A) Zararli bo‘shliq va uning kompressor ishiga ta’siri.
Siqilgan havoni haydash jarayonining oxirida bir qism silindrda qoladi. Bu havo hajmi zararli (vrednoe) bo‘shliq deb nomlangan. Zamonaviy kompressorlarda zararli bo‘shliq silindr hajmining 0,03-0,06 qismini tashkil qiladi.
So‘rish jarayoni boshlanishida avval zararli bo‘shliqda qolgan va bosimi – P2 teng bo‘lgan havo P1 bosimgacha kengayadi (12.2-rasm). Uning bosimi P1 ga teng bo‘lgan 1-nuqtadan boshlab atmosferadan havo silindrga so‘riladi. Buning natijasida diagramma o‘zgaradi. 1,2,3,4 – ko‘rinishga keladi.
Silindrga so‘riladigan havo hajmi Vz silindrning nazariy havo so‘rish - Vt nsbatan kamayadi (12.2-rasm). So‘rilgan havo hajmining uning nazariy so‘rish hajmiga bo‘lgan nisbati:
(12.23)
Zararli bo‘shliqning kompressor ishiga ta’sir ko‘rsatkichi deyiladi va u .
2-rasm. Bir bosqichli kompressorlarning haqiqiy ish diagrammasi.
B) Havo so‘riladigan tomondagi qarshilik - ning kompressor ishiga ta’siri.
Kompressor silindriga so‘riladigan havo tozalagich (filtr) quvaur va so‘rish klapani orqali oqib o‘tadi. Havo so‘rish tomonining bu elementlarini gidravlik qarshiliklari hisobiga bir qism bosim yo‘qotiladi va silindrga so‘riladigan bosim dastlabki bosim – P1 nisbatan kamayadi. Unda zararli bo‘shliqda qolgan siqilgan havo bosimgacha kengayiyu keladi. Kengayish jarayonining oxirida, ya’ni 1’ nuqtadan boshlab havo so‘riladi va so‘rilgan havo hajmi 1’-2’ kesma bilan ifodalanadi (12.2-rasm). Silindrga so‘rilgan havo hajmi Vv ning Vz bo‘lgan nisbati:
(12.24)
havo so‘riladigan tomondagi qarshiliklarning (bosim kamayishi) kompressor ishiga ta’sir ko‘rsatkichi deb ataladi va u .
V) Havo haydalish tomonidagi bosim ortishini kompressor ishiga ta’siri.
Kompressor silindrida siqilgan havo haydash klapani va quvur orqali havo yig‘gichga oqib o‘tadi. Havo haydash tomondagi bu elementlarning qarshiligi hisobiga havo bosimgacha siqiladi. bosim bilan zararli bo‘shliqda qolgan havo, porshenning chapdan o‘ng tomonga harakati vaqtida 4’ nuqtadan 1’’ nuqtagacha kengayib keladi. Silindrga so‘rilgan havo hajmi – Vn 1’’-2’ kesma bilan belgilanadi. Silindrga so‘rilgan havo – Vn ning Vv ga nisbati:
(12.25)
Havo haydalish tomonidagi gidravlik qarshiliklarning (bosim ortishi) kompressor ishiga ta’sir ko‘rsatkichi deb nomlanadi.
Zararli bo‘shliq, havo so‘riladigan va haydaladigan tomonlardagi gidravlik qarshiliklarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning ko‘paytmasi:
(12.26)
Kompressorlarning ishlash diagrammasiga ta’sir qilish ko‘rsatkichi deb ham nomlanadi.
Kompressorlarning ishlash diagrammasi bir sikl davomida havo bosimi va hajmini o‘lchash usuli bilan olinadi va hosil bo‘lgan diagramma indikator diagramma deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |