28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Buxgalteriya hisobotining tuzish, topshirish va tasdiqlash tartiblari


Download 0.95 Mb.
bet46/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Buxgalteriya hisobotining tuzish, topshirish va tasdiqlash tartiblari.
Moliyaviy hisobotning hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bo’lgan yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi. Buxgalteriya hisoboti va balanslari tuzilganda quyidagilar ta’minlanishi kerak: — hisobot davri ichida amalga oshirilgan xamma xo’jalik operatsiyalari va pul mablag’lari, asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar va hisob-kitoblarning to’liq aks ettiriladi.— analitik hisob ma’lumotlarining xar oyning birinchi sanasyga bo’lgan tegishli sintetik schyotning oborot va qoldi summalari bilan bir xilligi.
Buxgalteriya hisoboti va balanslari ko’rsatkichlarini sintetik va analitik hisob ma’lumotlari bilan bir xilligi. Yuqorida keltirilgan asosiy shartlarni bajarmasdan tuzilgan buxgalteriya xisoboti va balanslari noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin hisobotning to’g’ri va real tuzilishini to’la ta’minlay oladigan zarur ishlar qilinishi shart. Joriy buxgalteriya hisobot ma’lumotlarini umumlashtirish, sintetik va analitik schyotlarda xamma xo’jalik operatsiyalarini aks ettirish, sintetik xamda analitik schyotlar bo’yicha oborot vedomostlarini tuzish va ular bo’yicha qoldiq summalarini aniqlash va boshqa ishlar buxgalteriya hisoboti tuzishdan avval bajarilgan bo’lishi kerak. Yillik buxgalteriya hisoboti tuzishdan avval korxonaning xo’jalik mablag’lari va hisobkitoblarni qayta ro’yxatga olish zarur. Buxgalteriya hisobotini tuzish uchun buxgalteriya xodimlari tomonidan bir qancha qo’shimcha hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning buxgalteriya hisoboti mustaqil auditor tashkiloti tomonidan tekshirib chiqilgan bo’lishi kerak. Korxonalar moliyaviy hisobotining ishonchliligi va xolisligi xamda amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligiga ishonish uchun buxgalteriya hisobotini rasmiy tekshirish audit deb ataladi. Korxonaning moliyaviy faoliyatini nazorat qiluvchi kishi — taftishchi esa auditor deb ataladi. Korxonaning moliyaviy hisobotini va xo’jalik faoliyatini tekshirish ishlarini iqtisodiy ekspertiza qilish va ularga hisob va moliyaviy masalalar bo’yicha tegishli maslaxatlar beruvchi xamda yuqoridagi ishlarni mahlum haq uchun bajaruvchi tashkilot auditor tashkiloti yoki auditor xizmati deb ataladi. Auditlar tashki audit va ichki auditlarga bo’linadi. qozir korxonaning moliyaviy hisobotini ishonchli va xolisligini tasdiklash, daromad va xarajatlarni ekspertiza qilish, faoliyatini iqtisodiy samaradorligini oshirishga doir bir-biridan fark qiladigan echimlarni ishlab chiqish, kilgan xarajatlarning natijalariga baxo berish xamda ularda jumxuriyatda qabul qilingan iqtisodiy tartib va tegishli konunlarning bajarilishini tekshiradigan mustaqil xo’jalik hisobida turuvchi auditor tashkilotlar tizimini yaratish kerak. Bu tashkilotlar korxonaning ishlarini shartnoma asosida bajaradi. \ar bir korxona qaysi auditor tashkilotni chakirishini o’zi aniqlaydi. Auditor tashkilotlar xech qanday vazirlik yoki idoralar koshida to’zilmasligi kerak. Bu esa auditor tashkilotlarni haqikatda mustaqil bo’lishini ta’minlaydi, korxona moliyaviy hisobotini haqikiyligini nazorat qilish va olingan soliqning to’g’ri bo’lishiga erishish imkoni tug’diradi Auditor tashkilotlar shartnoma asosida korxona moliya hisobotini tekshirganda taftishchilar buxgalteriya balansi xar bir moddasida va moliyaviy natijalar hisobotida ko’rsatilgan ma’lumotlarni ishonchligini tasdiklash uchun korxona mablarlari, moqdiy zaxiralari va qarzdorlarning majbuliklari, kayd qilingan ma’lumotlar. haqikatga to’g’ri kelishi, buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya hisobotini tuzish qoidalarining qanday bajarilganligini va boshqa larni topshirib chiqadi. Moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarning birortasini xolisona ekanligiga taftishchi ishonch xosil kqilmasa u xolda taftishchi (auditor) korxonaning moliyaviy natijalariga kafolat bermaydi. Agar korxona moliyaviy natijalarini to’g’ri ekanligini isbotlovchi qo’shimcha xujjatlarni taftishchi (auditor)ga ko’rsatsa, u xolda moliyaviy hisobotning ishonchsiz deb topilgan ma’lumotlari qayta kurib chiqiladi va ular haqitsiy ekanligiga ishonch x.osil qilinsa, taftishchi korxonaning moliyaviy natijalarini ishonchli ekanligiga kafillik beradi. Auditning mukammalligi, audit o’tkazish uchun sarflangan xarajatlari va audit natijasining samaradorligi auditning asosiy ko’rsatkichlari hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda ichki auditor xizmatlarini tashkil qilish kerak. Ichki auditor xizmat dimlari korxona ichida korxonaning bir qismi uning ikkinchi qismiga qilayotgan xizmatlarining sifatli bo’lishini, biror xizmatni o’zi bajargani samaralimi yoki korxonaning boshqa kvsmi bajargani samaralimi yoki shu xizmatni bajarmasdan utishi mumkinmi degan savallarga javab berish, qilinayotgan tadbir korxonaga yuqori samara berish yoki bermasligini aniqlash kabi ishlarni bajaradi. SHular asosida qilingan takliflarni amalga oshirish natijasida korxona kurishi mumkin bo’lgan zararni oldi olinadi va ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli o’zgartishlar qilinadi. Ichki auditor xizmatida ishlovchi taftishchilarning kasbi tashki auditor xizmatida ishlari kasbidan fark qiladi. Nazorat va taftish ishlar natijasida korxonadagi muammolarni echish va unda kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni echish bo’yicha tegishli tafliflar ishlab chiqiladi. Ichki auditda nimalarni tekshirish, nazorat qilish, qaysi tadbirlarni qanday Samara berishligini aniqlash, qanday tadbir-choralar kurish kerakligini korxona va uning bo’linmalarining boshliklari, bosh buxgalteri va moliyachilari belgilaydi.
Davriy moliyaviy hisoboti va balanslari kelgusi oyning 15- sanasidan kechiqmasdan, yillik buxgalteriya hisoboti va balansalari esa kelgusi yilning 1- martidan kechiqmasdan quydagilargatakdim etiladi: a) soliq organlariga ; mulk egalariga (davlat mulkini boshqa rish topshirilgan idoralarga; tegishli tahsis xujjatlariga kura tahsis etuvchilargaqatnashuvchilarga); b) davlat soliq inspektsiyasining idorasiga; v) bank muassasalariga (kredit shartnomalariga kura). hisobotni qabul qiluvchi tashkilot joylashgan shaxardan boshqa joyda joylashgan korxona uchun davriy yoki yillik buxgalteriya hisoboti va balanslarini pochta orkali xam berib yuborish mumkin. Bunda buxgalteriya hisoboti va balanslari solingan xatni konvertiga qo’yilgan pochtaning shtampelida ko’rsatilgan sana korxonaning buxgalteriya hisoboti va balansi topshirilgan sana deb qabul qilinadi. Davriy va yillik buxgalteriya hisoboti' va balanslarini yuqorida ko’rsatilgan muddatda topshirmagan korxona raxbari va bosh buxgalteri tegishli tartibda javab berishadi. YUqori tashkilotga topshiriladigan buxgalteriya hisoboti va balanslarida korxona raxbari va bosh buxgalteri x,amda hisobot shakllarida imzosi talab qilingan boshqa mansabdor shaxslarning imzolari chekilgan bo’lishi kerak. dolgan tashkilotlarga buxgalteriya hisoboti va balanslarining korxona bosh buxgalteriya tomonidan tasdiklangan kuchirmalari topshiriladi. Markazlashtirilgan buxgalteriya xizmat qiladigan korxonaning buxgalteriya hisoboti va balanslari korxona raxbari va Markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Ular ushbu shakllardagi ma’lumotlarning to’g’ri ligiga javabgardirlar. Ongli ravishda noto’g’ri ma’lumot bergan korxona raxbari va bosh buxgalteri xamda hisobot shakllariga imzo chekkan mansabdor shaxslar konun bo’yicha javab beradilar. Davlat korxonalarining yillik buxgalteriya hisoboti tasdiklanganda yuqori tashkilot muayyan korxonaning 1 yanvarga tuzilgan buxgalteriya balansining reformasini qam beradi. Bunda korxonaning hisobot yilida olgan foyda summasini taksimlash vedomosti xam tasdiklanadi. SHu yillik buxgalteriya hisoboti va balansiga yozilgan korxona raxbarining tushuntirish xati asosida yuqori tashkilotda shu korxonaning ishlab chiqarish-xo’jalik va moliyaviy faoliyati taxlil qilinadi xamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatiga baxo beriladi, sungra bu hisobot tasdiklanadi. SHu bilan birga hisobotning sifatiga va korxonada hisob ishlarining qanday yuqlga qo’yilganligiga baqo beriladi. YUqori tashkilotning qaroriga asosan yillik hisobotning reformatsiyasi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi va maxsus fondlarga ajratmalar va xokazolarga qo’shimcha hisoblashlar xamda hisoblangan summadan kamaytirishlar buxgalteriya schyotlariga yoziladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling