28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Download 0.95 Mb.
bet32/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Muammoli vaziyat:
Misol. Kassa kirim orderini olib ko’radigan bo’lsak, bu xujjatda pul berish uchun farmoyish bor, ikkinchidan, kassadan pul berilganligi haqida tegishli shaxslarning imzolari bor bo’lib, ular ushbu operatsiyani bajarganligini isbotlaydi va uchinchidan, buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtirish uchun maxsus ko’rsatgichlarga ega. Xujjatlar xo’jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibiga qarab boshlang’ich va yig’ma xujjatlar guruhlariga bo’linadi.
Boshlang’ich xujjatlar xo’jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda tuzilib, ular ushbu operatsiyaning bajarilganligi to’g’risida dastlabki dalil hisoblanadi. Boshlang’ich xujjatlarga kassa kirim orderi , kassa chiqim orderi, schyot faktura, nakladnoy kabi xujatlar misol bo’la oladi.
Misol. Kassa kirim orderini olib qaraydigan bo’lsak, bu xujjat korxona kassasiga kirim qilingan pul miqdorini aks etaradi, yaoni sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyasini birinchi dalili bo’lib ham hisob lanadi.
Yig’ma xujjatlar esa boshlang’ich xujjatlar asosida tuzilib, xo’jalikda sodir bo’lgan operatsiyalarni ikkinchi bor qayd qiladilar.
Mazkur xujjatlar boshlang’ich xujjatlardagi maolumotlarni umumlash tiradi. Yig’ma xujjatlarga moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari, jamg’aruvchi vedomostlar va boshqalar misol bo’ladi.
Misol: korxona kassirining hisobotini ko’rib chiqadigan bo’lsak, u kassa kirim va chiqim orderlari asosida tuzilib, maolum bir hisobot davrida kassaga qancha miqdorda pul tushganini va qancha miqdorda sarf qilinganligi to’g’risidagi umumlashgan maolumotni aks ettiradi. 89
Buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtirish xujjatlari turkumiga xar-xil hisobkitoblar (asosiy vositalarning eskirishini hisoblash) vedmostlar, jurnal-order va boshqalar kiradi.
Ushbu xujjatlar xo’jalik opratsiyalarini bajarilishiga asos bo’lmaydi, chunki ular mustaqil ahamiyatga ega emaslar, binobarin ular ilgari rasmiylashtirilgan buyruq beruvchi va dalil bo’luvchi xujjatlar yoki buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilgan yozuvlar asosida tuziladi.
Aralash (kombinatsiyalashgan) xujjatlarga yuqorida keltirilgan turli xil (buyruq beruvchi, dalil bo’luvchi va buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtiriluvchi) xujjatlarning belgilarini o’zida mujassamlash tirgan xujjatlar kiradi. Ular bir paytning o’zida xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun buyruq beruvchi, ham uning bajarilishini isbotlovchi dalil va buxgalteriya yozuvini aks ettiruvchi xujjatlar bo’lib hisoblanadi. Aralash xujjatlar turkumiga kassa chiqim orderi, kassa kirim orderi, hisob - kitob to’lov vedmostlari va boshqalar kiradi.
Buxgalteriya xujjatlarida aks ettirilgan xo’jalik operatsiyalarini schyotlar yordamida guruhlash uchun maxsus shaklda tuzilgan jadvallardan foydalaniladi. Bu jadvallar hisob registrlari deb ataladi.
Boshlang’ich xujjatlar xo’jalik operatsiyalarining amalga oshirilganligini qayd qiladi. Davlat, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalarda (bank muassasalari va jamoa xo’jaliklaridan tashkari) boshlang’ich xujjatlarni tuzish, qabul qilish, saklash va buxgalteriya hisobida kayd qilish tartibi «Buxgalteriya hisobida xujjatlar va xujjatlar aylanishi haqida nizom» bilan o’rnatilgandir. SHu qoida talablari asosida tuzilgan boshlang’ich xujjatlargina buxgalteriya hisobi registrlariga kayd qilinadi va amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari haqida ma’lumotlar uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Boshlang’ich xujjatlar xo’jalik operatsiyasi sodir bo’lgan paytda tuzilishi va ularda aniq (ishonchli) ma’lumotlar kayd qilinishi kerak. Eskirgan va ixtiyoriy tuzilgan shakllarning ish :qorozlaridan foydalanish mumkin emas. Ayrim xollarda boshlang’ich xujjatlarni mashina ukiy oladigan ma’lumot tashuvchilarda xam tuzish mumkin. K,uyidagi rekvizitlari bo’lgan boshlang’ich xujjatlargina xuquqiy kuchga ega bo’ladi: xujjat (shakl) ning nomi, shaklning kodi; xujjat tuzilgan sana; xo’jalik operatsiyasining mazmuni;
xo’jalik operatsiyasi (mikdor va qiymat ifodasi) o’lchovi;
xo’jalik operatsiyasining amalga oshirilishi va uni to’g’ri rasmiylashtirish uchun javabgar shaxslarning mansablari nomlari, imzolari va ularning rasshifrovkalari. Bundan tashxari, zarurat tug’ilsa, boshlang’ich xujjatda yana Quyidagi qo’shimcha rekvizitlar xam bo’lishi mumkin: xujjatning rakami; korxonaning nomi va manzili;
xujjatda qayd kilgan xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish asosi; xujjatlashtirilayotgan xo’jalik operatsiyalarining xarakteri bilan aniqlaniladigan boshqa qo’shimcha rekvizitlar. Buxgalteriya hisobi mexanizatsiyalashtirilgan (avtomatlashtirilgan) larda boshlang’ich xujjatlarning rekvizitlari kodlar shaklida kayd qilinyashi mumkin. Boshlang’ich xujjatlarni arxivda saklash davrida ulardagi yozuvlar uchib ketmasligini ta’minlaydigan vositalar bilan xujjatlarga yozuvlar qilish kerak. SHuning uchun boshlang’ich xujjatlardagi yozuvlar oddiy siyox, kimyoviy qalam, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinasi, mexanizatsiya vositalari va boshqa yuqorida qo’yilgan talabga javab bergan vositalar yordamida qilinishi kerak. Boshlang’ich xujjatlardagi yozuvlarni qilishda oddiy qalamdan foydalanish qatiyan man qilinadi.
Boshlang’ich xujjatlarninr bo’sh satrlari albatta chizib qo’yilran bo’lishi kerak. Korxonalarda bosh buxgalter bilan kelishilgan xolda boshlang’ich xujjatlarga imzo chekish xuquqi berilgan shahsning ro’yxati tuziladi va bu ro’yxat korxona raxbari tomonidan tasdiqlanadi. Juda noyob va qimmatbaxo moddiy qiymatliklarni ombordan chiqarish uchun tuziladigan xo’jatlarga imzo chekish xuquqiga ega bo’lgan shaxslar soni juda xam qisqartirilgan bo’lishi kerak. Mashina o’qiy oladigan boshlang’ich xujjatlarni tuzish uchun javabgar bo’lgan izolarning imzolarini parollar yoki ushbu shaxsning imzosini bir xilda identifikatsiya qilishni ta’minlaydigan
avtorlashtirish usullariga almashtirish mumkin.
Qoidaga ko’ra, tegishli xollarda ayrim boshlang’ich xujjatlarning shakllari ish qog’ozlari qat’iy hisobotdagi qog’oz katoriga kiritilishi mumkin. Bunday ish korozlar rakamlash asbobi yoki matbaa usuli bilan rakamlashtirilishi kerak. Buxgalteriyaga kelib tushgan boshlang’ich xujjat shakli va mazmuni bo’yicha tekshiriladi. Boshlang’ich xujjat shakli bo’yicha tekshirilganda uning to’la va to’g’ri rasmiylashtirish ganligi va rekvizitlarining to’ldirilganligi tekshirish boshlang’ich xujjat mazmuni bo’yicha tekshirilganda esa xujjatlashtirilgan operatsiyaning qonuniyligi va ko’rsatilgan arining mantiqiy jixatdan bog’liq ligi tekshiriladi.
Bosh buxgalterlar haqidagi nizomga kura, pul mablar mol-moddiy va boshqa moddiy qiymatliklarni qabul qilish saklash va xarajat qilish tartibiga xilof bo’lgan operatsiyalar bo’yicha boshlang’ich xujjatlarni bajarish va rasmiylashtirish man qilingan. Bunday xujjatlar korxonaning buxgalteriga tegishli qaror qabul qilishi uchun berishi kerak.
Ishlangan boshlang’ich xujjatlarning qayta ishlatish imkoniyatini yo’qotish maksadida ularga Quyidagicha qo’yiladi: boshlang’ich xujjat qo’lda ishlangan bo’lsa, u xujjatga uning mah’umotlari hisob registriga yozilgan sana yozib qo’yladi;
boshlang’ich xujjat hisoblash mashinalarida ishlangan bo’lsa, u xolda xujjatga uni ishlagan javabgar nazoratchining shtampi bosiladn. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan xamma xujjatlar xamda ish haqi hisoblashga asos bo’lgan xujjatlarda «olingan» yoki «to’langan» degan shtamp bosilishi yoki qo’l bilan yozilishi va unda shu sana (kun, oy, yil) ko’rsatilishi kerak. Buxgalteriya hisobida hisoblash texnikasi vositalari yordamida ma’lumotlarni ishlash uchun moslashtirlgan xujjatlar qo’llaniladi. Bunday xujjatlardan foydalanishga ruxsat hisoblash . texnikasi vositalarida yaratiladigan magnit lenta va kogozdan yasalgan axborot tashuvchilardagi xujjatlarga xuquqiy kuch berish haqadagi vaqtinchalik umumtarmoqq ko’rsatmalari bilan berilgan. hisoblash mashinalariga moslashtirilgan xujjatlarni saklash va ulardan foydalanish bilan bogliq bo’lgan masalalarni echishda hisoblash texnikasi vositalari bilan yaratilgan xujjatlarni tanlab olish, arxivda saklash uchun qabul qilish va ularni foydalanuvchilarga berish haqidagi qoidaga asoslaniladi. Buxgalteriya hisobida ayrim boshlang’ich xujjatlar kat’iy hisobotdagi ish qog’zlarga kiruvchi ish korozlarda yaratiladi. Bu ish qog’ozlar donalab hisobga olinadi. Bunday ish krrozlarda boshlang’ich xujjatlarni yaratishdan maksad mablarlarning xarajat qilinishi va mulkning butligi ustidan nazoratni kuchaytirishdir. 1qathiy hisobotdagi ish korozlar moddiy qiymatliklarni tsabul qilish yoki korxona xududidan ularni' chiqarish (vakolatnoma, moltransport talabnomasi) yoki moddiy qiymatliklarni shaxsiy kishilarga sotish (kirim kassa orderi) va ayrim boshqa operatsiyalarni rasmiylashtirish uchun ishlatiladi. U yoki bu ish korozlarni qat’iy hisobotdagi ish korozlarga o’tkazish haqida tegishli yuqori idoralar qaror qabul qilishi mumkin. Bu ish korozlarni hisobga olish, saklash va berish uchun mashul shaxe tayinlanadi. Ulardan foydalanuvchi mansabdor shaxslar ro’yxati korxona raxbari tomonidan tasdiklanadi. Korxonaga kelayotgan ish korozlar bu ish korozlarning hisobi, saklanishi va berilish uchun mas’ul shaxs tomondan tekshirib olinadi. Agar ish korozlarning kamligi aniqqlanilsa, u xolda bu haqda dalolatnoma tuziladi. Korxonada kat’iy hisobotdagi ish korozlarning hisobi kirim-chiqim daftarlarida olib boriladi. Korxona bo’linmalarining moddiy javabgar shaxslariga ish korozlar talabnoma bilan beriladi. Ishlatilgan ish korozlar moddiy javabgar shaxslar hisobidan dalolatnoma bilan chiqariladi. 1qathiy hisobotdagi ish korozlar bilan ishlaydigan xar bir moddiy javabgar shaxsga korxona buxgalteriyasida berilgan va ishlatilgan ish korozlar haqidagi kartochka — ma’lumotnoma olib boriladi. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan xolda yuritish asosdari (xo’jalik operatsiyalarini xujjatlashtirish; hisob axborotlarini tizimlashtirish va umumlashtirish, undan foydalanish va uni saklash; xujjatlar aylanishini tashkil qilish tartibi) mutasaddi idoralar ishlab chiqkan korxonalarni boshqa rishni avtomatlashtirilgan tizimi tarkibi avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yaratish va uni qo’llash bo’yicha umumtarmoq uslubiy ko’rsatmalarida aniqlangan.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling