28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich xujjatlardagi xatolarni to’g’rilash tartibi Boshlang’ich xujjatlarning matni yoki rakamli ma’lum» larini tozalash va tuzatish mumkin emas. 1qulda tuzilgan
Stornolash yozuvlari (buxgalteriya tilida “storno” deyiladi) qo’shimcha manfiy sonlarni qizil siyohda yozishdan iborat. (Buxgalteriya hisobida faqat ana shu hollarda qizil siyohdan foydalaniladi)
Moliyaviy hisobotlar va buxgalteriya balansida hech qanday o’chirib yoki tuzatib yozishlar bo’lmasligi kerak. Xatolar tuzatilganda tegishli qaydlar qilinadi, ularni hisobot va balansni imzolagan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko’rsatadilar. Joriy yildagi va o’tgan yildagi hisobot maolumotlarini tuzatish (hisobot tasdiqlagandan keyin) maolumotlar buzilganini aniqlangan davr uchun tuzilgan hisobotda amal ga oshiriladi. Bunda tuzatishlar hisobot davriga (chorak, yil boshidan boshlab) ma’lumotlargagina kiritiladi. Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish mobaynida xarajatlarni kiritish sababli daromadlarni yashirish yoki moliyaviy natijalarni pasaytirish hollari aniqlanganda, o’tgan yil uchun buxgalteriya hisobi va hisobotiga tuzatishlar kiritilmaydi, balki hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydasi sifatida joriy yilda aks ettiriladi. Boshlang’ich xujjatlardagi xatolarni to’g’rilash tartibi Boshlang’ich xujjatlarning matni yoki rakamli ma’lum» larini tozalash va tuzatish mumkin emas. 1qulda tuzilgan boshlang’ich xujjatlarda (kassa va bank xujjatlaridan tashkari) qo’yilgan xatolar Quyidagi tartibda to’g’ri lanadi. Noto’g’ri matn yoki summa ustidan chiziladi, uning.tepasiga to’g’ri matn yoki summa yoziladi, yoniga «to’g’ri langan» degan yozuv qilinadi, xujjatga avval imzo chekkan shaxslar yana imzo chekishib to’g’ri lashni tasdiklashadi va to’g’ri lash amalga oshirilgan sana (kun, oy, yil) yozib qo’yiladi. Kirim va chiqim kassa orderlarida xech qanday o’zgarish qilish mumkin emas. Buxgalteriya hisobi registriga yozilgan xo’jalik operatsiyalarini aks ettirib turuvchi xamma yozuvlar oy yoki yilning oxirida jamlanadi. Bunday jamlashdan maksad umumiy oborot summani va xamma schyotlar bo’yicha oy yoki yil oxiriga qoldiqni aniqlashdir. Bundan tashkari, u aniqlanilgan jami summalarning yozuvlarini solishtirib kurish va yo’l qo’yilgan xatolarni topish uchun xam zarurdir. Ezuvlarni solishtirib kurish uchun sintetik schyotlar bo’yicha bosh daftarning jami ma’lumotlariga muvofiq aylanma balansi tuziladi, kelib chiqkan debet va kredit oborotlarining umumiy summasi ro’yxatga olish jurnali bo’yicha oborot summalarining jami yoki, agar hisob mexanizatsiya vositalari bilan yuritilayotgan bo’lsa, u paytda nazorat sonlar ro’yxati summasining jami bilan solishtiriladi. Buxgalteriya hisobi registrida yozuvlarning to’g’ri amalga oshirilishini ta’minlash uchun aylanma balansning debet va kredit summalari teng kelishi kerak. Bu tenglik xronologik yozuv (ro’yxatga olish jurnali) ma’lumotlarining muntazam yozuv (bosh daftar) ma’lumotiga to’g’ri kelishidan kedib chiqadi. Buxgalteriya hisobi registrlarida aniqlangan xatoliklar belgilangan tartibga muvofiqq kechiqtirilmasdan to’zatilishi. zarur. Xatoni to’zatishning uchta asosiy usuli bor: «Korrektura» usuli. «Qizil storno» usuli. «Qo’shimcha provodka» usuli. «Korrektura» usulining moxiyati shundan iboratki, bunda noto’g’ri yozuvning ustidan (chizikning tagidagi sonni ukish oson bulsin uchun) yupka qilib chiziladi, uning yoniga yoki tepasiga to’g’ri yozuv yozyladi va bu to’g’ri da muayyan xujjatning tagida hisobning shu fxasiga javabgar shaxe yoki bosh buxgalter tomonidan izox beriladi va uning imzosi bilan tasdiklanadi. Agar ko’p sonli yozuv bo’lib, shundan bir qismida xato bo’lsa xam, baribir xammasining ustidan chizilib, yuqoridagi usulda to’g’rilanadi. «Korrektura» usulidan xatolik schyotlarning korrespondentsiyasiga borlik bo’lmasa yoki hisob yozuvlarining jami summalarida aks ettirib qo’yilmagan bo’lsagina foydalaniladi. Masalan, «Asosiy vositalar » schyotining debetiga 10030 sum o’rniga, 10000 sum qilib xato yozib qo’yilgan bo’lsa, u xolda 10000 sumning ustidan yupka qilib chizik tortiladi va uning ustiga 10030 sum yozilib, chislo xamda bosh buxgalterning imzosi qo’yiladi. Agar xatolik schyotlarning korrespondentsiyasi bilan borlik bo’lsa (noto’g’ri provodka berilgan bo’lsa) xamda bir nechta joyga jami summa yozib qo’yilgan bo’lsa, unda bu xatoni korrektura usuli bilan to’g’rilash mumkin emas, chunki bunda ko’p joyni uchirib to’g’ri lash zarur bo’ladi, shuning uchun xam «kizil storno» usulidan foydalaniladi. «Kizil storno» usulining moxiyati shundan iboratki, bunda xato yozuv kizil siyox bilan xuddi o’zidek qilib yana bir marta yozyladi, undan keyin to’g’ri yozuv avvalgidek tegishli registrda aks ettiriladi. Schyot bo’yicha jami oborot topilayotganda kizil, siyox bilan yozilgan summa umumiy yig’indidan ayig’ib tashlanadi. Talabalarga tushunarli bo’lishi uchun noto’g’ri yozuvning «kizil storno» usulida schyotlarda tutrilanishiga quyidagi misolni keltiramiz: Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling