28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Ishlab chiqarish xarajatlari
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy xarajatlar
- Ustama xarajatlar
- Bevosita (to’g’ri) xarajatlar
- Bilvosita (egri) xarajatlar
Ishlab chiqarish xarajatlari deb mahsulotni tayyorlash uchun jonli va moddiylashtirilgan mehnat sarflarining pul shaklidagi ifodasiga aytiladi. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayoni insonning unumli faoliyati yaoni jonli mehnat, mehnat buyumlari va mehnat vositalarining birikishidan iborat. SHuning uchun ishlab chiqarish xarajatlariga ishlab chiqarishdagi xodimlarining ish haqi , mahsulot qiymatiga kiritilgan xom-ashyo sarflari, amartizatsiya ajratmalari sarflari, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish bilan bog’liq bo’lgan va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini to’g’ri rejalashtirish va hisobga olish maqsadida ular ma’lum tartibda turkumlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar - deb mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlarga aytiladi. Bularga xom ashyo, asosiy materiallar, texnologik maqsadlarda sarflanadigan yoqilgi , elektr energiyasi, suv va ishlab chiqarishda ishlaydigan ishchilarning asosiy va qo’shimcha ish haqi, yangi mahsulot ishlab chiqarishni joriy qilish xarajatlari va mahsulotning yangi turlarini o’zlashtirish bilan bog’liq xarajatlar kiradi. Ustama xarajatlar - deb ishlab chiqarishni tashkil qilish, unga xizmat qilish va boshqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga aytiladi. TSex yoki uchastka doirasida kerakli mehnat sharoitini yaratish uchun qilingan boshqarish va xizmat ko’rsatish xarajatlariga- umumtsex, umumuchastka, ya’ni umumishlab chiqarish xarajatlari deyiladi . Bevosita (to’g’ri) xarajatlar - deb tegishli kalpqo’latsiya obe’ktining tannarxiga to’g’ridan - to’g’ri, ya’ni bevosita yoziladigan xarajatlarga aytiladi. Bunday xarajatlar mahsulotning ma’lum turini ishlab chiqarishga tegishli bo’lib ular ko’pincha shu mahsulotning miqdoriga bog’liq bo’ladi, ya’ni mahsulot miqdori oshgan sari bu xarajatlar ham oshib boradi. Bilvosita (egri) xarajatlar - bir vaqtning o’zida bir necha mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan va aniq mahsulotning tannarxiga bevosita yozib bo’lmaydigan xarajatlarga aytiladi. Bu xarajatlar hisobot davri (oy) mobaynida yig’ib taqsimlovchi schyotlarda hisobga olib boriladi., so’ngra oyning oxirida ayrim mahsulot yoki ob’ektning tannarxiga dastlab qabul qilingan shartli belgiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Lekin bilvosita (egri) xarajatlarni mahsulotlar o’rtasida taqsimlash ko’pincha mahsulot tannarxini aniq va to’g’ri hisoblab topishni qiyinlashtiradi. SHuning uchun ishlab chiqarish xarajatlari hisobini va tannarxini kalqo’lyatsiyalashni tashkil etishda iloji boricha bevosita (to’g’ri) xarajatlarning salmog’ini oshirib, bilvosita (egri) xarajatlar hissasini qisqartirish choralarini ko’rish lozim. Baozi bir xarajatlar ishlab chiqarilaetgan mahsulot miqdorining ko’payishi yoki kamayishiga qarab ko’payishi yoki kamayishi mumkin. Bunday xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlar deb aytiladi. Ularga xom ashyo, materiallar, texnologik maqsadlarga sarflanadigan yoqilg’i va elektr energiyasi, ishchilarning ish haqi, asbob uskunalarni saqlash va ularni ishlatish xarajatlari kiradi. Ba’zi bir xarajatlarning summasiga mahsulot miqdorining o’zgarishi deyarli taosir qilmaydi. Bunday xarajatlar shartli o’zgarmaydigan xarajatlar deb ataladi. Bularga umumishlab chiqarish xarajatlari kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari barcha xo’jalik sub’ektlari uchun qo’llanilishi majburiy bo’lgan quyidagi elementlar bo’yicha guruhlanadi. Bu elementlar Vazirlar mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan va amalga kiritlgan “Mahsulot (ish va xizmatlar) ni ishlab chiqarish, mahsulot (ish va xizmatlar) tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida” gi Nizomga muvofiq quyidagicha keltirilgan: Moddiy xarajatlar. Mehnatga xarajatlari. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari. Asosiy fondlar eskirishi. Boshqa xarajatlar. Elementli xarajatlar bir turdagi xarajatlardan iborat bo’ladi. Masalan: xom -ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, ish haqi, amartizatsiya, ijtimoiy sugurtaga ajratmalar va shu kabilar. Kompleks xarajatlar bir nechta turdan iborat bo’lib, ularga umumishlab chiqarish xarajatlari va shu kabilar kiradi. Ishlab chiqarishdagi xarajatlarga korxonaning tovar mahsulotini ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlari kirib, ular tayyorlangan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiladi. Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga mahsulotni xaridorga sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ya’ni mahsulotni ortish, jo’natish va boshqa sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar xamda transport xarajatlari ( agar u xaridor hisobiga qoplanmasa) kiradi. Mahsulot tannarxini kalpqo’lyatsiya qilish maqsadida korxona xarajatlari mahsulot turlari, buyurtmalar, tsexlar va ishlab chiqarish bo’limlari xamda kalqo’lyatsiya moddalari bo’yicha guruxlanadi. Xarajatlarni bunday umumlashtirish ishlab chiqarish xarajatlarining yig’ma hisobi deb ataladi. Mahsulotning haqiqiy tannarxini to’g’ri aniqlashda bu yig’ma hisobni korxonadagi ishlab chiqarishning xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilish muhim axamiyatga ega. Ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarish xarajatlarini guruxlab tartibga solish, xamda ularni ayrim mahsulotlar o’rtasida taqsimlash uchun yig’ib taqsimlovchi “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti xizmat qiladi. Xarajatlar to’g’risidagi Nizomga muvofiq xo’jalik sub’ektlarini boshqarish va xizmat ko’rsatish xarajatlari “Davr xarajatlari” schyotidagi to’rtta schyotlar asosida yuritiladi. Nizomga muvofiq bu xarajatlar oy davomida yig’ib boriladi va davr oxirida molyaviy natijalar hisobidan qoplanadi. Xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqi va shu kabi to’g’ri xarajatlar bevosita “ Asosiy ishlab chiqarish “ schyotining debetiga yoziladi, qolgan bilvosita xarajatlar avval yig’ib taqsimlovchi schyotlarda oy mobaynida yig’ilib, oyning oxirida kalpqo’lyatsiya schyotlariga, ya’ni “Asosiy ishlab chiqarish” va “YOrdamchi ishlab chiqarish” schyotlariga kompleks summalarida o’tkaziladi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 10-jurnal orderda yuritiladi. Bu jurnal orderining yuqori tomonidan gorizontaliga kreditlanuvchi schyotlar, chap tomonga esa vertikaliga debetlanuvchi schyotlar yoziladi.
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling