28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Sintetik schyotlar oborot qaydnomasi
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Schyotlar nomi shifri Oy qoldiq boshiga
Sintetik schyotlar oborot qaydnomasi.
1- aprel 2003 yil. 11- jadval
9-jadval maolumotlaridan ko’rinib turibdiki, sintetik schyotlar oborot qaydnomasida uch juft summalari bir biriga teng ustunlar mavjud. Birinchi juft tenglik: to’rtinchi ustun summalarining jami, beshinchi ustun summalarining jamiga teng bo’lishi kerak. Bu tenglik o’tgan hisobot davrining balansidan yoki xo’jalik mablag’’lari va ularning tashkil topish manbaalarining tengligidan kelib chiqadi. CHunki, schyotlarning oy boshiga qoldig’i o’tgan hisobot davrining balansidan olib yoziladi. Ikkinchi juft tenglik: oltinchi ustun summalarining jami, ettinchi ustun summalarining jamiga teng bo’lishi kerak. Bu tenglik xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida ikkiyoqlama yozish usulidan kelib chiqadi. Bunda har bir xo’jalik operatsiyasi bir schyotning debetiga, ikkinchi bir schyotning kreditiga teng summalarda yoziladi. SHuning uchun barcha schyotlarning debet oborotlari summasining jami ularning kredit oborotlari summasining jamiga teng bo’ladi. Uchinchi juft tenglik esa, birinchi va ikkinchi juft tenglik laridan kelib chiqadi. Agar to’rtinchi va beshinchi ustun tengliklari buzilsa, unda yo’l qo’yilgan xatolik quyidagicha topiladi: Oborot qaydnomasining to’rtinchi, beshinchi ustun jamlari yana bir bor jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qo’shishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi; Schyotlarning oy boshiga qoldig’ini oborot qaydnomasiga yozib chiqish tekshirib ko’riladi. Agar schyotlarning oy boshiga qoldig’ini oborot qaydnomasiga ko’chirib yozishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi. O’tgan hisobot davr balansidan schyotlarning oy boshiga qoldig’i to’g’ri ko’chirib yozilganligi tekshirib ko’riladi. Agar schyotlarning oy boshiga qoldig’ini o’tgan hisobot davr balansidan ko’chirib yozishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi. Agar oltinchi va ettinchi ustun tengliklari buzilsa, unda yo’l qo’yilgan xatolik quyidagicha topiladi: Oborot qaydnomasining oltinchi va ettinchi ustun jamlari yana bir bor jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qo’shishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi; Schyotlarning oy davomidagi debet va kredit oborotlarini oborot qaydnomasiga yozib chiqish tekshirib ko’riladi. Agar schyotlarning oy davomidagi debet va kredit oborotlarini oborot qaydnomasiga yozib chiqishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining debet va kredit oborotlarining jami qayta hisoblab ko’riladi. Agar schyotlarning oborotlarini jamlashda arifmetik xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi. Xo’jalik operatsiyalari bo’yicha tuzilgan provodkalarni buxgalteriya hisobi schyotlariga teng summalarda yozib chiqish tekshirib ko’riladi. Agar provodkalarni buxgalteriya hisobi schyotlariga yozib chiqishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi. Agar sakkizinchi va to’qqizinchi ustun tengliklari buzilsa, unda yo’l qo’yilgan xatolik quyidagicha topiladi: Oborot qaydnomasining sakkizinchi va to’qqizinchi ustun jamlari yana bir bor jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qo’shishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi; Schyotlarning oy oxiriga qoldig’ini oborot qaydnomasiga yozib chiqish tekshirib ko’riladi. Agar schyotlarning oy oxiriga qoldig’ini oborot qaydnomasiga ko’chirib yozishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi. Schyotlarning oy oxiriga qoldig’i summalar to’g’ri topilganligi qayta tekshirib ko’riladi. Agar schyotlarning oy oxiriga qoldiqlarini hisoblashda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi. Sintetik hisob schyotlari bo’yicha oborot qaydnomalarni tuzishdan oldin ayrim sintetik schyotlar bo’yicha ochilgan va yuritilgan analitik schyotlar bilan o’sha sintetik schyot maolumotlarining mosligi tekshirib ko’riladi. Buning uchun sintetik schyotga tegishli bo’lgan analitik schyotlarning oborot qaydnomasi tuzib chiqiladi. Analitik schyotlarning oborot qaydnomasi quyidagi maolumotlarni o’zida aks ettiradi: Oy boshiga qoldiq (natural va qiymat o’lchovlarida); Kirim (natural va qiymat o’lchovlarida); CHiqim (natural va qiymat o’lchovlarida); Oy oxiriga qoldiq (natural va qiymat o’lchovlarida); Analitik schyotlarning oborot qaydnomasiga, analtik schyotlarning quyidagi maolumotlari natural va qiymat o’lchovlarida ketma-ket yozib chiqiladi: oy boshiga qoldiq, kirim, chiqim, oy oxiriga qoldiq. Analitik hisob schyotlarining oborot qaydnomasini maolumotlarini jami, tegishli sintetik schyotning quyidagi maolumotlariga teng bo’lishi kerak. Oy boshiga qoldiq, Oy boshiga qoldiqqa; Kirim, debet oborotga; CHiqim, kredit oborotga; Oy oxiriga qoldiq, Oy oxiriga qoldiqqa. Sintetik va analitik schyotlari bo’yicha oborot qaydnomalardan tashqari amaliyotda sintetik schyotlar bo’yicha shaxmat oborot qaydnomalaridan ham foydalaniladi. Ularning mohiyati shundaki, bu qaydnomalar schyotlardagi qoldiqlar va oborotlar yig’indisini ko’rsatibgina qolmas dan balki, ularning mazmunini va schyotlarning o’zaro bog’lanishini ham aks ettiradi (2- jadval). Ammo shaxmat oborot qaydnomalari amalda kam qo’llaniladi. CHunki, korxonadagi har bir schyot bo’yicha shaxmat oborot qaydnomalar qo’llanilsa, u holda ishlash juda noqulay va murakkab bo’ladi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini yuritishda ham bu yozuvlarning asosini ko’rish mumkin. SHuning uchun ham shaxmat oborot qaydnomalarining asoslarini kengroq nazariy o’rganish, amaliyotda undan unumliroq foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling