28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esda tuting
Esda tutingSintetik schyotlarda analitik hisob maolumotlari umumlashtiriladi. (masalan , “Materiallar” schyoti bo’yicha prokat , truba, lak bo’yog’i , motor va xokazolar) ni aks ettiradigan schyotlar kiradi. Shuning uchun ham bir sintetik schyotda bir necha analitik schyotlar bo’ladi. Esda tutingAnalitik schyotlarning muhim funktsiyalaridan biri va ularning zarurligi sintetik schyotlar bo’yicha tafsilot bilan aniqlangan maolumotlarni zarur paytda tegishli o’lchov birliklarida berib turishdir. Agar sintetik schyotlar korxonadagi asosiy vositalar barcha turlarining umumiy summasini, har xil debitor yoki kreditorlarga korxona qarzining umumiy holatini, hamma tayyor mahsulotlarning summasini va xokazo maolumotlarni ko’rsatib tursa, analitik schyotlar korxonadagi asosiy vositalar har bir turining qoldig’ini, harakatini, joylanishini, tayyor mahsulot har bir turining qoldig’ini, harakatini, ishchi va xizmatchilarning har biriga korxonaning qancha qarzi borligini , hisobdor shaxslarning xar birining korxonadan qarzini va boshqalarni ko’rsatib turadi. Korxonalar xo’jalik - moliyaviy faoliyatida analitik schyotlarning roli benihoyat kattadir. CHunki analitik schyotlar yordamida korxona xo’jalik mablag’’larining tarkibi aniqlanadi, butligi ta’minotlanadi, bor mablag’’lardan samarali foydalanish ta’minotlanadi, shuningdek, moddiy javobgar shaxslarning to’g’ri ishlashini ta’minotlash singari masalalar bajariladi. Ko’p hollarda analitik schyot maolumotlari yordamida pul ko’rsatkichlardagi malumotlar bilan birgalikda natura (materiallar) va mehnat (ish haqi) o’lchovlarida ham malumotlar olinadi. Lekin xo’jalik mablag’’larning tashkil topish manbaalari va hisob - kitoblar bo’yicha analitik schyotlarda natura mehnat o’lchovlariga zaruriyat bo’lmaganligi sababli faqat pul o’lchovida yuritiladi. Analitik schyotlarning miqdori juda ko’p bo’lganligi sababli ulardagi maolumotlarni taaluqli iqtisodiy belgilariga muvofiq sintetik schyotlarda umumlashtirish zarurdir. Bundan tashqari, sintetik schyot maolumotlari yordamida korxonaning ishlab chiqarish- moliya faoliyatiga baho berib va uning ustidan nazorat o’rnatibgina qolmasdan, balki butun xalq xo’jaligi tarmoqlarning ish faoliyati ustidan nazorat o’rnatish imkoniyati ham yaratiladi Sintetik va analitik schyotlardan tashqari ko’p hollarda subschyotlardan, yaoni ikkinchli tartibli schyotlardan foydalanishga ham zaruriyat tug’iladi. Ular sintetik va analitik schyotlar o’rtasidagi aloqani ta’minotlashga mo’ljallangandir. Subschyotlarning qo’llanilishi amaliyotda nomenklaturasi ko’p bo’lgan mablag’’larni to’g’ri hisobga olishni ta’minotlaydi. Masalan, subschyotlar materiallar, asosiy vositalar, kam baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar singari nomenklaturasi ko’p mablag’’larni hisobga olish uchun juda muxim axamiyatga egadir. Misol tariqasida buxgalteriya hisobining schyotlar ro’yxatidagi “ Materiallar” sintetik (birinchi tartibli) schyotining sub (ikkinchli tartibli) schyotlari quyida keltiriladi: xom ashyo va materiallar; sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va komplektlash mahsuloti, qurilma va detallar; yoqilg’i; idish va idish materiallari; ehtiyot qismlar; har xil materiallar; chetga qayta ishglashga berilgan materiallar; qurilish materiallari. Keltirilgan subschyotlar korxonaning ixtisoslashuviga muvofiq bir qancha nomenklaturani hisobga olishga mo’ljallab ochilgan analitik schyotlarga bo’linadi
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling