27sv-20ee guruh talabasi Shadiyev Odilning Raqamli energetika fanidan Mustaqil ish Bajardi: Shadiyev O. Qabul qildi: ­­­­­­­­Abdullayev Sh


Download 364.66 Kb.
bet1/3
Sana19.03.2023
Hajmi364.66 Kb.
#1284538
  1   2   3
Bog'liq
sfefef - odil


Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti
Energomexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi
27SV-20EE guruh talabasi Shadiyev Odilning
Raqamli energetika fanidan

Mustaqil ish
Bajardi: Shadiyev O.
Qabul qildi: ­­­­­­­­Abdullayev Sh.

Mavzu: Tok transformatorlari modellarini tanlash


Reja:
1. Tok transformatorlari modellarini tanlash
2. Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish
3. ENHATning texnik vositalari
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar

Tok transformatorlari modellarini tanlash
Tok kuchini o'lchashda katta toklarni kamaytirish yoki kichkina toklarni ko'paytirib berish uchun ishlatiladi. Bu transformatorlar magnit o'zak va ikkita chulg'amdan iborat. Birlamchi chulg'ami o'lchanishi lozim bo'lgan katta tok zanjiriga ketmarket ulanadi. Uning o'ramlari soni kichkina, ko'pincha, W1=1 bo'ladi, qismalari L1 va L2 harfi bilan belgilanadi. Bu chulg'am ko'pincha to'rtburchak qirqimli yo'g'on mis simdan o'raladi. Tok transformatori ikkilamchi chulg'amining oʻramlar soni ko'p bo'ladi. Qismalari U1 va U2 harfi bilan belgilanadi (1–rasm).
Tok transformatorlarining ikkilamchi cho’lg'am zanjiriga ichki qarshiligi kichkina (0,05 Om va undan kichik) bo'lgan o'lchov asboblari (masalan, ampermetr, vattmetr va schyotchiklarning tok g'altaklari) ketma-ket ulanadi. Tok transformatorlarida birlamchi cho’lg'am toki 0,1 A dan 10000 A gacha boʻlishi mumkin. Ikkilamchi cho’lg'amning nominal toki sifatida 5 A tok qabul qilingan.
Ikkilamchi cho’lg'am zanjiriga ulangan asboblarning qarshiliklari juda kichkina boʻlgani uchun tok transformatorlari normal sharoitda qisqa tutashish sharoitiga yaqin sharoitda ishlaydi. Ikkilamchi cho’lg'am zanjiriga istalgancha ko'p o'lchov asboblari ulab boʻlmaydi, bunda yuklama ko'payib ketishi natijasida tok transformatorining aniqligi buziladi. Tok transformatorlarida yuklama qarshiligi 0,2 ... 2 Om dan ortiq boʻlmasligi kerak. Har bir tok transformatorining pasportida yuklamaning nominal qarshiligi koʻrsatiladi. Tok transformatorida ikkilamchi cho’lg'amning nominal quvvati 5 Vt dan 100 Vt gacha bo'ladi.
Tok transformatori ishlaganda uning po'lat o'zagida juda kichkina magnit oqimi hosil boʻladi, bu oqqimni hosil qiladigan magnitlovchi kuch ham kichkina bo’ladi.
Tok taransformatorining transformatsiya koeffitsiyenti:
T = =
Har bir tok transformatori pasportida uning transformatsiya koeffitsiyenti K1 ko’rastiladi. Unda birlamchi cho’lg’am toki:
I1 = KT · I2

1-rasm. Tok transformatorlari va ularning ulanish sxemasi.

Demak, ampermetr ko'rsatayotgan tokni transformatsiya koeffitsientiga ko'paytirib birlamchi cho’lg'amdan o'tayotgan katta tok qiymatini aniqlash mumkin ekan. Ko'pincha elektr o'lchov asboblari ulangan zanjir yuqori kuchlanashli zanjirdan tok transformatori vositasida ajratiladi. Birlamchi cho’lg'am izolyatsiyasi buzilsa, yuqori kuchlanishning ikkilamchi cho’lg'am zanjiriga o'tishi juda xavfli. Shuning uchun ikkilamchi cho’lg'am qismalaridan biri va po'lat o'zak yerga ulangan bo'lishi kerak. Tok transformatori ishlab turganda ikkilamchi cho’lg'am zanjiri uzilib qolsa, birlamchi cho’lg'amdagi katta tok magnitlovchi tok boʻlib qoladi, oqibatda magnit oqimi ko'payib ketadi. Normal sharoitda juda kichkina boʻlgan ikkilamchi cho’lg'am kuchlanishi juda ko'payib ketadi, bu esa xodimlar uchun juda xavflidir. Po'lat o'zakda quvvat isrofi ko'payib ketishi natijasida transformator qizib ketadi va buziladi. Ikkilamchi cho’lg'am zanjiri uzilib qolmasligi uchun bu maqsadda ko'ndalang qirqimi 2,5...4 mm bo'lgak yo'g'on mis simlar ishlatilishi kerak. Agar birlamchi cho’lg'amdan tok o'tib turganda ikkilamchi cho’lg'amga o'lchov asboblari ulanmaydigan bo'lsa, bu cho’lg'am qisqa tutashtirib qo'yilishi lozim. Agar tok transformatorining yuklamasi ko'payib ketsa, o'lchashdagi xatolik ko'payib ketadi. Tokni o'lchashdagi xatolik quyidagicha aniqlanadi:
f1 =

Klassi 0,2; 0,5; 1; 3; 10 bo'lgan tok transformatorlari uchun birlamchi tok nominal qiymatga ega bo'lganda, o'lchashdagi xatolik mos holda 0,2; 0,5; 1; 3 va 10% dan ortmasligi kerak.


Bundan tashqari, tok transformatorlarida burchak xatoligi δ1 ham bo'ladi. Burchak xatoligi 0,2; 0,5 va 1 klass tok transformatorlari uchun, mos holda, 10, 40 va 80 min dan ortiq bo'lmasligi kerak. Magnitlovchi tok ortsa, transformatorning ikkala xatoligi ham ortadi.
O'lchov transformatorlari yordamida quvvat va sarflanadigan energiya ham o'lchanadi. Yuqori kuchlanishli va katta tokli zanjirlarga vattmetr va schyotchiklar kuchlanish hamda tok transformatorlari orqali ulanadi. Bunda ularning tok g'altaklari tok transformatoriga, kuchlanish g'altaklari esa kuchlanish transformatoriga ulanadi. Birlamchi zanjir quvvatini aniqlash uchun vattmetr ko'rsatayotgan qiymatni (W) tok va kuchlanish transformatorlarining transformatsiya kozffitsientiga ko'paytirish lozim, ya'ni:

P1 = W · Kk · Kt

Elektr energiyani o’lchash va hisobga olish vositalari bozorida odatda o’lchov vositalar Davlat reestriga kiritilgan va turli ishlab chiqaruvchilar yoki ularning vakillari taklif etadigan o’nlab turli TT modellari taqdim etiladi. Birinchi navbatda Davlatlararo standart “Tok transformatorlari. Umumiy texnik shartlar”


GOST 7746-2001 ga mos kelishi kerak bo’lgan bu barcha qurilmalar ko’p jihatdan o’z deklaratsiya qilingan texnik xarakteristikalari bo’yicha yaqin, lekin haqiqatda ishlatishdagi sinovlar va tajribalarning ko’rsatishicha energiya tizimlarida va istemolchilarda elektr energiyani tejamkor, ishonchli va aniq hisobga olish uchun uzoq muddatli istiqbolda teng baholi emas. Deyarli barcha ishlab chiqaruvchilarning reklamalarida va texnik hujjatlarida malakali foydalanuvchiga qiziqarli bo’lgan va energiya tizimi va foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun ularni sotib olishda TT ni tanlashga sezilarli tasir qila oladigan TT ning ko’plab malumotlari va xarakteristikalari mavjud emas.
Nanokristalli qotishmalardan o’zakli TT lar elektrotexnik po’latdan o’zakli TT larga nisbatan 1,5 - 2 marttaga qimmat bo’lishiga qaramasdan ular quyidagi qator avzalliklarga ega:
1) o’zgarmas tok bilan o’zakni magnitlashga merologik xarakteristikalarning barqarorligi;
2) uyurmaviy toklar va o’zakning qayta magnitlanishiga yo’qotishlarni 4 - 10 marttaga kamayishi;
3) aniqlik sinfi bo’yicha oshirilgan (ikkilangan) texnologik zahira;
4) merologik xarakteristikalar saqlanib qoladigan uzoqroq xizmat qilish muddati va bu bilan potensial katta tekshirishlararo interval;
5) o’zak materialiga va misga kam harajatlar, kam tashqi o’lchamlar, kam o’zak va umuman TT og’irligi.
Nanokristalli o’zakli TT ning ko’rsatilgan avzalliklari elektr energiyani o’g’irlanishlariga va tijorat yo’qotishlarni ortishiga ularni barqarorroq qiladi, elektr
energiyani texnologik yo’qotishlarni va ekspluatatsion harajatlarni kamaytiradi.
Shuning uchun qonuniyatli xulosa kelib chiqadi – hisobga olish aniqligini oshirish uchun nanokristalli qotishmadan o’zakli TT ni qo’llash zarur. Lekin, bunday tok transformatorlarining xatoliklari quyidagi ikki shartlar bajarilganida ortadi:
- maksimal birlamchi tokda;
- ikkilamchi zanjirda yuklamaning ortishi bilan (yuklama qarshiligini ortishi).
Shuning uchun amalda TT ikkilamchi zanjirlarini montaj qilish va ishlatishga talablarga qatiy rioya qilish talab qilinadi.


Download 364.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling