27-mavzu. Axborotni masofaga uzatishning pnevmatik tizimlari


Download 158.81 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi158.81 Kb.
#1446228
1   2   3
Bog'liq
28-ma;ruza. Axborotni masofaga uzatishning pnevmatik tizimlari

PNEVMATIK O`ZGARTKICHLAR
O`lchanayotgan kattalikni pnevmatik chiqish signaliga o`zgartirish va ko`rsatishlarni masofaga uzatish uchun qo`llaniladigan pnevmatik o`zgartkichlar ichida kuch kompensatsiyali o`zgartkichlar va siljish kompensatsiyali o`zgartkichlar eng ko`p tarqalgan. YOng’in va portlash xavfi bor korxonalarda pnevmatik o`zgartkichlar keng ishlatiladi.
Kuch kompensatsiyali o`zgartkichlar. Kuch kompensatsiyali pnevmatik o`zgartkichlar o`lchash bloki sezgir elementining kuchini 20— 100 kPa (0,2—1 kGk/sm2) miqdoridagi unifikatsiyalangan pnevmatik chiqish signaliga o`zgartirish uchun mo`ljallangan.
P nevmatik kuch o`zgartkichlarining ishlash printsipi pnev­matik kuch kompensatsiyasidan foydalanishga asoslangan.
Kuch kompensatsiyasiga ega pnevmatik o`zgartkichning printsipial sxemasi 16.2-rasmda ko`rsatilgan. O`lchanayotgan parametr o`lchash blokining sezgir elementiga ta`sir ko`rsatadi va F proportsional kuchga aylanadi. F kuch ta`sir kilayotgan richag 1 orkali to`siq 2 soplo 3 ga nisbatan siljiydi. Soplo va to`siq orasidagi tirqishning o`zgarishi natijasida o`zgarmas kesimli drossel’ 7 orqali keladigan havo bosimi o`zgaradi. SHy bilan birga, kuchaytirish pnevmorelesining a kamerasidagi bosim ta`sirida membranalar 8 va 9 ning egilishi na­tijasida kiritish 10 va chiqarish 11 soqqali klapanlarning holati o`zgaradi. Natijada b va v kameralarda bosim o`zgaradi. To`sik 2 sil’fon 4 ta`sirida soploga nisbatan shunday holatni egallaydiki, sil’fondagi kuch o`lchash blokining F kuchiga tenglashib, b va v kameralardagi bosim shunga qarab o`zgaradi. O`zgartkich berilgan o`lchash diapazoniga sil’fonni richag 5 bo`ylab siljitish orqali sozlanadi. O`zgartkichning chiqish signalida 20 kPa (0,2 kGk/sm2) boshlang’ich bosim nol’ korrektorning prujinasi 6 yordamida o`rnatiladi.
O`zgartkich chang, nam va yog’dan tozalangan havo bilan ta`minlanadi. Havoning nominal bosimi 140+14 kPa. CHiqish signalini 300 metr masofaga uzatish mumkin. O`zgartkichning aniqlik klassi 1,0.



Download 158.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling