28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
Buxgalteriya hisobining schyotlar tizimi usuli yordamida korxonalar xo’jalik mablag’’larining holati, shu mablag’’larning paydo bo’lish manbalari, shuningdek, xo’jalik mablag’’larining xo’jalik jarayonidagi xarakatlari tezlikda umumlashtirilib hisobga olib boriladi. YUqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, xo’jalik operatsiyalari schyotlarda umumlashgan xolda pul ko’rsatkichida aks ettiriladi. Masalan, “ Materiallar” schyotida korxonadagi jami xom ashyo va materiallarning harakati, “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida hamma xarajatlar va olingan mahsulotlarning harakati, shuningdek, “Xodimlar bilan mexnatga xaq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyotida korxonadagi xamma ishchi va xizmatchilarga ish xaqi yuzasidan qilinadigan hisob -kitolar harakati va hokazolar umumlashtirilib aks ettirilganligi aniqlandi.Lekin korxonalarning mablag’’larini but holida saqlashni ta’minotlash va samarali foydalanish ustidan nazorat o’rnatish uchun ularning har bir turi to’g’risida batafsil maolumotlar ham bo’lishi zarurdir. CHunki “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida umuman sarflangan harajatlar vaolingan mahsulotlar haqidagi maolumotlar bilan birga maolum bir vaqtga xarajatlarning har bir turi (masalan, ish haqi, material, amortizatsiya va hokazolar), shu bilan birga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning har biri bo’yicha (masalan, mashinasozlik zavodida bo’lsa ayrim turdagi stanoklar, mashinalar va hokazolarning) xarajatlar summasi va turlari bo’yicha tafsilot bilan aniqlangan ko’rsatkichlar ham bo’lishi kerak. “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyotida korxonaning maolum bir davrga ishchi va xizmatchilardan bo’lgan umumiy qarz summasi ko’rinib turishi bilan birga har bir ishchi va xizmatchinig qarz summasi yuzasidan qilinadigan hisob-kitoblar maolumoti ham bo’lishi kerak. SHuningdek, “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyotining debet va kredit oboroti umumiy summasi to’g’risidagi maolumot bilan birga har bir ishchi va xizmatchiga qancha summa hisoblanagan va shundan qnchasi berilganligi to’g’risidagi maolumot ham zarurdir. SHunga o’xshash hamma schyotlarda ham umumiy ko’rsatkichlar bilan birga tafsiloti bilan aniqlangan ko’rsatkichlar bo’lishi lozimdir. SHuning uchun ham buxgalteriya hisobida oboektlar bo’yicha va ayrim turlari bo’yicha maolumotlarni hisobga oladigan schyotlardan foydalanishga zaruriyat tug’iladi. SHunga mos holda ikki hildagi schyot, yaoni sintetik va analitik schyotlar buxgalteriya hisobida qo’llaniladi. Xo’jalik mablag’’lari va ular manbaalarining harakatini hisobga oladigan xo’jalik operatsiyalari haqida umumlashgan maolumotlarni faqat pul ko’rsatkichida hisobga oladigan schyotlar sintetik (birinchi tartibli) schyotlar deyiladi. Xo’jalik mablag’’lari va ular manbalarining harakatini hisobga oladigan xo’jalik operatsiyalari xaqida to’la tavsifnoma beriladigan va ularni aniqlashtiradigan pul, natura va mehnat o’lchovi ko’rsatkichlarida hisobga oladigan schyotlar esa analitik schyotlar deb ataladi. Korxonalarning xo’jalik mablag’’lari va ularning tashkil topish manbaalari hamda harakati to’g’risidagi xo’jalik jarayonlarini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni sintetik schyotlar yordamida hisobga olib borishga sintetik hisob deb ataladi. Korxonalarning xo’jalik mablag’’lari va ularning tashkil topish manbaalari hamda xo’jalik jrao’nlariini tafsiloti bilan aniqlovchi ko’rsatkichlarda analitik schyotlar yordamida aks ettirish analitik hisob deb yuritiladi. Sintetik schyotlarga “Asosiy vositalar” , “Nomoddiy aktivlar” , “Materiallar” , “Nizom fondi” , “Zahira fondi” ,” Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar”, “Har xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” va hokazo schyotlar kiradi. Analitik schyotlarga esa bir sintetik schyot ichidagi maolumotlar Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling