28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Download 0.95 Mb.
bet27/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Esda tuting
Buxgalteriya hisobi schyotlarini chuqurroq o’rganish va ulardan amaliyotda to’liqroq foydalanishga erishish uchun, ularning quyidagi ikki xususiyatiga ko’ra turkumlarga ajratish mumkin.

  1. Schyotlarning tayinlanishi va tuzilishiga qarab.

  2. Schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab.

ro’yxatidan ajratib olishga erishiladi.
Bunday turkumlarga ajratish schyotlardan xo’jalik operatsiyalarini yozish uchun, ulardan to’g’ri foydalanish hamda kerakli ko’rsatkichlarni olish uchun qaysi schyotlardan foydalanish zarurligini aniqlashga yordam beradi. Schyotlarning tayinlanishi va tuzilishiga qarab guruhlashni o’rganish buxgalteriya schyotlaridan xo’jalik operatsiyalarini ikkiyoqlama yozish usulini o’zlashtirishga katta yordam beradi.
Buxgalteriya schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishda, bu schyotlarda nimalar hisobga olinishi eotiborga olinadi. Bunday guruhlash xo’jalik mablag’’larini hamda ularni tashkil topish manbaalarini va xo’jalik jarayonining mavjudligi, holati va xarakatini tasvirlash. maolumotlar olish uchun qaysi schyotlardan foydalanish zarurligini ko’rsatadi.
SHuning uchun ham buxgalteriya schyotlarining ro’yxati schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishga asosan ishlab chiqariladi. Schyotlarni ikki xususiyatiga qarab turkumlarga ajratish, ularning tayinlanishi va iqtisodiy mazmunini to’la aks ettiradi. SHunday bo’lsa ham schyotlarning tayinlanishi va tuzilishiga qarab hamda iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishlarning o’ziga xos kamchiliklari bor. Bunday turkumlarga ajratishning asosiy kamchiliklaridan biri uning juda ham murakkabligidadir. SHuning uchun ham schyotlarni ikki xususiyatiga qarab turkumlarga ajratish, buxgalteriya hisobi nazariyasi bo’yicha mutaxassislarnigina baxramand qiladi xolos. Bu mutaxassislarning buxgalteriya hisobi umumiy nazariyasi bo’yicha schyotlarni turkumlarga ajratishni soddalashtirishga qaratilgan ilmiy ishlar olib borishlarini taqozo qiladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishning zaminida buxgalteriya hisobi oboektlarining xo’jalik mablag’’lariga, mablag’’larning manbaaiga va xo’jalik jarayoniga bo’linishi va bu schyotlarda nimalar hisobga olinishi yotadi. Agar buxgalteriya hisobida qo’llanilayotgan schyotlar iqtisodiy mazmuniga qarab guruhlashtirilsa, ular ikki guruhga, yaoni xo’jalik mablag’’lari va xo’jalik jarayonlarini hisobga oluvchi schyotlar hamda xo’jalik mablag’’larini tashkil topish manbaalarini hisobga oluvchi schyotlarga bo’linadi. Birinchi guruhdagi buxgalteriya schyotlari o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi.

  1. Xo’jalik mablag’’larini hisobga oluvchi schyotlar.

  2. Xo’jalik jarayonini hisobga oluvchi schyotlar.

Xo’jalik mablag’’larini hisobga oluvchi schyotlardan xo’jalik mablag’’larining xolati va xarakatini aks ettirish va ular ustidan nazorat olib borish uchun foydalaniladi. Bu schyotlarda korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarishda bo’ladigan isteomol, xo’jalik faoliyati natijasida olingan foyda summasining taqsimoti xo’jalik faoliyatidagi muomala munosabatlari va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan isteomollar hisobga olinadi. Firmalar va boshqa xo’jalik suboektlarining xo’jalik faoliyatidagi buxgalteriya hisobining oboektlari bo’lib, asosiy vositalar, ishlab chiqarish zaxiralari va ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Mazkur oboektlarning holati xarakati bilan bog’liq o’zgarishlar to’g’risida maolumotlarni etarlicha olish imkoniyati tug’iladi.
SHunday muhim maolumotlar cchyotlar ro’yxatining “Asosiy vositalar va boshqa Uzoq muddatli qo’yilmalar”, “Ishlab chiqarish zaxiralari va ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar” deb nomlangan bo’limlarga kirgan uch guruh schyotlari yordamida olinadi.
Xo’jalik faoliyati natijasida olingan foyda summasining taqsimoti tegishli umumlashtiruvchi ko’rsatkich bilan ta’minotlash uchun “Moliyaviy natijalar va foydaning ishlatilishi” deb nomlangan alohida bir guruh schyotlari ajratilgan. Bu schyotlar yordamida hisobot yili davomida korxonaning olgan foydasi hisobidan to’lovlar, dargumon qarzlar bo’yicha zaxiralar, kelgusi davr daromadlari va boshqa to’lovlar to’g’risidagi umumlashtiruvchi maolumotlar olinadi.
Korxonaning tayyor mahsuloti sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va boshqalar “Tayyor mahsulotlar va sotish” deb atalgan maxsus schyotlar guruhi yordamida hisobga olinadi.
Korxonaning mavjud pul mablag’’lari va ularning xarakati, qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar, yo’ldagi pullar va boshqalar haqida umumlashtiruvchi maolumotlar “Pul mablag’’lari” degan schyotlar guruhi yordamida hisobga olinadi.
Xo’jalik mablag’’larini tashkil topish manbaalarini hisobga oluvchi schyotlarda xo’jalik suboektlari mablag’’larining manbaalari, ularning oborotiga jalb qilingan mablag’’larning manbaalari va xo’jalik suboektlarining faoliyatidagi moliyaviy natijalar aks ettiriladi.
Xo’jalik suboektlari o’z mablag’’larining manbaalari bo’lib, xar xil kapital va zaxiralar hisoblanadi. Bu schyotlar guruhi yordamida mavjud kapital va zahiralar hamda ularning o’zgarishi, shuningdek ulardan foydalanishga doir ko’pgina umumlashtiruvchi maolumotlar olinadi.
Firmalar va boshqa suboektlar oborotiga jalb qilingan mablag’’larning manbaalarini aks ettirish uchun mo’ljallagan schyotlar buxgalteriya schyotlar ro’yxatida alohida guruhlarga ajratilgan, bu schyotlar yordamida banklarning qisqa muddatli kreditlari va uzoq muddatli kreditlari, mol etkazib beruvchi va pudratchilar hamda xar xil kreditorlar bilan hisob - kitoblar, qisqa muddatga olingan qarzlar va boshqalar to’g’risidagi maolumotlar umumlashtiriladi. Bu schyotlar “hisob -kitoblar” va “kreditlar” va mablag’’ bilan ta’minotlash” degan bo’limlarda guruhlashtirilgan.
Bundan ko’rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi schyotlarining iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratganda schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlar iqtisodiy mazmunining birligi asos qilinadi deb aytish mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy mazmuniga qarab bir guruhda keltirilgan schyotlarning tayinlanishi va tuzilishi xar xil bo’lishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi schyotlari o’zlarining tayinlanishi va tuzilishiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

  1. Asosiy schyotlar.

  2. Tartibga soluvchi schyotlar.

  3. Taqsimlovchi schyotlar.

  4. Kal’qo’lyatsiya schyotlari.

  5. Taqqoslovchi schyotlar.

  6. Balansdan tashqari schyotlar.

Asosiy schyotlar. Xo’jalik sub’ektlari xo’jalik faoliyatini olib borish uchun maolum miqdorda xo’jalik mablag’’lariga ega bo’lishi kerak. SHuning uchun buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyati ustidan nazorat qilish maqsadida xujjatlar yordamida korxona qanday mablag’’larga ega va ular qanday manbaalardan tashkil topganligi hamda hisob - kitob munosabatlari haqidagi maolumotlar bilan ta’minotlanishi kerak. Bunday maolumotlarni asosiy schyotlar yordamida olish mumkin. Asosiy schyotlar o’z navbatida korxonaning mehnat vositalari, aylanma mablag’’lar va muomala munosabatlarini hisobga olish schyotariga bo’linadi. Bu schyotlarning debetida xo’jalik mablag’’larining kelishi aks ettirilsa, kreditida esa xo’jalik mablag’’larining ketishi, agar muomala munosabatlari xususida bo’lsa, schyotlarning kreditida korxona haqining kamayishi, debetida esa korxona haqining ko’payishi aks ettiriladi. Mehnat vositalarining hisobi “asosiy vositalar” deb nomlangan sintetik schyotda olib boriladi. Aylanma mablag’’larni hisobga olish uchun “ Materiallar”, “Kam baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar”, “Tayyor mahsulotlar”, “Kassa”, “Hisob-kitob schyoti” va boshqa sintetik schyotlar xizmat qiladi.
Bu guruhga xo’jalik suboektlar mablag’’larining tashkil topish manbaalari, xolati va xarakatini hisobga oladigan schyotlar ham kiradi. Bu schyotlar asosiy passiv schyotlar bo’lib, ular o’z navbatida suboektlar o’z mablag’’larining manbaalari va jalb qilingan yoki qarzga olingan mablag’’larning manbaalarini hisobga olish uchun xizmat qiladigan schyotlar guruhiga bo’linadi. Xo’jalik suboektlari o’z mablag’’larining manbaalarini hisobga oladigan schyotlar guruhiga “Ustav kapitali”, “Zaxira kapitali”, “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)”, “Kelgusida qilinadigan xarajat va tulovlar zaxirasi”, “Dargumon qarzlar bo’yicha zaxiralar” kabi sintetik schyotlar kiradi.
Xo’jalik faoliyatiga jalb etilgan yoki qarzga olingan mablag’’lar manbaalarini hisobga oladigan schyotlar guruhiga “Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob - kitoblar”, “ Banklarning qisqa muddatli kreditlari”, “Banklarning o’zoq muddatli kreditlari”, “Qisqa muddatli qarzlar”, “Uzoq muddatli qarzlar” va boshqa sintetik schyotlar kiradi.
Bu schyotlar guruhining tayinlanishi va tuzilishi tushunarli bo’lishi uchun misol tariqasida “Ustav kapitali” schyotining nimaga xizmat qilishi va tuzilish bilan batafsil tanishib chiqamiz. Ustav kapitali qonun va taosis xujjatlari asosida tashkil qilinadi. Ustav kapitalining hajmi korxonaning taosis etish xujjatlarida ko’rsatilgan bo’ladi.
Muomala munosabatlarining hisobi “Bo’naklar bo’yicha hisob - kitoblar”, “Xaridor va byurtmachilar bilan hisob - kitoblar”, “Hisobdor shaxslar bilan hisob - kitoblar” va boshqa sintetik schyotlarda olib boriladi. Xo’jalik suboektlaridan barcha muhim maolumotlarni buxgalteriya schetlaridan olinadi.Balans hamda hisobotlar ham shu schetlarning maolumotlari asosida tuziladi.SHuning uchun ham bunday maolumotlarni olish maqsadida bir qator schetlarni tanlab olish zarurki, natijada xo’jalik faoliyati to’g’risidagi maolumotlarni olish imkoniyati bo’lsin.
SHu maqsadda va buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish uchun schetlar rejasi tuziladi.
Buxgalteriya hisobining schetlar rejasi deb, xo’jalik suboektlari buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etish uchun bir tizimga solingan schyotlar ketma-ketligiga aytiladi.
Xozirgi kunda Respublikamiz xo’jalik suboektlarini yangi schyotlar rejasiga o’tkazish uchun tayyorgarlik ishlari va chora tadbirlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasida ishlatishga tavsiya etilayotgan korxona moliyaviy xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi korxona faoliyatining hisobini amalga oshiradigan, standardlashtirilgan schyotlar rejasidir. Bu schyotlar rejasi mamlakatning oldingi schyotlar rejasidan shakli, tarkibi, shuningdek schyotlarning sanalanishi va joylashish tartibi bo’yicha farq qiladi.
Tavsiya etilayotgan schyotlar rejasi besh qism va uning tarkibida bo’lgan to’qqiz bo’limdan iborat bo’lib, ularning 1-8 bo’limlari-balans sxemasiga, 9 bo’limi-moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot sxemasiga mos ravishda joylashtirilgan. Schyotlar va subschyotlar korxonaning extiyojlariga mos ravishda yangi schyotlar bilan to’ldirishda egiluvchanlikni taminlaydigan, to’rt xonali sanalanishga ega (schyotlar rejasi klassifikatsiyasiga qarang).
YAngi schetlar rejasini kuyidagi kurinishda yakkol tasavvur kilish mumkin:

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling