G) Siqish jarayonida havo harorati ortishini kompressor ishiga ta’siri.
Havo haroratini ortishi uning zichligini kamaytiradi. Bu esa massalik unumdorlikni kamaytiradi. Hajmiy unumdorlik esa o‘zgarmay qoladi.
Atmosferadan – Ta harorat bilan qizib turgan silindrga so‘rish jarayonida so‘riladigan havoga bir qism issiqlik o‘tadi va uning harorati ortadi.
Unda politropik siqish jarayonidagi ish:
Havoning holat tenglamasidan:
(12.27)
Unda (12.19) tenglik quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
(12.28)
So‘rish jarayonida havo harorati – T1 ning 3% ortishi ishni 1% ga ko‘paytiradi [ ].
Haroratning ortishini kompressor ishiga ta’siri bilan belgilangan.
D) Havo namligining (slajnost) kompressor ishiga ta’siri
Atmosferadan so‘riladigan havo tarkibida suv parlari mavjud. Kompressor qurilmalarda nam havo yuqori bosimli havo quvur va havo yig‘gichga o‘tishi bilan parlar suyuqlikholatiga o‘tadi. Bu esa kompressorning massalik unumdorligini kamaytiradi.
Unumdorlikning kamayishi ko‘rsatkichi -
(12.29)
Bu erda: - hajmi 1m3 bo‘lgan nam havodagi quruq havo massasi;
- hajmi 1m3 bo‘lgan quruq havo massasi.
E) Havo yo‘qotishlarning kompressor ishiga ta’siri
Zichlamalar, porshen xalqalari bilan oraliq to‘liq zichlanmasligi sababli va so‘rilish hamda haydash klapanlarida bir qism havo yuqori bosimli bo‘shliqdan past bosimli bo‘shliqga oqib o‘tadi.
Oqib o‘tgan havo kompressor unumdorligini kamaytiradi va u bo‘lgan ko‘rsatkich bilan hisobga olinadi.
Shunday qilib kompressorlar ishiga ta’sir etadigan barcha ko‘rsatkichlarni hisobga olsak, bir sikl davomida siqib chiqariladigan haqiqiy havo hajmi – V porshen harakati vaqtida hosil bo‘ladigan nazariy hajm Vt ga nisbatan kamayar ekan va ularning nisbati:
(12.30)
kompressor ishiga umumiy ta’sir ko‘rsatkichi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |