27-Mavzu: Ta’lim jarayonining psixologik xususiyatlari. Reja
Download 31.79 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- 3-topshiriq: Vaziyatni tahlil qiling.
- Nazorat savollari
- Foydalanilgan adabiyotlar
27-Mavzu: Ta’lim jarayonining psixologik xususiyatlari. Reja: 1.Ta’limning yosh va pedagogik psixologiya fanida tutgan o‘rni. 2.Ta’lim va aqliy taraqqiyot. 3.O‘qish faoliyati va uning turlari. Muammoli ta’limning mohiyati. Pedagogik baho va uning turlari. 4.Ta’lim texnologiyalarining psixologik xususiyatlari. Tayanch tushunchalar: Yosh va pedagogik psixologiya, ta’lim va aqliy taraqqiyot, o‘qish faoliyati, pedagogik baho, ta’lim texnologiyalari. 1-topshiriq: Birinchi rejani “Qanday” texnologiyasi yordamida tahlil qiling. 2-topshiriq: Ikkinchi rejani “ Puzzle” metodidan foydalangan holda bajaring. 3-topshiriq: Vaziyatni tahlil qiling. Biz ko’pincha onalarning o’z bolalari bilan muloqotda ularning imkoniyatlarini turlicha baholashlarining guvohi bo’lamiz. Ba’zi onalar: “Sen men qilolmagan ishlarni bajara olasan! Sen to’g’ri aytayapsan, barakalla!” kabi jumlalardan foydalanadilar. Boshqa onalar esa: “Sen hali yoshsan, kattalar aytganlariga quloq sol! Sen nimani ham bilar eding, o’rganib olgandan keyin tushunasan!” kabi jumlalardan foydalanadilar. Keysga savol- vazifa: Turli onalarning o’z bolalari bilan muloqotidagi tubdan farq nimada? Yechim. Bir xil onalar bolalarida o’ziga ishonchni shakllantiradilar (“Agar onam meni maqtasa, demak, men nimagadir qodirman!”). Ular bolaning kamol topishiga imkoniyat beradilar, unda hayotiy faollikni yaratadilar va to’g’ri shakllanishiga yordam beradilar. Boshqa onalar, aksincha, bolada o’ziga ishonmaslikni shakllantiradilar, unda xavotirlanish hissini paydo qiladilar, faolligini pasaytiradilar, kelajakka ishonchsizlik tug’diradilar (“Agar onam meni urishsa, demak, men hech nimaga qodir emasman, men yomonman!”)8. Nazorat savollari: 1.Ta’limning yosh va pedagogik psixologiya fanida tutgan o‘rni? 2.Ta’lim va aqliy taraqqiyot.O‘qish faoliyati va uning turlari? 3.Muammoli ta’limning mohiyati? 4. Pedagogik baho va uning turlari? 5.Ta’lim texnologiyalarining psixologik xususiyatlari? Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Umarov B.M. Psixologiya: darslik / B.M.Umarov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. – Toshkent: Voris-nashriyoti, 2012. 51-65 b. 2. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. 269-286 b. 3. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. 185-191 b. 4. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002.62-79b. 5. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 386-401 b. Download 31.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling