28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Download 0.95 Mb.
bet24/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Muammo: Kalpkulyatsiya
qilish usulini ishlab chiqarish xususiyatiga qarab tanlash.

Masalan, kreditlanuvchi schyotlar “Materiallar “, “ Kambaxoli va tez eskiruvchi buyumlarning eskirishi”, “Xizmat qiluvchi ishlab chiqarish va xo’jaliklar“, “ Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitolar“, “ Ijtimoiy sug’urta va ta’minototga doir hisob kitoblar “ va boshqa schyotlardan iborat. Bu schyotlarning krediti asosan 10-jurnal orderidan debetlanuvchi schyotlar qatorida keltiriladigan “Asosiy ishlab chiqarish “, “Korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar “, “Yordamchi ishlab chiqarishlar“ , “Umumishlab chiqarish xarajatlari“, “Ishlab chiqarishdagi yaroksiz mahsulotlar”, “Kelgusi davr xarajatlari” schyotlari bilan korrespondentsiyada bo’ladi. Yuqorida keltirilgan kreditlanuvchi schyotlarning ishlab chiqarish xarajatlari bilan aloqador bo’lmagan kreditli operatsiyalar 10.1 - jurnal orderida yozib boriladi. Oy tomom bo’lgandan sung 10-jurnal orderining yakuniy summalari 10.1-jurnal- orderiga ko’chiriladi, so’ngra undan hisoblab chiqilgan umumiy summalar bosh daftardagi schyotlarga o’tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni topish uchun bu ikki jurnal-orderdan tashqari ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan “Kassa”, “Hisob- kitob schyoti “, “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” va shu kabi schyotlarning kreditlari bo’yicha yuritiladigan jurnal- orderlariga xam murojaat qilinadi. 10-junal- orderni to’ldirish uchun asosan ayrim tsexlardagi xarajatlarning analitik hisobi uchun yurtiladigan 12-yordamchi vedomostdan, kelgusi davr xarajatlari xamda kelajakdagi xarajatlar va tulovlar rezervi hisobidan qilinadigan xarajatlarning hisobini yuritish uchun xizmat qiladigan 15-yordamchi vedomostdan foydalaniladi. 10-jurnal orderi shunday
tuzilganki, undagi barcha ishlab chiqarish xarajatlarining schyotlari bo’yicha yakunlangan summalar shu ishlab chiqarish xarajatlarining ayrim elementlari va kalg’qo’lyatsiya moddalari bo’yicha tegishli ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Bu maolumotlar ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi hisobotlarni tuzishga moslashgan bo’lib, hisobot shakllarini tuzishni osonlashtiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari bo’yicha aniqlash uchun ishlab chiqarishdagi xarajatlar schyotlari o’rtasida sodir bo’lgan o’zaro sarflarni umumiy xarajatlar summasidan chiqarib tashlash kerak.
Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi ushbu ishlab chiqarishning xususiyati hamda unda qo’llanilayotgan kalpqo’lyatsiya qilish usuliga bog’liq. Bunda ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilaetgan buyumlarning bir turdagi guruxlari, mahsulotning ayrim turlari, ayrim buyurtmalar va ishlab chiqarishning ayrim bo’linmalari bo’yicha hisob qilinishi mumkin. Mahsulot ayrim turlarining ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari baozi korxonalarda alohida kartochkalarda yuritiladi. Ayrim korxonalar va tsexlar bunday xarajatlarni maxsus daftarlarda yuritishlari mumkin. Bu registrlarning asosiy ko’rsatkichlari xo’jalik operatsiyasining qisqacha mazmuni, sanasi, xarajatlarning kalpqo’lyatsiya moddalari bo’yicha summalari va ishlab chiqargan mahsulot miqdorida iborat.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling