28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
Inventarizatsiya jarayonida anqlangan tovar-material zaxiralari kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqka tortish
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
Inventarizatsiya jarayonida anqlangan tovar-material zaxiralari kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqka tortish
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan tovar-material zaxiralarining kamomadi xakikiy (balans) qiymati bo’yicha hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida kuyidagicha aks ettiriladi: debet 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yukotishlar» schyoti; kredit tovar-material zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900). Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan xollarda va agar baxolash natijasida kam chiqkan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqkan tovar-material zaxiralarining xakikiy (balans) qiymatidan yukori bulsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida kuyidagicha aks ettiriladi: debet 4730 «Moddiy zararni koplash bo’yicha xodimlarning qarzi» schyoti – aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqkan tovar-material zaxiralarining bozor qiymatiga; kredit 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yukotishlar» schyoti - kam chiqkan tovar-material zaxiralarining xakikiy (balans) qiymatiga; kredit 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqkan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqkan tovar-material zaxiralariiing xakikiy (balans) qiymati urtasidagi farkiga. Tovar-material zaxiralarining kamomadidan kurilgan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqka tortiladi. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tam olingan xollarda va agar baxolash natijasida kam chiqkan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqkan tovar-material zaxiralarining xakikiy (balans) qiymatidan past bulsa, kurilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida kuyidagicha aks ettiriladi: debet 4730 «Moddiy zararni koplash bo’yicha xodimlarning qarzi» schyoti – aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqkan tovar-material zaxiralarining bozor qiymatiga; debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqkan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqkan tovar-material zaxiralarining xakikiy (balans) qiymati urtasidagi farkiga; kredit 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’kotishlar» schyoti - kam chiqkan tovar-material zaxiralarining xakikiy (balans) qiymatiga. Tovar-material zaxiralarining kamomadidan kurilgan zarar summasi daromad (foyda) soligini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliq solish bazasini kupaytiradi. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo’lmagan xollarda, kam chiqkan tovar-material zaxiralarining kamomadidan kurilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida kuyidagicha aks ettiriladi: debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti; kredit 5910 «Kamomadpar va qiymatliklarning buzilishidan yukotishlar» schyoti. Tovar-material zaxiralarining kamomadidan ko’rilgan zarar summasi daromad (foyda) soligini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliq solish bazasini kupaytiradi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan tovar-material zaxiralari ortikcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o’xshash tovarmaterial zaxiralarining bozor qiymati bo’yicha baxolanadi (ortikcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida kuyidagicha aks ettiriladi: debet tovar-materil zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900); kredit 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan tovar-material zaxiralar bo’yicha daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqka tortiladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling