28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Download 0,95 Mb.
bet16/79
Sana22.12.2022
Hajmi0,95 Mb.
#1042101
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Muammo: Bozor
iqtisodiyoti sharoitida baholash tizimini tamoyillarga asoslanib nazorat qilib borish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlar bahosi doim bir xil bo’lmaydi, u doimo o’zgarib turadi. SHu sababli mahsulot, tovar zaxiralarini baholash bir oz murakkablashadi. Buning natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi va shu mahsulotni sotishdan ko’radigan daromad ko’rsatkichlari ham o’zgaradi. Mahsulot zaxiralari haqiqiy sotib olingan tannarx bo’yicha ( o’rtacha), hisobot davriga to’g’ri kelgan bozor bahosida baholanadi. YAngi schyotlar rejasida mo’jallangan hisob usuliga ko’ra balansda mahsulot zaxiralari bir nechta usulda baholanishi mumkin. Bunday usullarning mo’ljallanishi baholashning o’zgarishi natijasida korxonalardagi mahsulot zaxiralarini qiymat jihatidan kamayishiga xam taosiri inobatga olingan .
Bunday baholash usullariga quyidagilar kiradi:
Haqiqiy tayyorlov tannarxi bo’yicha baholash. Bu usulda baho mahsulot yetkazib beruvchining mahsulot jo’natayotganda tuzilgan xujjatida ko’rsatilgan baho va transport tayyorlov xarajatilari bilan birgalikdagi majmuasidan tashkil topadi.
Sotib olish bahosi bo’yicha baholash.Bu usulda baho kelishilgan tartibda yoki preyskurant bo’yicha va bu mahsulot uchun ustama yoki chegirmadan tashkil topadi.
FIFO va LIFO usullari bo’yicha baholash. Bu usullar xalqaro buxgalreriya hisobida qo’llaniladi.
FIFO — bu mahsulotni boshlang’ich tannarxi bo’yicha baholash. Bu usulda baholashda birinchi partiya kirim — birinchi partiya chiqim usuli qo’llaniladi. Bu usulda dastlab birinchi partiya bahosidagi mahsulot chiqib ketadi, keyin ikkinchi, uchinchi va oxirgi partiyagacha davom etadi. LIFO — Bu usul mahsulotlar tiklanish bahosidir, ya’ni oxirgi partiya kirim — birinchi partiya chiqim.

Esda tuting
Baholash usullari quyidagilar:

  1. Haqiqiy tayyorlov tannarxi bo’yicha.

  2. Sotib olish bahosi bo’yicha.

  3. FIFO.

  4. LIFO.

Ombordan berilgan mahsulotlar oxirgi olingan mahsulot qiymati bilan baholanadi, keyin undan oldingisi qiymati bo’yicha va xokazo.
13- jadval



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling