27-mavzu. Axborotni masofaga uzatishning pnevmatik tizimlari


Download 158.81 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi158.81 Kb.
#1446228
  1   2   3
Bog'liq
28-ma;ruza. Axborotni masofaga uzatishning pnevmatik tizimlari


27-mavzu. Axborotni masofaga uzatishning pnevmatik tizimlari.
Reja:
1.Umumiy tushunchalar.
2. Pnevmatik o`zgartkichlar:
a) kuch kompensatsiyali o`zgartkichlar;
b) siljish kompensatsiyali o`zgartkichlar.


Umumiy ma`lumotlar
Har qanday o`lchash qurilmasida o`lchash axborotini o`zgartish zarurligi nazarda tutiladi. SHu ishni bajaradigan elementlar o`lchash o`zgartkichlari deyiladi. Kirishiga o`lchanayotgan fizik kattalik keladigan o`zgartkich birlamchi va o`lchash signallarini o`zgartishni amalga oshiradiganlari oraliq o`zgartkich deb yuritiladi.
Texnologik parametrlarni o`lchash uchun qurilgan ko`pgina zamonaviy qurilmalar birlamchi o`zgartkich, ikkilamchi asbob va ularni ulovchi aloqa liniyalaridan tashkil bo`lgan sistemalardan iborat.
Birlamchi o`zgartkich o`lchash joyiga yaqin o`rnatiladi. U nazorat qilinayotgan muhitga bevosita tegib turadi va o`lchanayotgan kattalikni boshqa fizik tabiatga ega bo`lgan (elek­trik, pnevmatik, kamroq — gidravlik) aloqa simlari bo`yicha boshqarish shchitiga o`rnatilgan ikkilamchi asbobga uzatish uchun qulay bo`lgan signalga o`zgartishga mo`ljallangan.
Umumiy ko`rinishda birlamchi o`zgartkich sezgir elementdan va uzatuvchi o`lchash o`zgartkichidan iborat bo`ladi. Sezgir ele­ment o`lchanayotgan parametrni qabul qiladi va uni boshqa fi­zik tabiatli signalga o`zgartadi. Agar bu signal masofaga uzatishga qulay bo`lsa, unda u aloqa liniyasi bo`yicha ikkilam­chi asbobga uzatiladi va u bilan o`lchanadi.
A gar sezgir element o`lchanayotgan kattalikni masofaga uzatish mumkin bo`lmaydigan fizik kattalikka, masalan, siljish yoki kuchga o`zgartsa, unda oraliq o`zgartkichni qo`llash zarurati tug’iladi. Bu o`zgartkich kattalikni (siljish yoki kuchni) elektr yoki pnevmatik signalga o`zgartadi, keyin bu signal aloqa liniyasi bo`yicha ikkilamchi asbobga uzatiladi. Misol sifatida 16.1-rasmda bosim o`lchash komplektining sxemasi keltirilgan. R bosim o`zgarganda membrana 1 (sezgir element) egiladi, bunda uning markazining siljishi X statik xarakte­ristika X = f(P) ga mos ravishda bosim bilan bir qiymatli bog’langan bo`ladi. Agar bunday asbob faqat ko`rsatuvchigina bo`lsa edi, unda bosimni aniqlash uchun strelkani membra­na markazi bilan kinematik aloqa yordamida ulash etarli bulardi. Bosimni masofadan o`lchashda mexanik kattalikni — X siljishni, uni aloqa liniyasi 4 bo`yicha ikkilamchi asbob 5 ga uzatish uchun, proportsional elektr signalga o`zgartish zarurati tug’iladi. Bu o`zgartishni birlamchi asbob 3 ning oraliq o`zgartkichi 2 yordamida bajariladi.
CHiziqli siljishni unifikatsiyalangan chiqish signaliga o`zgartish uchun differentsial-transformatorli va magnit kompensatsiyali o`zgartkichlar keng qo`llana boshlandi. Burchak siljishlarni o`zgartish uchun ferrodinamik va chastotali, kuchlarni o`zgartish uchun kuchli kompensatsiyali (elektr va pnevmatik) o`zgartkichlar qulay. Uzgartkich turi o`zgartirilayotgan signalning ko`rinishi va aloqa liniyasi bo`yicha uzatiladigan signalning berilgan ko`rinishiga bog’liq (tok, kuchlanish, bosim va h.).
Zamonaviy o`zgartknchlar va asboblarning muhim xususiyati ularning chiqarish signallarining unifikatsiyalanganidir. Bu o`lchov vositalari o`zaro almashinuvchanlikni, markazlashtirilgan nazorat qilishni ta`minlaydi va ikkilamchi asboblar nomenklaturasini qisqartishga imkon beradi.
Uzgarmas tokning unifikatsiyalangan chiqarish signaliga ega bo`lgan o`zgartkichlar eng istiqbollidir. SHu bilan birga o`zgarmas tok kuchlanishining chiqish signaliga, chastotali elektr chiqish signaliga ega bo`lgan o`zgartkichlar ham qo`llaniladi. Uzgaruvchi tokning chiqish signaliga ega bo`lgan o`zgartkichlar keng qo`llanayapti. Bunday signal yo o`zaro induktsiyaning o`zgarishi ko`rinishida yoki o`zgaruvchan tok kuchlanishining o`zgarishi ko`rinishida namoyon bo`ladi. Ximiya sanoatida unifika­tsiyalangan pnevmatik chiqish signaliga ega bo`lgan o`zgartkichlardan foydalaniladi. Pnevmatik chiqish signallari o`zgarishining ish diapazoni ta`minlash bosimining nominal qiymati 140 kPa bo`lganda 20–100 kPa chegarasida bo`ladi.
Normalashtiruvchi o`zgartkich tabiiy chiqish signalini uni­fikatsiyalangan signalga o`zgartiradi. Normalashtiruvchi o`zgartkich alohida mustaqil qurilmadan iborat.
DAS sistemasida o`zaro almashinuvchan pnevmatik va elektr o`zgartkichlarning blok tipidagi unifikatsiyalangan qatori ishlab chiqilgan. SHunday turdagi o`zgartkichlar katta sondagi turli o`lchanayotgan parametrlarni nisbatan soddalik va etar­li aniqlik bilan bitta chiqarish kattaligiga — kuchga o`zgartiradi.
Unifikatsiyalangan o`zgartkichlarning aniqlik klassi 0,6; 1,0 va faqat ba`zilari uchungina 1,6; 2,5.



Download 158.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling