27sv-20ee guruh talabasi Shadiyev Odilning Raqamli energetika fanidan Mustaqil ish Bajardi: Shadiyev O. Qabul qildi: ­­­­­­­­Abdullayev Sh


Download 364.66 Kb.
bet3/3
Sana19.03.2023
Hajmi364.66 Kb.
#1284538
1   2   3
Bog'liq
sfefef - odil

ENHATning texnik vositalari
Energiya tizimlari 0,4 kV kuchlanishli taqsimlash tarmoqlarida va istemolchilarda o’lchov tok transformatorlaridan (O’TT) foydalanib elektr energiyani tijorat hisobga olish so’nggi yillarda bir fazali ikki cho’lg’amli 0,5 sinfdagi tok transformatorlari va 2,0 sinfdagi induksion uch elementli elektr hisoblagichlaridan (aktiv va/yoki reaktiv energiya) ommaviy foydalanish asosida qurildi. Ulardan har biri o’z tok bo’yicha zanjirlari bilan uchta bir fazali TT orqali ulanadi, parallel zanjirlari bilan (kuchlanish bo’yicha) esa to’g’ridan-to’g’ri o’zgaruvchan tok past kuchlanishli uch fazali to’rt o’tkazgichli tarmog’i liniyasiga ulanadi (2-rasm). 0,4 kV dan ortiq kuchlanishli tarmoqlarda hisoblagichlarning parallel zanjirlari ulanadigan qo’shimcha o’lchov kuchlanish transformatorlari ishlatiladi.
Ko’rsatilgan vositalarni real sharoitlarda qo’llanilishidagi kafolatlanadigan o’lchashlar aniqligi o’lchov kompleksi – uchta TT li hisoblagichning yo’l qo’yiladigan nisbiy xatoligi chegarasi orqali aniqlanadi. Bu xatolikning tashkil etuvchilari TT va hisoblagichning tizimli va tasodifiy asosiy tokli va burchakli xatoliklari, shuningdek, turli ta’sir etuvchi omillar ta’siri bilan bog’liq ularning qo’shimcha xatoliklari hisoblanadi.
Istemolchilar yuklamalarining kamayishi va sezilarli tebranishlarida ko’rib
chiqilgan hisobga olish katta xatolik bilan farqlanadi, bu umuman elektr energiyani asbobli kamomadiga va tijorat yo’qotishlarini ortishiga olib keladi. Elektr tarmoqlar hududlarida (ETH) unin nimstansiyalarida ko’pincha yuqori kuchlanishlar tomoni bo’yicha olingan olingan elektr energiya va past kulanishlar
tomoni bo’yicha istemolchilarga berilgan elektr energiya bo’yicha 20 % va undan ortiq nobalans qayd etilmoqda. Ba’zan istemolchi elektr energiyadan foydalanayotgan, unda past quvvatli elektr qurilmalar va yoritish ishlayapdi, energiya tizimining hisoblagichlari esa nolli istemolni ko’rsatadigan mantiqqa zid holatlar yuz beradi. Turli baholashlar bo’yicha asbobli kamomad orqali aniqlanadigan elektr energiyani tijorat yo’qotishlari (o’lchash vositalarining xatoliklari, ularning noto’g’ri tanlanishi va ishlatilishi) ulushi butun tijorat yo’qotishlarining 25 - 30% ga etadi.
Yuzaga kelgan holatdan chiqish, bir tomondan, kam sezgir va noaniq
induksion hisoblagichlarni elektron hisoblagichlarga, 0,5 sinfdagi TT larni
birlamchi tokning katta o’zgarish diapazonida yo’l qo’yiladigan xatoliklarning
eng past darajalarini ta’minlaydigan 0,5S sinfdagi TT larga almashtirish, boshqa tomondan TT modellarini to’g’ri tanlash va ularni xatosiz ishlatishdan iborat.

Uch fazali uch elementli hisoblagich

2-rasm. Uchta bir fazali TT orqali uch fazali uch elementli hisoblagichni ulash


sxemasi

Xulosa
So’nggi yillarda energiya resurslarining yuqori narxi sanoatda va boshqa ko’p energiya istemol qiladigan sohalarda (transport va uy-joy kommunal xo’jaligi) istemol qilingan energiyani hisobga olish tizimida tubdan o’zgarishlarni amalga oshirishga sabab bo’ldi. Istemolchilar energiya resurslarini yetkazib beruvchilar bilan elektr energiyani hisobga olishni qandaydir shartli meyorlar, eskirgan va noaniq o’lchash asboblari orqali emas, balki zamonaviy, yuqori aniqlikda hisobga oluvchi asboblar asosida hisoblash zarurligini tushuna boshladilar. Korxonalar o’zining “kechagi kun” energiya istemoli hisobini bugungi kun talabiga mos ravishda qayta tashkil etishga urinmoqdalar. Istemolchilar energiya resurslarini tejash va moliyaviy xarajatlarini kamaytirishda dastlabki qadam – energiya istemolini yuqori aniqlikdagi hisoblash asboblari yordamida hisobga olishni amalga oshirishdan boshlash kerakligini tushindilar.


Energiya resurslarining rivojlangan savdosi malumotlarni o’lchash, yig’ish va qayta ishlash bosqichlarida inson ishtirokini minimumga olib keladigan va energiya resurslarini yetkazib beruvchi tomonidan ham, istemolchi tomonidan ham turli tarif tizimlariga ishonchli, aniq va ixcham moslashtirilishini taminlaydigan energiyani hisobga olishda avtomatlashtirilgan tizimlarni tatbiq etishni talab qilmoqda. Shu maqsadda iste’molchilar ham, energiya taminotchilari ham o’z obyektlarida elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHAT) ni tashkil qilmoqda. Zamonaviy ENHAT lar korxonalarning energiya istemolini to’liq nazorat qiladi va energiya yetkazib beruvchilar bilan kelishuv asosida energiya sarflarini meyorlashtirish bilan turli tariflar tizimlariga o’tish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. F. A. Xoshimov, A. D. Taslimov, I. U. Raxmonov “Elektr ta’minoti tizimida energiya nazorati va hisobi” Toshkеnt–2014
3. I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov, A. M. Najimova, “Elektr ta’minoti tizimida energiya tejamkorligi” Toshkent-2020
2. I. X. Siddikov, M.I. Maxmudov, N.N.Mirzoyev, X.E.Xujamatov “Energiya nazorati va hisoblashni avtomatlashtirilgan tizimlari” Toshkent-2019
Download 364.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling