28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Download 0.95 Mb.
bet34/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Esda tuting


Bundan tashqari, korxonalar mulkining hajmlari va o’tkazish tartiblariga ko’ra ham ashyoviy ro’yxatga olishni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1) korxona barcha mulkini ro’yxatga olish; 2) korxona mulkining bir qismini ro’yxatga olish.
o’tkaziladigan ro’yxatga olish to’satdan ro’yxatga olish tarkibiga kiradi.
Korxonalarning mol-mulklarini ro’yxatga olish uchun oldindan buyruqlashtiriladi va buning uchun komissiya tarkibi tasdiqlanadi.Har bir xo’jalik ob’ektidagi mol- mulkni ro’yxatga olishdan oldin moddiy javobgar shaxsdan tilxat olinadi. Bu tilxat mazkur ob’ektda o’z vaqtida kirim qilinmay qolgan hech qanday moddiy qiymatliklar yo’qligi va boshlang’ich xujjatlar o’z vaqtida rasmiylashtirilayotganligi to’g’risida maolumot beradi.
Demak, ashyoviy ro’yxatga olish deb, xo’jalik mablag’’larini haqiqiy miqdorini tekshirish yordamida, uning natijalarini buxgalteriya hisobi maolumotlari bilan solishtirish asosida aniqlashga aytiladi.
Ashyoviy ro’yxatga olish natijasida mol-mulkning kamomadi yoki ortiqcha ekanligi aniqlanadi. Agar, xaqiqiy maolumotlar buxgalteriya maolumotlaridan kam bo’lsa, u holda mol - mulkning kamomadi aniqlangan bo’ladi, uning aksi bo’lsa u xolda ortiqcha deb hisoblanadi. Joylarda qiymatlik va pul mablag’’larini yo’qlama qilish, korxona buxgalteriyasi bilan birgalikdayo’qlama qilish natijalarini aniqlashda qatnashish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad bilan xar bir ortiqchaliklarni o’zaro berkitish va tabiiy kamayish meoyorlari chegarasida kamomadlarni hisobdan chiqarish masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqish, mol-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va chiqarish, ularning hisobi va butligi ustidan nazoratni yaxshilash masalalari xamda meoyordan ortiq va foydalanilmayotgan moddmiy qimatliklarni sotish haqida takliflar qilish, yo’qlama qilishni korxona buyrug’ida ko’rsatilgan muddatda o’tkazish va uni o’tkazish tartibini saqlash, ro’yxatga yozilgan maolumotlarning xaqiqatga to’g’ri kelishini ta’minotlash va yo’qlama qilish materiallarini to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish uchun korxonada qiymatliklarni yo’qlama qiluvchi ishchi yo’qlama qilish komisiyasi tuziladi. Bu komisiyaning raisi shu korxona raxbarinigvakili bo’ladi. Komisiya tarkibigi mutaxassis, muxandis, texnolog, mexaniq ishni amalga oshiruvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar kiritiladi. Komissiyaga qiymatliklarni yo’qlama qilish, baholarni va boshlang’ich va hujjatlarni yaxshi biladigan korxona xizmatchilari qo’shilishi kerak.
Yil davomida yo’qlama qilishlar o’rtasida korxonalarda muntazam ravishda mol - moddiy qiymatliklarni sao’lanish joylarida tekshirib turish va saralab yo’qlama qilish kerak. Buning uchun korxonalarda tekshirish va saralab yo’qlama qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiya yo’qlama qilish davrlari o’rtasida qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarining bajarilishi va moddiy javobgar shaxslar tomonidan o’rnatilgan boshlangich hisob yuritish tartibining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi.
Doimiy harakat qiluvchi yo’qlama qilish komissiyasi, ishchi yo’qlama qilish komissiyalari, tekshirish va saralab yo’qlama qilish komissiyalarining tarkibi korxona raxbarining buyrug’i bilan tasdiqlanishi yuqorida ham takidlangan edi.
Komissiya tarkibidagi xodimlar belgilangan oboektdagi mol - mulkni yo’qlama qiladilar.
Yo’qlama qilish davrida moddiy qiymatliklarning xar biri o’lchash, sanash, tortish va boshqa usullar bilan hisoblab chiqiladi.Hisoblash natijasi yo’qlama qilish ro’yxatiga yoziladi. Masalan, biror moddiy javobgar shaxsning hisobidagi moddiy qiymatliklar yo’qlama qilinayotgan bo’lsa, yo’qlama qilish tugashi bilan yo’qlama qilish ro’yxati oxiriga komissiya azolarining imzosidan so’ng moddiy javobgar shaxs “Ushbu yo’qlama qilish ro’yxatida ko’rsatilgan moddiy qiymatliklar mening ko’z oldimda hisoblab chiqilgan va shu moddiy qiymatliklarni o’z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim hamda yo’qlama qilish komissiyasiga mening xech qanday daovom yo’q” deb imzo chekadi.
Yo’qlama qilish ro’yxati rasmiylashtirilgandan so’ng korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.
Yo’qlama qilish bo’yicha taqqoslash vedomostini tuzish. Taqqoslash vedomostini tuzish va yo’qlama qilish natijalarini aniqlash ishlari boshlangunga qadar korxona buxgalteriyasi yo’qlama qilish maolumotlarida keltirilgan hamma hisob - kitoblarining to’g’riligini tekshirib chiqadi. Baholarda, summalarni chiqarishda yo’l qo’yilgan xatoliklar topilsa, u holda bu xatoliklar to’g’rilanadi va bu haqda komissiyaning hamma aozolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi.
Yo’qlama qilish ro’yxatining oxirgi betida baholar va summalarning to’g’riligi tekshirib chiqilganligi xaqida yozib qo’yiladi va shu tekshirishni o’tkazgan shaxs imzo chekadi. Yo’qlama qilish natijalarini aniqlash uchun tegishli taqqoslash vedomosti tuziladi. Taqqoslash vedomostlariga yo’qlama qilishda hisob maolumotlari bilan yo’qlama qilish ro’yxati maolumotlari o’rtasidagi farq qayd qilinadi.
Yo’qlama qilish farqlarini tartibga solish va yo’qlama qilish natijadarini rasmiylashtirish tartibi. Hamma kamomat, ortiqcha xamda debitor qarzlari, daovo qilish muddatning o’tkazib yuborilganligi natijasida ko’rilgan zarar summalari bo’yicha ishchi yo’qlama qilish komissiyasi tegishli xodimlardan yozma tushuntirish xatlarini oladi. Bu tushuntirish xatlari va boshqa xujjatlar asosida doimiy xarakat qiluvchi yo’qlama qilish komissiyasi aniqlangan kamomat, nobudgarchilik, qiymatliklarning buzilishi va ortiqcha chiqishining xarakterini o’rganadi. Bu komissiya taqqoslash vedomostlari tuzilishining to’g’riligini tekshirib chiqadi va yo’qlama qilish natijalari bo’yicha uzining xulosa va takliflarini protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Qiymatliklar bo’yicha buxgalteriya hisobi maolumotlari bilan yo’qlama qilish maolumotlari o’rtasidagi farq quyidagicha tartibga solinadi: 1) Qiymatliklarning o’rnatilgan meoyor chegarasidagi kamayishi korxona raxbarining buyrug’i bilan ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga qo’shiladi. Agar kamayish meoyori o’rnatilmagan bo’lsa, u holda kamayish kamomat deb qabul qilinadi; 2) Qiymatliklar bo’yicha meoyordan ortiqcha kamayish kamomat deb qilinadi. Bu kamomat va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan talafot aybdorning zimmasiga yuklanadi; 3) Qiymatliklar bo’yicha meoyorda ortiqcha kamayish va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan talafotlarning aniq ayibdorlari topilmasa, u holda bu kamomat va talafotlar korxonaning ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga qo’shiladi; 4) Ortiqcha qiymatliklar va navlar almashuvi sababli sodir bo’lgan qiymatliklarning kamomati bilan ortiqchalarini o’zaro qoplash natijasida aniqlanilgan ortiqcha summalar tegishli schyotlarga qabul qilinadi.
Ashyoviy yo’qlama qilish natijasida aniqlangan kamomadga misol


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling