28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
hisobi shakllari rivojlanishiga qisqacha tavsifnoma berib utiladi. Memorial-order - bu esda saqlovchi daftar hisoblanib, xo’jalik operatsiyalarini sodir bo’lgan paytda buxgalteriya hisobi schyotlari ko’rsatmasi asosida to’ldiriladi. Bu daftarga yozish xo’jalik operatsiyalarini xujjatlashtirish bosqichi hisoblanadi. Buxgalteriya provodkalari shu daftarda aks ettirib boriladi. Lekin, hisobning bu shakli maonaviy tomondan va o’zining rasmiylashtirish talablari bo’yicha ancha eskirgandir. Jurnal-xronologik registr hisoblanib, unda xo’jalik operatsiyalarini korespondentsiyalovchi schyotlar ko’rsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Bunda jurnalni yozish uchun boshlang’ich xujjat rolini memorial bajaradi. Jurnal-order asosiy hisob shakllaridan bo’lib, memorial - orderga qaraganda ancha afzalliklarga ega. Misol uchun jurnal-orderdagi yozuvlar memorial orderga qaraganda anchagina qisqargan ko’rinishga ega. Bundan tashqari jurnal-orderlar aniq sintetik schyotlar bilan bog’liqoperatsiyalarni aks ettirish uchun moslangan. Masalan, “Kassa” schyotining kredit tomonidagi operatsiyalar summalari 1 sonli jurnal-orderda aks ettiriladi. Xozirgi kunda Respublikamizdagi juda ko’p korxonalar va boshqa xo’jalik suboektlari buxgalteriya hisobining avtomatlashgan shakli - qog’ozsiz shakliga o’tmoqdalar. Bu shaklning afzalligi shundaki, buxgalteriya hisobining boshlang’iya xujjatlari va boshqa xujjatlar hisoblash texnikasi yordamida ishlov berilmoqda. Buxgalteriya hisobining xozirgi shakllarini qo’llash vaqtiga etib kelgunga qadar, uning rivojlanish tarixi ham yo’q emas. Kapitalni yig’iklashuvi va markazlashuvi operatsiyalar sonini o’sishiga va xo’jalik aloqalarini qiyinlashuviga sabab bo’lib, oqibat natijada takomillashgan buxgalteriya hisobi shakllaridan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Buxgalteriya hisobini “Frantsiya shakli” bir qancha vaqt qo’llanib kelingan. Bu “Fransuscha shakl” ni Matoe Dela Port 1685 yilda taoriflab berilgan . Bu shaklda umumiy jurnaldan kassa jurnali , sotilgan narsalar jurnali , olingan veksellar jurnali, berilgan veksellar jurnali va har xil operatsiyalar jurnali kabi jurnallar ajralib chiqarilgan. Bu davrga kelib (17-18 asrlar) buxgalteriya hisobining ratsional yangi shakli yana Italiyada vujudga keldi . Buxgalteriya hisobi “ YAngi Italiya shakli” ni F.Garatti 1688 yilda taoriflab bergan. Bu shaklni xarakterli tomoni, undagi hamma schyotlarning kollektiv va oddiy schyotlarga bo’linganligidir. Bosh daftar endi fakat sintetik schyot uchun xizmat qiladigan, analitik schyot uchun esa yordamchi daftarlardan foydalaniladigan bo’ldi. Daftarlarni yuritishning bunday usuli buxgalteriya hisobining operativligini taminlaydi. Buxgalteriya hisobi “yangi Italiya shakli” quydagi registirlardan : jurnal - xronologik hisobning asosiy daftari, bosh daftar - muntazam hisobning asosiy daftari va yordamchi daftarlaridan iboratdir. Har bir operatsiya ayrim moddasi bo’yicha jurnalga yozilgandan keyin, bosh daftar schyotlarga va tegishli yordamchi daftarlarga ko’chiriladi. Bu daftarlardagi yozuvlarga muvofiq xar oyda sintetik va analitik schyotlar bo’yicha aylanma videmostlar oyda bir marta bir-biriga solishtirilib tekshiriladi . Sintktik schyotlar bo’yicha oborot qaydnoma aylanma balansini uzida mujssamlashtirgan bo’lib ,bu maolumotlar koldik balansini tuzishuchun ma’lumot olinaligan manba bo’lib xizmat qiladi . "yangi Italiya shakli" ning “Vinetsiya shakli“ nisbatan o’ziga xos hususiyatlar mana shulardan iborat. Frantsiyada "YAngi Italiya shakli" ning ancha soddalashtirilgan shakli yaratildi va u buxgalteriya hisobining “Amerika shakli “deb ataldi. Buxgalteriya hisobining "Amerika shakli" da xronologik va muntazam “bosh jurnal registirida birga olib boriladi. Bu shaklni E.Degronij 1797 yilda taorif berilgan. Buxgalteriya hisobining “shaxmat shakli” bosh jurnalni tuzish yo’li bilan oborot qaydnomani olishni ta’minotlaydi. Bu shaklni D. Rossi 1889 yilda tariflab bergan. 20 asrning boshlariga kelib, buxgalteriya hisobining integral shakli vujudga keldi. Buxgalteriya hisobining “integral shakli” ni J. B. Dyumarshe 1914 yilda ta’riflab bergan. Tarixiy rivojlanish jarayonida buxgalteriya hisobi asta - sekin o’zgarib va rivojlanib borgan. Jamiyat rivojlanishining xar bir yangi bosqichida hisob registrlarining yangi turlari yuzaga kelgan va ularga qilinadigan yozuvlarning turlicha navbatlanishi hamda usullaridan foydalanilgan. Texnika vositalaridan u yoki bu usullardan foydalanish mazkur sharoitda yuzaga kelgan hisobdagi ro’yxatga olish tartibining xususiyatlarini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobining turli shakllarining paydo bo’lishiga olib keddi. Shundan kelib chiqib, buxgalteriya hisobining shakli deganda hisob registrlarining har xil shakllari, hisob ma’lumotlarini ishlash texnikasi va hisob yozuvlarini amalga oshirish usullarini birgalikda olib borish tartibini tushunish lozim, Registrlarning tashqi ko’rinishi, ularning tarkibiy tuzilishi, sintetik va taxliliy registrlarning o’zaro bog’lanishi, dastlabki hisob axborotini olishda va ishlashda, uning hisob registrlariga szishda qo’llaniladigan texnika - mana shularning barchasi buxgalteriya hisobining ayrim shakllarining xususiyatlarini beltilab beradi. Buxgalteriya hisobining paydo bo’lishidan boshlab o’tgan davr ichida uning shakllarida juda muhim o’zgarishlar sodir bo’lgan. Dastlabki rivojlanish bosqichida hisob korxonaning o’z egasi tomonidan mulklarning but saqlanishini ta’minlash, olingan daromadning miqdorini kuzatish va nazorat qilish maqsadida yuritilgan. Faqat ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan «hisob - kitob kiritish» - «beistisno topshiriladigan alohida agentlarning mustaqil funktsiyasiga» ajratiladi. SHu davrda buxgalteriya hisobining XV asrdagi adabiyotida birinchi marta yozilgan boshlang’ich shakllari yuzaga keladi. O’sha vaqtda registrlar daftarlardan iborat edi, muomilalar mulkdorning tilidan yoki uning esdalik daftari bilan xronologik registr Jurnal-ga yozshvdb, so’ngra sintetik registr bosh daftarga tarqatilar edi. Unda schyotlar uzoq muddatlar alohtsda yakka tartibda yuritilar, ya’ni ular hisobning har bir obhekti uchun alohida schyotlar (masalan, Un schyoti, savdogar Aliev-ning schyoti va shu kabilar) ochilar edi. Muayyan bir bosqichda umumlashtirilgan ko’rsatkichlarga ehtiyoj tug’ildi. O’shanda Bosh daftar sintetik hisob registriga aylandi va u bilan bir qatorda aloxida erdamchi daftarlarda tahliliy hisob yuritila boshladi. Faoliyat zhajmining o’sishi va jurnaldagi yozuvlarning ko’payib borish munosabati bilan, uni bir necha xronologik registrga - kassa jurnali, memorial va boshqalarga bo’lingan holda ishlatadi-gan bo’ldilar. Bosh daftar kundalik yozuvdan unga bir oylik yakuniy ezuvlar qilishga o’ta boshladilar. Bir oylik yozuvlarni tayyorlash uchun yig’ma jurnal kiritilgan bo’lib, unga yozuvlar kundalik jurnallardan tanlab olish yo’li bilan amalga oshirilar edi. Asta-sekin hujjatlar yozuvlarni asoslovchi sifatida qo’llanila boshlandi. Daftarlardan foydalanishga asoslangan buxgalteriya hisobining shakllari shunday yo’l bilan rivojlangan edi. Ulardan birinchisi dastlab Italiya olimi Luka Pacholi tomonidan 1494 yilda Venetsiyada chop etilgan «Schyotlar va yozuvlar to’g’risidagi traktat» kitobida yoritilgan edi. XX asrning boshida, yig’ik ishlab chiharishning rmvojlanishi sharoitida hisobga bo’lgan talab ancha oshdi. Daftarlar o’rniga registrlarning yangi shakllari - kartochkalar, bo’sh varaqlardan foydalanish o’rtaga tashlanib, ular hisob mehnatini engillashtirib, ilgari mehnatni juda ko’p talab qiladigan ishlarni soddalashtirish qayta - qayta ko’chirish ishlarini bartaraf qilish imkoniyatlarini va pirovardida hisobda mashinali texnikadan foydalanish sharoitlarini yaratib berdi. Tijorat hisob - kitobining rivojlanishi va chuqurlashishi sharoitida hisobning mazmuni, maqsadlari va vazifalari tubdan o’zgardi. 20 - yillardayoq hisob texnikasining qoloqligi ayon bo’lgan edi. Hisob xodimlari hisobning yangi, rivojlangan tuzilishiniig pullarini izlasha boxoladilar. Markazlashtirilgan boshqaruv sharoitida yaratilgan hisobning shakllaridan eng birinchisi 1925 -1927 yillarda keng tarqalgan kartochka - orderli shaklidir. Kartochka - orderli shaklida qayta - qayta ko’chirish ishlarini qisqartirish mahsadida nusxa ko’chirish (kopirovka) yordamida bir necha nusxada tuziladigan orderlar kiritilgan edi. Har bir muomalaga alohida order yozib berilib, unda ushbu jarayon bo’yicha buxgalteriya yozuvi va uning qisqacha izoxi berilar edi. Orderlar uch nusxada yozilib, ular keyinchalik sintetik hisobning xronologik yozuvi, tahliliy hisobning debetli va kreditli yozuvlari uchun ishlati-lardi. Bu narsa ushbu registrlardagi ezuvlarni orderlarning tegishli nusxalari joy - joyiga terib qo’yish bilan almashtirish imkonini berdi. Orderning birinchi nusxasi xronologik hisob registrlarida (kassa orderlari yoki memorial orderlarda) tikib qo’yilar, ikkinchi va uchinchisi esa - debetlanadigan va kreditlanadigan schyotlar tahliliy hisobining tegishli kartochkalarida taxlab qo’yilardi. Qayta - qayta ko’chirishni qisqartirishga intilish turlashtirilgan orderlarning (ularda muomalalarni izohlovchi matn oldindan bosib yozilgan -«Turlashtirilgan» bo’ladi) yaratalishiga olib keldi. Bosh kitobdagi yozuvlar yig’ma jurnal asosida qilinar edi. Lekin hisobning bu shakli amaliyotda keng qo’llanishga erisha olmadi, chunki har bir muomalaga alohida orderning berilishi mehnatni kamaytirish o’rniga, uning sarfini oshirib yubordi va hisob registrlarining tasviriyligini yomonlashtirib qo’ydi. SHularning hammasi hisobni ratsionalizatsiya qilishning boshqa yo’llarini izlashga majbur etdi. Kartochka - orderli shaklning negizida 1927 yilda birinchi marta savdo korxonalarida qo’llangan kartochkali - nusxa ko’chirish («kopiruchyot») shakli yaratildi. Bu shaklning negiziga tahliliy hdsob kartochkalariga va sintetik hisob jurnallariga bir vaqtning o’zida nusxa ko’chirish yo’li bnlan yozish tamoyili qo’yilgan edi. Bu hisobning shaklida har bir jurnal, odatga ko’ra, bir necha turdosh schyotyaar bo’yicha yozuvlarni o’z ichiga olar edi. Masalan, barcha hisob -kitob schyotlari bo’yicha yozuvlarni birlashtiruvchi jurnallar yuritilar edi. Hech qanday orderlar tuzilmas va barcha yozuvlar bevosita hujjatlarning o’zidan amalga oshirilar edi. Bu bilan hisob ma’lumotlarining hujjatlarda-giga to’g’ri kelishiga erishilar edi. Korrespondentsiyalantiruvchi schyotlarning raqamlari hujjatlarga maxsus muzf bilan qo’yilar edi. Bosh daftar kundalik nazorat vedomosti bilan almashtirilib, u har bir schyotining ichida u bilan korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bo’yicha yozuvlarni guruhlashni ta’minlar edi. Nazorat vedomostidagi yozuvlar har kunning oxirida jurnallardagi yozuvlar bilan solishtirib tekshirilar, bu esa o’z navbatida hisobotlarni tuzishni tezlashtirar, xatolarni topishga sarflanadigan vaqtni qisqartirar va kundalik balans tuzish imkoniyatini yaratar edi. Solishtirib tekshirish guruhlovchi varaqchalar yordamida - bir turda korrestgondentsiyalanuvchi schyotlardan aylanmalarni tanlab olish yo’li bilan olib borilar edi. Ular o’tgan kunda amalga oshirilgan yozuvlarni yakunlash uchun har bir jurnal bo’yicha tuzilar edi. Natijada, sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlarini keyinchalik solishtirib tekshirishga hojat qolmas edi, chunki tahliliy registrlar kartochkalaridagi yozuvlar ularni bir vaqtning o’zida tegishli jurnallarda nusxa ko’chirish yo’li bilan amalga oshirilar va ularning aylanma summalari kunda nazorat vedomosti bilan solish-tirib tekshirilar edi. SHu yo’l bilan nazorat vedomostining ko’rsatkichlari avtomatik tartibda kartochkalardagi yakuniy ma’lumotlar bilan mos keli-shiga erishilar edi. Tahliliy hisob bo’yicha aylanma vedomostlar aylanma yakunini va salg’doni hisoblab topish, qayd etish hamda ulardan tezkor kuzatuv maqsadida foydalanish uchungina mo’ljallangan edi. Kartochkali - nusxa ko’chirish shakli asosan savdo korxonalarida tarhal-gan edi. Uni sanoat korxonalarida joriy etish harakatlari sanoatdagi hisobning juda murakkabligi tufayli, garchi uning ayrim tamoyillari, jumladan, yozuvlardan nusxa ko’chirish usuli qo’llanilgan bo’lsa ham, yaxshi natija bera olmadi. Hozirgi paytda korxonalarda asosan buxgalteriya hisobining uch shakli: memorial - orderli, jurnal - orderli va PEHMdan foydalanishga asoslangan avtomatlashtirilgan shakllari g’hllanmoqda. Buxgalteriya hisobining memorial - order shakli 1928 - 1930 yillarda yuzaga kelgan. Uning yaratilishi hisobga asta - sekin eng ilg’or bo’lgan texnika vositalarini va oldinga shakllarning ilgor usullarini joriy etish yo’li bilan amalga oshiripgan. Natijada kartochka - orderli shakddan material-lar hisobining hujjampi - nusxa ko’chirish shakli deb nomlangan shakliga (dokumentno - kopirovalg’naya forma) o’tilgan. Tahliliy hisobning soddalashtirilishi bu tamoyillardan foydalanish bilan cheklanmadi. Masalan, materiallar hisobqda tahliliy hisob registrlari vaqt - vahti bilan dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan sortli aylanma (yoki salg’doli) vedomostlar bilan almashtirilgan. Xo’jalik jarayonlari haqida axborotni tezkor olish munosabati bilan sintetik hisob registrlarining tarkibiy tuzilishi ham o’zgartirildi. Bosh daftar nazorat vedomosti shaklida yuritiladigan bo’lib, unda har bir schyot shaxmat shaklida, uning korrespondentsiyasi ochib beriladigan bo’ddi. Aylanmalarni yig’ishning yangi shakli, ya’ni korrespondentsiyalanuvchi schyotlarni ochib berish yo’li bilan xo’jalik faoliyatini yaqqol tasvirlab beruvchi shaxmat aylanma vedomosti kiritildi. Bu shaklning mohiyati shundan iboratki, unda dastlabki hujjatlar asosvda memorialorderlar tuzilib, ularda maz-kur m(uomalalar bo’yicha korrespondentsiyalanuvchi schyotlar (muomalalar) ko’rsa-tiladi va shu bilan sintetik hisob yozuvlari tartibga keltiriladi. Memorial-order №31 200 yil yanvar uchun Ilova: 4 varaadan iborat. Har bir memorial-order uchun doimiy raqam belgilanib, bir turdagi muomalalar (kassa, hisob - kitob schyotlari, ish haqi va hokazo)ning xar bir turi uchun bir oyda bitta order tuzish imkoniyat beradi. Orderlarni ro’yxatga olish jurnalida - sintetik hisobning xronologik registri ro’yxatga olinadi. Ro’yxatga olish jurnali memorial-orderlarni navbat bilan raqamlash va ularni tikib qo’yilgan hujjatlar bilan birga-likda but saqlanishini nazorat qilish hamda keyinchalik sintetik schyotning tizimli registrida xo’jalik muomalalarining to’la - to’kis qamrab olingan-ligini tekshirish uchun mo’ljallangan. Bu tekshirish oyning oxirida ro’yxatga olish jurnalining yakunlarini sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomost-da hisoblab chiqiladigan barcha sintetik schyotlar bo’yicha alohida debetli va kreditli aylanma summalarining yakunlari bilan solishtirib, tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ro’yxatga olish vedomosti quyidagi ko’rinishga ega: Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling