28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Download 0.95 Mb.
bet31/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Esda tuting


Buxgalteriya hisobi regstirlari o’zlarining tashqi ko’rinishiga ko’ra kitob, alohida varaqlar hamda ko’p ustunli kartochkalar shaklida bo’lishi mumkin.
oldindan belgilab qo’yishi kerak. Xujjatlarni tuzish yoki boshqa tashkilotlardan olish paytidan boshlab, ularni hisob registrlariga yozilgandan keyin, to arxivga saqlash uchun topshirishgacha bo’lgan davrda, ulardan operativ foydalanish va buxgalteriyaning ishlov jarayonidagi harakati xujjat oboroti deb ataladi. Korxona xo’jalik mablag’’lari va ularni tashkil topish manbaalarining holati sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalar natijasida ularning o’zgarishi hamda xo’jalik jarayonlari to’g’risidagi maolumotlar korxona buxgalteriyasidan tashqari boshqa bo’limlarga ham zarur. Shuning uchun xo’jalik mablag’’lari ularning tashkil topish manbaalari va xo’jalik jarayonlarini aks etirgan boshlang’ich hamda yig’ma xujjatlar har bir bo’lim uchun zarur bo’lganligi operatsiyalarni rasmiylashtirishdagi qatoiy tartibi, eng avvalo har bir xizmatchining xujjatlarini tuzish va ulardan foydalanishda, ularning shaxsiy javobgarligini xujjatlarning barcha instantsiyalaridan o’tishining aniq grafigini va muddatlarini ko’zda tutadi.
Kitob shaklidagi (bapzan bugalteriya daftarlari deb ham yuritiladi) hisob registrlari deb maxsus ravishda grafalangan varaqlarni muqovalab kitob shakliga keltirilgan ko’rinishiga aytiladi.
Xo’jalik operatsiyalarini qayd qilishdan oldin bugalteriya daftarlarining har bir sahifasi nomerlanadi. Oxirigi sahifasining orqasiga nomerlangan sahifalarning umumiy soni yozilib, bosh buxgalterning imzosi qo’yiladi va korxona muhri bilan muhrlanadi. Daftarning birinchi muqovasiga korxonaning nomi, qaysi schyot bo’yicha olib borilsa, uning nomi va registrning boshlangan sanasi yozib qo’yiladi. Buxgalteriya daftari xar yili 1 yanvardan boshlab ochiladi. Hozirgi paytda daftar shaklidagi buxgalteriya hisobining registrlari barcha korxona va tashkilotlarda eng ko’p qo’llaniladigan registrlardandir. Kitob shaklidagi hisob registrlari buxgalteriya xodimlari o’rtasida mehnat taqsimotini qiyinlashtiradi. SHuning uchun xo’jalik operatsiyalarini hisob registrlarida qayd qilish ishlarini avtomatizatsiyalash va hisob registrlaridan buxgalteriya xodimlarini foydalanishni osonlashtirish maqsadida alohida varaqalar yoki ko’p ustunli kartochkalar shaklidagi hisob registrlaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.
Alohida varaqlar shaklidagi hisob registrlari bosmaxonada zaruriy ko’rsatgichlari bosilgan qog’oz varaqalaridan iborat. Ular kartochkalardan ancha katta bo’lib papkalarda saqlanadi va bu papkalardan ularni kerak bo’lganda osonlik bilan olish mumkin.
Ko’p ustunli kartochkalar shaklidagi hisob registrlari ham bosma -xonada zarur ko’rsatgichlari bosilgan qalin qog’ozli alohida varaqlardan iborat. Ular har bir xo’jalik mablag’’larining turlari, ularning manbaalari bo’yicha alohida alohida ochiladi. Mazkur registrlar hisobot yili davomida kartochka deb ataluvchi maxsus yashikchalardan maolum bir tizimda joylashtirilib saqlanadi. Masalan, xo’jalik suboektlari omboridagi tovarlarning assortimenti navi, narxi bo’yicha, asosiy vositalarni turlari bo’yicha belgilanishiga qarab ochilgan kartochkalar. Hisob registrlari xo’jalik operatsiyalarini o’zida qayd qilish mazmuni va hajmiga ko’ra analitik va sintetik hisob registrlariga bo’linadi.
Analitik hisob registrlariga hisob oboektlari detallangan tarzda qayd qilinadi, ular analitik schyotlar bo’yicha ochiladi. Masalan, xom ashyolar bo’yicha ochilgan kartochkalar. Unda xom ashyolarning nomlari, navi, narxi, o’lchov birligi kabi ko’rsatgichlar aks etiriladi. Sintetik hisob registrlaridan xo’jalik opertsiyalari faqat pul hisobida umumlashtirilgan tarzda qayd qilinadi. Masalan, korxona sintetik schyotlari bo’yicha ochilgan bosh kitob.
Bunda har bir sintetik schyotning aktiv yoki passivligiga qarab yozilgan boshlang’ich qoldiq va xo’jalik operatsiyalari tapsiridagi o’zgarishlarni ushbu schyotlarda aks ettirish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlariga sodir etilgan xo’jalik operatsiyalarini yozish tartibini buxgalteriya hisobining shakllari belgilaydi. Bu masalalar keyingi bo’limlarda bayon qilinadi.
Buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtiriluvchi xujjatlar korxona buxgalteriyasida mutaxassislar tomonidan tuziladi.
Bunday xujjatlar buyruq beruvchi va dalil bo’luvchi xujjatlarning ma’lumotlariga ko’ra buxgalteriya hisobi schyotlariga yozuvni amalga oshirishga tayyorgarlik qilish, shuningdek, bu yozuvlarni osonlashtirish va tezlashtirish uchun tuziladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling