28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Hisobotningning xususiyatlari


Download 0.95 Mb.
bet44/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Hisobotningning xususiyatlari.
Hisobot majburiylik, ommaviylik va uning mazmunining davlat tomonidan bir xilda o’rnatilganligi kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Buxgalteriya hisoboti va balansi haqidagi Nizomda davriy va yillik buxgalteriya balansi va hisobotini tuzishning majburiyligi o’rnatilgan. Shunga asosan xar bir korxona belgilangan muddatlarda davriy va yillik hisobot va buxgalteriya balansini to’zib tegishli tashkilotlarga topshiradilar. Buxgalteriya hisoboti va balansi haqidagi Nizomda buxgalteriya balansida moddiy qiymatliklarni haqiqiy tannarxda ko’rsatish talab qilingan. Bu nizomda buxgalteriya balansi boshqa moddalarning qanday baxolanishi qoidalari xam ko’rsatilgan. Davriy va yillik hisobot shakllarini va ularni qanday to’ldirish, qaysi moddalarida qanday mazmundagi ma’lumotlarni ko’rsatish to’g’risidagi qoidalar tegishli davlat idoralari tomonidan ishlab chiqiladi. Shu qoidaga asosan xamma korxonalar hisobot shakllarini to’ldiradilar. Xamma korxonalar uchun umumiy bo’lgan hisobot shakllarini ishlab chiqish va ularning moddalaridagi ma’lumotlar mazmunining bir xilligiga erishish korxonalar hisobotining ma’lumotlarini noxiya, viloyat, o’lka, muxtor jumxuriyatlar xalq xo’jaligi tarmoqlari va butun xalq xo’jaligi bo’yicha umumlashtirishni ta’minlaydi. Bu esa hisobot mazmunining davlat tomonidan qat’iy bir xilda o’rnatilishi natijasida erishiladi. Korxonaning davriy va yillik hisobot shakllari operativ-texnika, statistika va buxgalteriya hisoblari ma’lumotlari asosida to’ldirilishi mamlakatda hisob va statistikaning yagona tizimi o’rnatilganligidan dalolat beradi. Xisobot shaklarini to’ldirishda xalq xo’jaligi hisobining ma’lumotlardan to’la foydalanish hisobotning xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Korxonalarning hisoboti oldiga yuqorida aytilgan xususiyatlariga mos xolda bir necha muxim talablar qo’yilgan. Birinchi talab, Buxgalteriya hisobotining xamma kurslari to’g’ri ma’lumotlarga asoslangan bo’lishi shart. Demak, hisobot tuzilgan vaqtda korxonaning moliyaviy axvolini to’g’ri aks ettirishi, xo’jalik faoliyati natijalarini aniq ko’rsatishi zarur. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan hisobot ma’lumotlar solishtirib ko’rilganda ko’rsatkichlar mos kelishi shart. Korxonaning xo’jalik faoliyatiga operativ raxbarlik o’rnatish uchun buxgalteriya hisobotining, oldiga qo’yilgan ikkinchi muxim talab uning belgilangan vaqtda tuzilib, talab qilingan idoralarga topshirilishidir. Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlari odatda bu hisobot; foydalanuvchilarning talablariga qarab uyushtirilishi kerak. Bu hisobotlarning foydalanuvchilari bo’lib, bozor iqtisodi sharoitida, investarlar, kreditorlar, mol etkazib beruvchilar korxonaning xodimlari, korxona joylashgan mamlakatning hukumati, axoli va boshqalar hisoblanadi. Mamlakatda xamma korxonalar (qaysi mulkchilikka asoslanganligidan kat’iy nazar) buxgalteriya hisobotini davri, soliq inspektsiyasiga topshiradi, davlat korxonalari esa yana o’zining yuqori davlat idorasiga topshiradi.
Shu o’rinda aytish kerakki, "Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish to’g’sida"gi standart O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’sida"gi qonuni 5moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan. (O’R AV 11.07.2006 y. 879-2-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i taxriridagi band) o’zgartirish kiritilgan.
Jamoat mulkchiligiga asoslangan korxonalar shu korxonaning mulkini egalariga xamda kredit shartnomasiga ko’ra korxonaga kreditlar bergan bank muassasalariga xam buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti topshiriladi. Uchinchi talab buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlari bilan bog’liqligini ta’minlashdir. Agar ko’rsatkichlar bir-biriga bog’langan bo’lmasa, unda joriy rejaning bajarilishi to’g’risidagi va shunga mos xolda kelgusi davrda tuziladigan reja ko’rsatkichlari to’g’ri sida xam haqiqatga to’g’ri kelmaydigan ma’lumotlar kelib chiqadi. To’rtinchi talab bir nechta bir xil soxadagi korxonalar xisobotlari ko’rsatkichlarining iqtisodiy mazmuni va shaklining bir xilda bo’lishidir. Bu talab bir xil tarmoqlari korxonalari xo’jalik faoliyatini iqtisodiy taxlil qilish uning natijalarini aniqlash va yuqori tashkilotning yig’ma hisobotini tuzishni engillashtirishga erishishini ta’minlaydi. Beshinchi talab korxonalarning hisoboti qisqa va faqat zarur ko’rsatkichlarnigina o’zida gavdalashtirishdan iborat. Bu narsa o’z navbatida ustama xarajatlarni kamaytirish, hisobotini tuzishni tezlashtirish va keraksiz ma’lumotlar bilan hisob ishlarini qiyinlashtirmaslikni ta’minlaydi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling