28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


-Aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan kamomad summasini undirishning buxgalteriya hisobi


Download 0.95 Mb.
bet37/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

-Aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan kamomad summasini undirishning buxgalteriya hisobi

  • Aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan kamomad summasini undirish buxgalteriya hisobida kuyidagicha aks ettiriladi:

debet pul mablag’’larini hisobga oluvchi schyotlar (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) yoki mexnat xaki bo’yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700) yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar; kredit 4730 «Moddiy zararni koplash bo’yicha xodimlarning qarzi» schyoti;
Eslab qoling!
Buxgalteriya hisobi registrlari deb boshlang’ich va yig’ma xujjatlarda aks ettirilgan xo’jalik mablag’lari va xo’jalik jarayonini tartibi va harakatini ularning tashkil topish manbaalari, iqtisodiy mazmuniga muvofiq guruhlarga bo’lib ro’yxatga olish uchun mo’ljallangan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi.

Esda tuting


Tashqi ko’rinishiga ko’ra 3 xil buxgalteriya hisobi registrlari majud bo’lib, ular daftarlar, kartochkalar va varaqlar hamda vedomostlardan iborat.
YOzuv turlariga ko’ra xronologik uslubi va kombinatsiyalashtirilgan registrlar farqlanadi. Xronologik hisob registrlari xo’jalik operatsiyalarini xronologik tartibda, yaoni operatsiyani qisqacha mazmuni, bo’lgan vaqti va summasini yozib borish uchun mo’ljalangan. Statistik hisob registrlari operatsiyalarni sistematik tarzda yozish uchun mo’ljallangan. Bunda operatsiyalar maolum belgilarga ko’ra guruhlangan holda aks ettiriladi.
Kombinatsiyalashgan registrlarda xronologik yozuv sistematik yozuv bilan qo’shilgan holda aks ettiriladi. Ularni qo’llash ishlarini ixchamlashtiradi, hisobda qo’llaniladigan registrlar sonini kamaytiradi.
Registrlar ulardan olinayotgan maolumotlar hajmiga ko’ra sintetik va analitik turlariga bo’linadi.
Sintetik registrlar sintetik hisob maolumotlarini aks ettiradi. Analitik registrlardan analitik hisob yuritishda foydalaniladi.
Korxona mablag’lrining but saqlanishi debitor qarzlarni o’z vaqtida qaytarib olish va ho’jasizlikning oldini olish, shuningdek buxgalteriya hisobotlari va balansning o’z vaqtida, to’liq holda yozilishiga bog’liqdir.
Bu jadvallar buxgalteriya hisobida schyotlarning aloqasi va schyotlardagi yozuvlarining iqtisodiy mazmunini hisobiga olgan holda ishlab chiqiladi. Hisobi registrlari tashqi ko’rinish yozuvlarining turlari va ma’lumot hajmiga ko’ra turkumlanadi.

Buxgalteriya hisobi registrlariga xo’jalik operatsiyalarini yozish, korxonalar xo’jalik-moliyaviy faoliyatining u yoki bu tomonini aks ettiruvchi boshlang’ich xujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Buxgalteriyada qo’llaniladigan hisob registrlarining tuzilishi, ularning o’zaro bog’liqligi xo’jalik operatsiyalarni ularda ketma-ket yozish usullari hamda hisobda qo’llaniladigan texnik vositalar buxgalteriya hisobining shaklini belgilaydi. Bunda korxona, tashkilot, muassasa buxgalteriya hisobida sodir bo’lgan har xil operatsiyalarni o’z vaqtida, to’g’ri, izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir tizimida jamlanishini ta’minotlaydi.
Buxgalteriya hisob shakllari buxgalteriya hisobini yuritish texnikasi va uni tashkil qilish borgan sari rivojlanib, o’zgarib kelmoqda. Buxgalteriya hisobining qator shakllari mavjud. Ular quyidagi asosiy printsiplarga ko’ra bir biridan farq qiladi.

  1. Registrlarning soni, vazifalari va tashqi ko’rinishiga ko’ra.

  2. Registrlarda xronologik va sistematik yozuvlar, sintetik va anali tik hisobni qo’shib olib borish tartibiga ko’ra.

  3. Registrlarga yozuvlarni yozish tartibi va texnikasiga ko’ra.

Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli uzoq vaqt hisobda asosiy o’rinni egallab kelgan. Hisobning bu shakli xar tomonlama tekshirilgan dastlabki xujjat asosida yoziladi.
Keyinchalik memorial-orderlarning raqamlari va summalari operatsiyalarni ro’yxat qilish jurnaliga (xronologik registr tartibi bilan) yozib boriladi.
Ro’yxatga olish jurnali memorial-orderlarning saqlanishi ustida va tartib bilan hamda raqamlanishini nazorat qilib turish uchun shuningdek, oy davomida bajarilgan barcha xo’jalik opratsiyalarining umumiy summasini aniqlash uchun xizmat qiladi. Undan tashqari, har oyning oxirida jurnaldagi xo’jalik operatsiyalarining jami summasi sintetik schyotlar bo’yicha oy oxiriga tuzilgan oborot vedomostlarining umumiy summasi bilan solishtiriladi. Bu usulda sintetik schyot bo’yicha muntazam registrlarda aks ettirilgan xo’jalik operatsiyalarining to’plamini tekshirish xamda ikki yoqlama yozish qoidasiga qatoiyan rioya qilinganligini tekshirish mumkin.
Ro’yxatga olingan memorial-orderdan sintetik schyotlar bo’yicha muntazam registr bosh daftarga operatsiyalarni yozish uchun foydalaniladi. Unda har bir sintetik schyot uchun alohida varaq ajratiladi.
Memorial-order shakli qo’llaniladigan korxona, tashkilot va muassasalarda analitik hisob registrlari sifatida kartochkalar yuritiladi. Memorial-orderga ilova qilinadigan kartochkalardagi yozuvlar boshlang’ich va yig’ma xujjatlarga asoslangan bo’ladi. Hisobot oyining oxirida analitik schyot registrlari bo’yicha jami summa yigiladi va shunga muvofiq oborot yoki qoldiq vedomosti tuziladi. Ulardagi maolumotlar sintetik schyotlar jami summasi bilan solishtiriladi va shunday qilib yo’l qo’yilgan xatoliklarni aniqlash yoki uning oldini olish imkoniyati yaratiladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal order shakli yuqorida ko’rib o’tilgan hisob shakllarida mavjud kamchiliklarni yo’qotish va hisob shakllarini takomillashtirish natijasida vujudga kelgan. Uning xususiyatlaridan biri shundaki, bunday yozuvlar hisobot olish davomida jamlash va guruhlash vedomostlarida, shu jurnalda guruhlanib beriladi. Jurnal orderidan tashqari erdamchi vedomostlar ham yuritiladi. SHaklning xususiyatlaridan yana biri hisob registrlarining buxgalteriya hisoboti tuzishga moslanganligidadir, yaoni unda ”memorial- order”, ”bosh jurnal” shakllariga qaraganda xujjatlarning aylanishi tezlashadi, sintetik va analitik hisoblar qo’shilib ketadi, hisobotning qo’shimcha ishlarini bajarmasdan, to’g’ridan-to’g’ri hisob registrlaridan tuzish mumkin bo’ladi va xakozo. SHaklning kamchiligi hisoblash mashinalaridan foydalanish chegaralanganligidadir.
Korxonalarda hisob ishlarini yuritish va xo’jalik operatsiyalarini hisobga olishni tashkil qilishning turli shakllaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob yozuvlarining maolum texnika vositasidan foydalanib tashkil qilishga aytiladi. Bunda korxona buxgalteriya hisobida sodir bo’lgan har xil xo’jalik operatsiyalari o’z vaqtida to’g’ri, izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir tizimda jamlanishi ta’minotlanadi.
Buxgalteriya hisobining shakllari quyidagi asosiy printsiplariga ko’ra birbiridan farq qiladi.

  1. sintetik hisob registrlarining tuzilmasi;

  2. sintetik va analitik hisob registrlari, xronologik va muntazam registrlarning o’zaro aloqasi;

v) buxgalteriya hisobi registrlarining tashqi ko’rinishi;
g) buxgalteriya hisobi registrlariga yozuvlarni izchillik bilan yozish tartibi va texnikasi.
Tajribada buxgalteriya hisobining juda ko’p xil shakllarini sanab chiqish mumkin.Bularni ko’pchiligi bir-biriga mos keladi, chunki ko’plari avval qo’llanib kelaetgan shakllarning airim elementlarini takomillashtirish hisobiga vujudga kelgan.
Buxgalteriya hisobi tarixan shuni ko’rsatib turibdiki, keyingi yillarda buxgalteriya hisobi shakllarining ko’p turliligi tipozitsiyalash tirish va unifikatsiyalashtirish kabi ilg’or yo’nalishlarga amal qilgan holda birmuncha qisqartirilgan.
Buxgalteriya hisobining ilg’or shaklini qo’llash masalasi juda muhim va qiyin masaladir.Bu masalaning dolzarbligi xozirgi vaqtda hisob-kitob ishlarida personal hisoblash texnikasini intensiv qo’llash natijasida ortib bormoqda. Xozirgi kunda buxgalteriya hisobining ilg’or shakllaridan hisobni tashkil qilishda keng qo’llanilayotgan ayrim turlarini ko’rib chiqishdan oldin buxgalteriya


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling