28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esda tuting
Esda tuting
Baholash metodi bu buxgalteriya hisobini ob’ektlarini pul birligidagi qiymat o’lchovidir. Baholash natijasida tannarx, foyda, xarajatlar kabi iqtisodiy ko’rsatkichlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Baholash xo’jalik jarayonlari to’g’risidagi muhim ko’rsatkichlar haqidagi ma’lumotlarni yetkazib beruvchi buxgalteriya hisobining asosiy metodlaridan biridir. Buxgalteriya hisobida boshqa metodlar qatori baholash ham muhim ro’l o’ynaydi. Uzluksiz ko’zatishlar natijasida amalga oshirilgan ho’jalik operatsiyalari ta’sirida ho’jalik mablag’’lari va ularning manbaalari tarkibida qanday o’zgarishlar bo’lganligini bilishdan oldin, bu amalga oshirilgan operatsiyalarni pul qiymatida o’lchash zarur. Xo’jalik operatsiyalarini pul birligida o’lchash uchun buxgalteriya hisobini baholash metodidan foydalanamiz. Korxonani ish faoliyatini aniqlovchi ko’rsatkichlaridan bo’lgan foyda, tannarx xaqidagi ma’lumotlar ishonchli bo’lish uchun xo’jalik mab lag’larini to’g’ri baholash muhim ahamiyatga egadir.
Xo’jalik mablag’’larini noto’g’ri baholash, xo’jalik sub’ektlari ish faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni aniq yoki noaniq ekanligidan dalolat beradi. Xo’jalik mablag’’larini to’g’ri baholash, baholashning realligi va birligi printsplariga asoslanadi. Real baholash bu sarf qilingan barcha xarajatlarni pul birligidagi haqiqiy o’lchovidir. Bu printsip barcha natural va mexnat ko’rsatkichlarini baholar yordamida pul birligidagi o’lchovga o’tkazishni ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishga sarf qilingan mahsulotlarni noto’g’ri baholash, meh nat kurol larini eskirishi uchun ajratmalarni mahsulot tannarxiga noto’g’ri qo’shish, ish haqini noto’g’ri aniqlash, bular hammasi xo’jalik sub’ektlarining real faoliyatini aniqlashga to’sqinlik qiladi. Baholashning birlik printsipi, bu har xil sub’ektlarda bir xil nomdagi mablag’’larni bir xilda baholashdir. Buning ma’nosi barcha xo’jalik sub’ektlarining balansidagi bir xil nomdagi mablag’’lar, bir xil tartibda baholanishini anglatadi. Hamma xo’jalik sub’ektlari uchun buxgalteriya hisobi va hisoboti haqidagi qonunga ko’ra mablag’’larni baholashda umumiy qoidaga amal qilinadi. Misol uchun, Asosiy vositalar boshlang’ich qoldig’i bo’yicha baholanadi. Bu boshlang’ich qoldiqga asosiy vositani sotib olish bahosi, transport va boshqa xarajatlar kiradi. SHuningdek, mahsulot, yoqilg’i esa haqiqiy tannarxi va tayorlash, olib kelish uchun qilingan xarajatlar bilan birga qo’shilgan bahoda aniqrog’i haqiqiy tannarxda baholanadi. Balansda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha, tovarlar esa sotilish bahosida baholanadi.
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling