28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar-moddiy zaxiralarni sof realizatsiya qiymati bo’yicha baholash.
Usullarni taqqoslash
Tovar-moddiy zaxiralarni sof realizatsiya qiymati bo’yicha baholash. Tovar-moddiy zaxiralar shikastlanganda, qisman yoki butunlay eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv narxi pasaygan holatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o’z tannaxidan past bahoda realizatsiya qiymatida baholanishi mumkin. Sof realizatsiya qiymati- tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayig’masidir. Tovar-moddiy zaxiralari sof realizatsiya qiymatigacha quyidagi usullar asosida qisman hisobdan chiqariladi: moddalar bo’yicha usuli-bunda tovar-moddiy zaxiralarining har bir turi baholanadi; asosiy tovar guruxlarining usuli-bunda tovar-moddiy zaxiralarining guruhi baholanadi; V) zaxiralarning umumiy darajasi usuli-bunda hamma tovar- moddiy zaxiralari baholanadi. Misol 1. Quyidagi ma’lumotlar asosida TMZ FIFO usuli bilan baholang.
Misol 2. Quyidagi ma’lumotlar asosida TMZ LIFO usuli bilan baholang.
Xo’jalik sub’ektlarining asosiy faoliyati moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga sotish va bu talabni qondirish uchun doimo takror ishlab chiqarish bilan shug’ullanishga qaratiladi . Mana shu takror ishlab chiqarish xo’jalik jarayonlari orqali yoki xo’jalik mablag’’larining to’xtovsiz davriy aylanishi natijasida amalga oshiriladi . Amaliyotda bunday xo’jalik jarayonlari uch bosqichga bo’linib, ularga ta’minotot ishlab chiqarish va sotish kiradi .(1- shaklga qarang ) Xo’jalik sub’ektlarining asosiy faoliyati ta’minot jarayonidan boshlanib, unda moddiy boyliklarni ishlab chiqarishning uzuliksizligini ta’minlash uchun mumtazam ravishda ishlab chiqarish zaxiralarini ya’ni xom ashyo material,yoqilg’i, yarim tayyor mahsulot , extiyot qismlarini xarid qilib turish kerak. Demak bu ishni bajarishda bir qancha xo’jalik muamalalari bajariladi. Buxgalteriya hisobi aynan shu muamalalarni hisobga olish bilan shug’ullanadi. Davriy aylanishning ta’minotot jarayoni bosqichi buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: - belgilangan davrdagi ta’minot xajmini aniqlash . - sotib olingan va yetkazib kelingan ishlab chiqarish zaxiralarining haqiqiy tannarxini aniqlash. SHunday qilib, ta’minot jarayoni ishlab chiqarish jarayonini normal olib borish uchun shart-sharoit yaratib beradi . Ta’minot jarayonida yuz beradigan xo’jalik muamalalari moddiy boyliklarni sotib olishda ta’minotchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi . SHartnomalarda xo’jalik sub’ekti uchun zarur moddiy qiymatlik larning nomi, miqdori, bahosi, sifati, yetkazib kelish shartlari ko’rsatilgan bo’ladi. Xom ashyo va materiallar, yoqilg’i, ehtiyot qismlar, kam baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar hamda boshqa mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi mol yetkazib beruvchilarning schyot fakturasida ko’rsatilgan qiymati , ta’minot tashkilotlariga to’langan ustamalar , transportga yuklash, tushirish xarajatlari , tashib keltirish uchun transport tashkilotlariga qilingan to’lovlar , mehnat buyumlarini tayyorlash bilan bog’liq sarf xarjatlari , ularni yetkazib olishdagi tabiiy kamayish va boshqa xarajatlardan tashkil topadi .
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling