Bayonnomasi “20” sentabr 2022 yil Jizzax shahri
Download 30.5 Kb.
|
Bayonnoma 18-maktab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig‘ilish kotibi: ______________________ Ishtirok etdi
Jizzax shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Boshlang‘ich ta’lim” fan oyligi munosabati bilan o‘tkazilgan diktantlar tanlovi BAYONNOMASI “20” sentabr 2022 yil Jizzax shahri Yig‘ilish raisi: N. Asqarova – maktab direktori Yig‘ilish kotibi: ______________________ Ishtirok etdi: Jizzax davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘lim Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari Z.Akramova, N.Mamaraximova, Sh.Shodiyeva va Sh.O‘ktamova, 3-4-sinf o‘quvchilari KUN TARTIBIDAGI MASALA Boshlang‘ich ta’lim fan oyligi doirasida “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda” shiori ostida diktantlar tanlovi o‘tkazish. 2022 yil 20 sentabr kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo‘lim Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari Z.Akramova, N.Mamaraximova, Sh.Shodiyeva va Sh.O‘ktamovalar 3-4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida diktantlar tanlovi tashkil etdilar. Yig‘ilishni maktab direktori N.Asqarova kirish so‘zi bilan ochib, “Boshlang‘ich ta’lim” fan oyligi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ko‘tarinki ruhda o‘tayotganligini, ushbu fan oyligiga bag‘ishlab Jizzax davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘lim Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari Z.Akramova, N.Mamaraximova, Sh.Shodiyeva va Sh.O‘ktamovalar tomonidan 3-4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida diktantlar tanlovi tashkil etilganligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng Sirtqi bo‘lim Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Z.Akramova so‘zga chiqib, o‘quvchilarga diktant nima uchun kerakligi haqida fikr bildirib, diktant o‘quvchilarga imlo va tinish belgilariga doir qoidalarni o‘rganishda hamda bu qoidalar yuzasidan malakalarni hosil qilishga yordam berishi haqida aytib, Jizzax shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga ta’lim olishda omadlar tiladi. Shundan so‘ng Jizzax davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘lim Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari N.Mamaraximova, Sh.Shodiyeva va Sh.O‘ktamovalar “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda” shiori ostida o‘tkazilgan diktantlar tanlovi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tanlovda __-sinf o‘quvchisi _____________________ faxrli 1-o‘rinni, __-sinf o‘quvchisi _____________________ faxrli 2-o‘rinni va __-sinf o‘quvchisi _____________________ faxrli 3-o‘rinni egalladilar. G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig‘ilish QAROR QILADI: Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo‘lim Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari Z.Akramova, N.Mamaraximova, Sh.Shodiyeva va Sh.O‘ktamovalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Maktabda boshlang‘ich ta’limni yanada rivojlantirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo‘lim Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yish rejasi ishlab chiqilsin. Ushbu yig‘ilish bayonnomasi bandlarining bajarilishini nazorat qilish ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ____________ zimmasiga yuklatilsin. Yig‘ilish raisi: N.Asqarova Yig‘ilish kotibi: _________ Download 30.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling