28” 01. 2023 yil qatnashdilar


Download 418.26 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi418.26 Kb.
#1202012
Bog'liq
diktant bayoni 1-maktab


O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Forish tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 1-sonli umumta`lim maktabida “Gepatit A ga qarshi kurashish va sog’lom hayot” deb nomlangan diktantlar tanlovi

B A Y O N N O M A S I №
Forish tuman Bog`don MFY
28” 01.2023 yil

QATNASHDILAR:
Maktab hamshirasi: G.Botirova
SEOM xodimasi: G.Qurbonova
6-V sinf rahbari: M.Yulimova
O’qituvchi X.Xoliqov
1-umumta’lim maktabida “Gepatit A” kasalligi yuzasidan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 6-V sinf o’quvchilari o’rtasida ushbu kasallikning oldini olish, uning salbiy oqibatlari va o’quvchilar o’rtasida tarqalishini oldini olish yuzasidan Tuman sanitariya epidimiologik-osoyishtalik markazi yordamchi xodimasi G.Qurbonova o’quvchi yoshlarga tushuncha berib o’tdi.
Maktab hamshirasi G.Botirova o’quvchilarga Gepatit A – gepatovirus A virusi (GAV) tomonidan keltirib chiqariladigan keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. GAV fekal-oral usulda yuqadi. Inkubatsiyon muddati oʻrtacha 30 kunni tashkil etadi. Gepatit A aksariyat holatda asimptomatik boʻladi. Boshqa hollarda isitma, koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, sariqlik va qorinda ogʻriq bilan namoyon boʻlishi mumkin. Jigarga aloqador boʻlmagan belgilari juda kam uchraydi hamda vaskulit, artrit, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, pankreatit va Giyan – Barre sindromi qoʻshilib kelishi mumkin. Aksariyat bemorlarda 2-6 oy ichida oʻz-oʻzidan tuzalib ketadi. Shu xususiyati bilan gepatit B va Cdan ajraalib turadi. Chunki, bu viruslar surunkali kasalliklarga sabab boʻladi. 1% dan kamroq bemorlarda fulminant jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin va bu jigar transplantasiyasini talab qilishi kabi og’ir oqibatlarni keltirib chiqarishi haqida aytib o’tdi.
6-V sinf o’quvchilari o’rtasida “Gepatit A ga qarshi kurashish va sog’lom hayot” nomi ostida diktantlar tanlovi o’tkazildi. Natijada o’quvchi yoshlar ongida gepatit A kasalligi haqida tasavvurlar vujudga keldi.






Bayonlashtirdi: G.Botirova
Download 418.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling