28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- D-t “ Har xil muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar” schyotining “ Moddiy zararni qoplash bo’yicha hisob - kitoblar” subschyoti.
- D-t “Kassa” schyoti K-t “Byudjet bilan hisob kitoblar” schyoti 300 so’m
- 5910- « Kamomadlar va qimmatliklarga yetkazilgan zaradan yo’qotishlar
keltiramiz. Boshqa xo’jalik mablag’’lari va korxonalar bilan olib boriladigan hisob- kitoblardagi aniqlangan xatolar ham tegishli yo’llar bilan rasmiylashtiriladi. 5910- « Kamomadlar va qimmatliklarga yetkazilgan zaradan yo’qotishlar» schetida kamomadlar, o’g’irlashlar va qimmatliklarga etkazilagn zaradan yo’qotishlar summalari to’g’risidagi axborot aks ettiriladi. Bu tranzit hisobvaraqdir, chunki har qanday kamomadlar va qimmatliklarning buzilishi oxiroqibatida aniq aybdorlar hisobidan, yoki korxona xarajatlari hisobidan qoplanadi. Masalan, buzilish ( kamomad ) aniqlanishi chog’ida 5910 – hisobvaraq debetlanadi, so’ngra anna shu 5910 – hisobvaraqning krediti bo’yicha quyidagilarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi: a) tabiiy yo’qotish me’yorlaridan ortiq bo’lgan qimmatliklar kamomadi, muayyan aybdorlar aniqlangan hollarda qimmatliklarning buzilishi va o’g’irlanishidan ko’rilgan yo’qotishlarning: - etkazib beruvchilarning aybi bilan: D-t 4860 “ Dahvolar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar” K-t 5910 “Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan yo’qotishlar”; - korxonaning moddiy javobgar xodimi aybi bilan: D-t 4730 “Moddiy zarani qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari” K-t 5910 “Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan yo’qotishlar”; b) tabiiy chiqib ketish me’yorlaridan ortiq bo’lgan qimmatliklar kamomadi, buzilishlar va aniq aybdorlarning mavjud emasligi va sudlarning dahvolarni asosli emasligi oqibatida rad etishi hollarida o’g’irlangan qimatliklarning yo’qotilishining: D-t 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” K-t 5910 “Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan yo’qotishlar”; Ilgari kamomadlar va yo’qotishlar hisobi 84 - “Qimmatliklarning buzilishidan ko’rilgan kamomadlar va yo’qotishlar” hisobvarag’ida yuritilar edi. Mol – mulkninginvestitsiya qilinishi chog’ida aniqlangan kamomadlar va ortiqcha molk- mulkni buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish taritbi inventarlash chog’ida aniqlangan mol- mulk kamomadi va ortiqcha chiqishining buxgalteriya hisobi va uni soliqqa tortish tartibi to’g’risida Nizomga ( O’zR Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 6 aprelda 1334 – sonli bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) muvofiq belgilanadi. Mehnat kodeksi va yuqorida keltirilgan Nizomga ko’ra o’rtacha oylik ish haqi miqdorida ko’p bo’lmagan etkazilgan zarar summasining aybdor xodim hisobidan undirilishi ish beruvchining farmoyishi asosida amalga oshiriladi, Farmoyish zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechiqtirmasdan berilishi mumkin. Agar xodimdan undirilishi lozim bo’lgan etkazilgan zarar summasi uning o’rtacha oylik ish haqi miqdoridan ortiq bo’lsa yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir muddat nihoyasiga etgan bo’lsa undiruv sud tartibida amalga oshiriladi. Ish beruvchining mol- mulki o’g’irlanishi, kamomadi, qasddan yo’q qilinishi yoki qasddan buzilishi hollarida , shuningdek qolgan holatlarda, zarar miqdori mazkur hududda ishning vakolatli ( sud organlari ) tomonidan ko’rib chiqilishi kunidan amal qilgan bozor baholari bo’yicha hisob – kitob qilinadi. Inventarlash chog’ida aniqlangan obhektlarning bozor bahosini belgilash uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin: tayyorlov tashkilotlarida va ularning rasmiy dilerlaridan , tovar xom ashyo birjalaridan , ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan , bu kabi mahsulotlarga oid narxlar to’g’risidagi ma’lumotlardan; kamomadni ( ortiqchaliklarni ) aniqlash sanasiga va tegishli obhektning sotib olinishi sanasiga bo’lgan Markaziy bank kurslarining nisbati sifatida aniqlanadigan hisob- kitob koeffitsentini qo’llash yo’li bilan xarid qilish sanasiga bo’lgan ( buni tasdiqlovchi hujjatlar majud bo’lgan hollarda ) EAV dagi aktivlar qiymati to’g’risidagi ma’lumotlardan; tegishli davlat organlarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlardan; inventarlash o’tkazilishi davrida ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotlarda chop etilgan narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlardan; - tegishli obhektlarning qiymati to’g’risidagi ekspert xulosalaridan . Buxgalteriya hisobidan inventarlash chog’ida etishmayotgan asosiy vositalar obhektlarini ( ofis kreslosini ) aniqlashning aks ettirilishini misol asosida ko’rib chiqamiz. Bunda bizga mazkur obhektning bozor bahosini mahlum deb faraz qilamiz, u eskirishni hisobga olganda 160 ming so’mni tashkil qiladi. Obhektning g’olang’ich qiymati 150 ming so’m , hisoblangan amortizatsiya – 7,5 ming so’m. Kamomad chiqib ketishlar hisobvaraqlari orqali quyidagi tarzda aks ettiriladi: etishmayotgan asosiy vositalar obhekti boshlang’ich ( tiklash ) qiymatining hisobdan chiqarilishi: D-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” - 150 K-t 0140 “Mebelg’ va ofis jihozlari” – 150 etishmayotgan asosiy vositalar obhekti bo’yicha hisoblab yozilgan eskirishning hisobdan chiqarilishi: D-t 0240 “Mebelg’ va ofis jihozlarining eskirishi” – 7,5 K-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” – 7,5 etishmayotgan asosiy vositalar obhekti qoldiq qiymatiga: D-t 5910 “Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan yo’qotishlar” -142,5 K-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib – ketishi” – 142,5 Obhektning bozor bahosi ( undiriladigan summa ) etishmayotgan obhektning qoldiq qiymatidan yuqori bo’lib chiqqanligi sababli Nizomga binoan daromadni aks ettirish zarur: D-t 4730 “Xodimlarning moddiy zaran qoplash bo’yicha qarzlari” – 160; K-t 5910 “Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan yo’qotishlar” – 142,5 K-t 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” – 17,5 Olingan daromad summasi umumbelgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Agar baholash natijasida obhektning bozor bahosi ( undirish summasi ) etishmayotgan obhektning qoldiq qiymatidan past bo’lib chiqsa - masalan 140 ming so’m , ko’rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: D-t 4730 “Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo’yicha qarzlari” – 140 D-t 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” – 2,5 K-t“Kamomadlar va qimmatliklarga etkazilgan zarardan yo’qotishlar” 142,5 Ko’rilgan zarar summasi umumbelgilangan tartibda daromad ( foyda ) solig’ini hisoblab chiqarish chog’ida soliqqa tortish bazasini oshiradi. Ushbu asosiy vositalar obhektning 8510 “Mol – mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” hisobvarag’ida yig’ilgan qo’shimcha baholash summasi, chiqib ketishdan olingan foydani ko’paytiradi( yoki zararni kamaytiradi ). 5910 – hisobvaraqdan mol-mulkning kamomadi va buzilishidan ko’rilgan yo’qotishlarni qaerga kiritishda noaniqlik mavjud bo’lgan hollarda foydalanish tavsiya qilinadi. Agar kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish imkoniyati mavjud bo’lmasa, etishmayotgan obhektning hisobdan chiqarilishini 5910 – hisobvaraqni chetlab o’tgan holda, quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin: - etishmayotgan asosiy vositalar obhekti boshlang’ich ( tiklash) qiymatini hisobdan chiqarish: D-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib – ketishi” -150 K-t 0140 “Mebelg’ va ofis jihozlari” – 150; - etishmayotgan asosiy vositalar obhekti yuzasidan hisoblab yozilgan eskirishning hisobdan chiqarilishi: D-t 0240 “Mebelg’ va ofis jihozlarining eskirishi” – 7,5 K-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib – ketishi” -7,5; - ko’rilgan zarar summasining aks ettirlishi: D-t 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” –142,5 K-t 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” -142,5 Ko’rilgan zarar summasi daromad ( foyda ) solig’ini hisoblab chiqarish chog’ida soliqqa tortish bazasini oshiradi. Kamomad sumalarining aybdor yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: D-t pul mablag’’larini hisobga olish hisobvaraqlari ( aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining o’sha zahotiyoq kassaga yoki banka kirim qilinishi hollarida) D-t 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” ( aybdorning ish haqidan ushlab qolinishi hollarida) K-t 4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari” . Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling