1-mavzu. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari. Reja: 1
Download 26.33 Kb.
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu o‘quv maqsadi : Ta’limiy
- Rivojlantiruvchi
- II TOPSHIRIQ Yosh psixologiyasi fanining alohida tadqiqot sohalari
- Psixologik tadqiqot bosqichlari
- Yosh va pedagogik psixologiya metodlari
- Hayotiy kuzatish
- Psixologik-pedagogik eksperiment
- YOrdamchi metodlar Faoliyat mahsulini tahlil qilish Tarjimai hol metodi
- Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlar hamda ularning asarlari
- Mavzuni mustahkamlash uchun testlar: 1. Yosh psixologiyasida keng qo‘llanuvchi quyidagi metodlardan qaysilari tashkiliy metodlar jumlasiga kiradi
- 2. V.SHtern tomonidan ilgari surilgan psixik rivojlanish haqidagi ta’limotning bosh g‘oyasi qanday
- 3. Taraqqiyotning eng yaqin zonasi bola amalga oshiradigan qanday amallardan tashkil topadi
- 4. Quyidagi Yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bo‘lgan muloqot etakchi faoliyat sifatida gavdalanadi
- 5. Hozirda fanda ma’lum Yosh inqirozlaridan adabiyotlarda dastlab qaysi inqiroz davri keng yoritilgan
1-mavzu. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari. Reja: 1.Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 2.Yosh va pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi. 3.Yosh va pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi 4.Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari haqida tushuncha. Mavzu o‘quv maqsadi : Ta’limiy: bo‘lajak pedagoglar tomonidan Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining predmeti, vazifalari, bo‘limlari, tadqiqot metodlari haqidagi bilimlarni o‘zlashtirilishini tashkil etish. Tarbiyaviy: bo‘lajak pedagoglar tomonidan Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining predmeti, vazifalari, bo‘limlari, tadqiqot metodlari haqida bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish. Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish. I TOPSHIRIQ Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining tadqiqot metodlari Vazifa: Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohalarida keng qo‘llanadigan quyidagi metodlarning ishlab chiqilishi qaysi olimlarning ijodi va g‘oyalari bilan bog‘liq ekanini belgilang. Bunda quyidagi jadvalning tegishli satri va ustuni kesishgan joyga muayyan belgi qo‘yish talab qilinadi.
II TOPSHIRIQ Yosh psixologiyasi fanining alohida tadqiqot sohalari Vazifa: Yosh psixologiyasi fanining quyida ko‘rsatilgan turli tadqiqot sohalari doirasida qanday davrlar o‘rganilishini ko‘rsating. Bunda soha nomi keltirilgan shakldagi bo‘sh maydonga quyidagi jadvalda sanab o‘tilgan davrlar tartib raqamlarini kiritib qo‘yish talab qilinadi. Акмеология Герантопсихология
Пренатал
психология
Psixologik tadqiqot bosqichlari
Yosh va pedagogik psixologiya metodlari
III TOPSHIRIQ Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlar hamda ularning asarlari Vazifa: Yosh psixologiyasi hamda pedagogik psixologiya fanlarining shakllanishi va rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan quyidagi olimlarning qalamiga mansub asarlarni ko‘rsating. Bunda quyida keltirilgan jadval o‘rtasidagi ikki yonma yon bo‘sh ustunga chap tarafdan tegishli asarning tartib raqamini o‘ng tarafdan olimning tarib raqamini yozib qo‘yish talab qilinadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun testlar: 1. Yosh psixologiyasida keng qo‘llanuvchi quyidagi metodlardan qaysilari tashkiliy metodlar jumlasiga kiradi? a)kuzatish va eksperiment, sotsiometriya; b)komleks, longityud, taqqoslash; c)sotsiometriya va faoliyat mahsulini o‘rganish; d)uzunasiga va ko‘ndalangiga kesim. 2. V.SHtern tomonidan ilgari surilgan psixik rivojlanish haqidagi ta’limotning bosh g‘oyasi qanday? a) psixik rivojlanishda irsiy omil hal qiluvchi ahamiyatga ega; b) psixik rivojlanishda ijtimoiy omil hal qiluvchi ahamiyatga ega; c) psixik rivojlanishda shaxs faolligi hal qiluvchi ahamiyatga ega; d) psixik rivojlanishda irsiy va ijtimoiy omilning o‘zaro yaqinlashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega. 3. Taraqqiyotning eng yaqin zonasi bola amalga oshiradigan qanday amallardan tashkil topadi? a) mustaqil bajara oladigan amallar; b) umuman bajara olmaydigan amallar; c) kattalar yordamida bajara oladigan amallar; d) bajarishni xohlamaydigan amallar. 4. Quyidagi Yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bo‘lgan muloqot etakchi faoliyat sifatida gavdalanadi? a) ilk bolalik, kichik maktab Yoshi; b) maktabgacha Yosh davri, o‘smirlik; c) o‘smirlik, o‘spirinlik; d) go‘daklik, o‘smirlik. 5. Hozirda fanda ma’lum Yosh inqirozlaridan adabiyotlarda dastlab qaysi inqiroz davri keng yoritilgan? a) tug‘ilish davri inqirozi; b) jinsiy etilish davri inqirozi; c) 3 Yosh inqirozi; d) 7 Yosh inqirozi. Download 26.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling