’zgarmas tok mashinalarini qo’llanish sohasini ayting. 2. O’zgarmas tok mashinalarini tuzilishini tushuntiring. 3. O’zgarmas tok mashinalarini ishlash printsipi qanday? 4. O’zgarmas tok mashinalarini qanday turlari mavjud? Download 487,04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling