28. 6в6 з-79 Зоология фанидан тест топшириқлари [Матн] / С. Бақоев [ва бошқ.]. Бухоро : Durdona, 2017. 136 б. Кбк 28. 6в6


Download 317.65 Kb.
bet2/21
Sana26.01.2023
Hajmi317.65 Kb.
#1126867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Зоология фанидан тест топшириқлари

SO`Z BOSHI
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida “Zoologiya” fanining o`qitilishi , uning o`quvchilar tomonidan o`rganilishi, o`zlashtirilishining samarali bo`lishini ta`minlashda o`quv adabiyotlarining (darslik, qo`llanma, yordamchi o`quvuslubiy ishlar) O`zbekiston Respublikasida amal qilayotgan uzviylashtirilgan Davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi (Toshkent, 2010) talablari asosida ishlab chiqilishi, yozilishi muhim ahamiyatga ega. Ta`kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mamlakatimiz ta`lim tizimida bu sohada ancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ammo davr talabi o`quvchilarni mustaqil bilim olishi, fikr yuritishi imkoniyatlarini yana ham kengaytirish, chuqurlashtirishni taqozo etmoqda.
Shu holatni inobatga olgan holda “Zoologiya fanidan test topshiriqlari” o`quv-uslubiy qo`llanmasi tayyorlandi. Bu qo`llanmada biologiya fanining zoologiya qismi uchun DTSda keltirilgan uzviylikka rioya qilib fan doirasidagi mavzular, bo`limlar oddiydan murakkabga tomon tamoyili asosida joylashtirildi va unga 1350 ta test topshiriqlari kiritildi. Testlarni tuzishda ular turli manba`lardan tanlanganda mahalliy sharoitga mos keladiganlariga ko`proq e`tibor berildi.
O`quv-uslubiy qo`llanmadan biologiya fani o`qituvchilari, repetitorlar, talabalar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilari, hamda biologiyaga (zoologiya) qiziquvchilar, abituriyentlar, mustaqil o`rganuvchilar ham foydalanishi mumkin.
Zoologiya bo`yicha nazariy bilimlarni puxta o`zlashtirishda, uni amaliy faoliyat bilan bog`lashda, u yoki bu mavzu ,zoologik obekt tushuncha, hodisa, jarayonlarni tushunish bo`yicha mustaqil fikr yuritish ,layoqatini rivojlantirishda fanni o`zlashtirishda tayanch, xususiy kompstensiyalarni shakllantirishda mazkur o`quv-uslubiy qo`llanma yordam berishi mumkin.
O`qituvchilar fan bo`limlari, mavzulari bo`yicha tarqatma materiallarni qisqa vaqt ichida tayyorlashlari, ulardan dars davomida, darsdan, sinfdan, maktabdan tashqari o`tkaziladigan tadbirlarda foydalanishlari ham mumkin.
O`quv-uslubiy qo`llanma oxirida unda kiritilgan barcha test topshiriqlarining to`g`ri javoblari ham keltirilgan bo`lib, qo`llanmadan foydalanuvchilar uchun o`ziga xos ilmiy-uslubiy ahamiyatga ega.

Download 317.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling