28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


T/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni


Download 0.95 Mb.
bet75/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

T/r

Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

Asosiy, yordamchi tsexlardan, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardan tayyor maxsulotlarning kirim qilinishi

2810

2010, 2310, 2710

2

Tayyor maxsulotlarni hisobning yarim tayyor usulida kirim qilish

2810

2110

3

Tayyor maxsulotlarning ko’rgazmadan omborga kirim qilinishi

2810

2820

4

Tayyor maxsulotni qayta baxolash a) qiymatining oshirilishi
b) qiymatining kamaytirilishi

2810
3190

6230
2810

5

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tayyor maxsulotlar

2810

9390

6

Ichki extiyojlar uchun tayyor maxsulotlarning ishlatilishi, tayyor maxsulotlarning tsexlarga qayta ishlov berish va boshqalar uchun qaytarilishi

2010, 2310, 2510,
2710 9410-9440

2810

7

Tayyor maxsulot omboridan maxsulotlar yaroqsiz maxsulotlarni tuzatish uchun berildi

2610

2810

8

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad, agar aybdor shaxs aniqlanmagan bo’lsa

5910

2810

9

Kelgusi davr xarajatlari tarkibida yuritiladigan xarajatlarga tayyor maxsulotlarning ishlatilishi

3190

2810

10

Tayyor maxsulotlarning ko’rgazmaga berilishi

2820

2810

11

Sotilgan tayyor maxsulotning tannarxini hisobdan chiqarish.

9110

2810-2830

12

Tayyor maxsulotlarning moliyaviy quyilmalar (shu jumladan qimmatli qog’ozlar) hisobiga berilishi

0600, 5800 9110

9010
2810

13

Inventarizatsiya natijasida moddiy javobgar shaxsning aybi bo’yicha kamomadning aniqlanishi

4730

2810

14

Tayyor maxsulotlarning ajratilgan bo’linmalardan kelib tushishi

2810

6110

15

Tayyor maxsulotlarning ajratilgan bo’linmalarga berilishi

4110

2810-2830

16

Tayyor maxsulotlarning tekinga berilishi

9430

2810

Sotishga mo’ljallangan tovar va prokat buyumlari sifatida xarid qilingan tovar-moddiy qiymatliklarining mavjudligi va xarakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
2910 "Ombordagi tovarlar";
2920 "Chakana savdodagi tovarlar"; 2930 "Ko’rgazmadagi tovarlar";
2940 "Prokatdagi buyumlar";
2950 "Tovarlar bilan band va bo’sh idishlar";
2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar";
2970 "Yo’ldagi tovarlar"; 2980 "Savdo ustamasi"; 2990 "Boshqa tovarlar".
Sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar, qandaydir buyumlar, materiallar, oziq-ovqat maxsulotlari maxsus sotish uchun xarid qilingan xollarda qo’llaniladi.
Ta’minot, tayyorlov, savdo korxonalarida tovarlarni hisobga oluvchi schyotlarda shuningdek, asosiy vositalar yoki materiallarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarda yuritiladigan ishlab chiqarish yoki xo’jalik extiyojlari uchun xizmat qiladigan inventarlardan tashqari sotib olingan idishlar va o’zida ishlab chiqarilgan idishlar hisobga olinadi.
2910 "Ombordagi tovarlar" schyotida ulgurji va taqsimot bazalarida, omborlarda, umumiy ovqatlanish korxonalarining saqlash joylarida, sabzavotni saqlash joylarida va boshqalarda saqlanayotgan mavjud tovar zaxiralarining naqdligi va xarakati sotib olish qiymatida hisobga olinadi.
Omborga kelib tushgan tovarlar va idishlarning kirim qilinishi 2910
"Ombordagi tovarlar" schyotining debetida tovarlarni xarid qilish bilan bog’liq xarajatlar bilan birgalikda aks ettiriladi.
Tovarlar va idishlarning kelib tushishini 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" schyotidan foydalanilgan xolda materiallar bilan bog’liq muomalalarni hisobga olish tartibi kabi bir xilda hisobda aks ettirish mumkin.
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga sotilgan tovarlar va ular uchun ushbu xaridor (buyurtmachi)larga hisob-kitob xujjatlarining taqdim etilishi yoki ular tomonidan to’lanishi 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidan 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyotining debetiga sotish tartibida hisobdan chiqariladi.
2920 "Chakana savdodagi tovarlar" schyotida chakana savdo korxonalari (magazinlar, palatkalar, laryoklar, kioskalar va hokazolar) va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi tovarlarning naqdligi va xarakati hisobga olinadi. Chakana savdo korxonalari va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi shisha idishlar (shishalar, bankalar va boshqalar)ning naqdligi va xarakati xam ushbu schyotda hisobga olinadi. Chakana savdodagi tovarlarning sotilishida xam
2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidagi kabi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
2930 "Ko’rgazmadagi tovarlar" schyotida ko’rgazmalar, yarmarkalar, reklama va ko’rsatish uchun mo’ljallangan tovarlar hisobga olinadi. Bunda 2930 "Ko’rgazmadagi tovarlar" schyotining debeti va 2910 "Ombordagi tovarlar" yoki 2920 "Chakana savdodagi tovarlar" schyotlarining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Tovarlar uchun javobgarlik vaqtincha bir moddiy javobgar shaxsdan boshqasiga o’tadi. Agar ko’rgazmaga, yarmarkaga va xokazoga qo’yilgan tovarlar sotilsa, u xolda buxgalteriya yozuvlari 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidagi kabi amalga oshiriladi.
2940 "Prokatdagi buyumlar" schyotida prokatga (ijaraga) berish uchun mo’ljallangan buyumlarning naqdligi va xarakati hisobga olinadi.
2950 "Tovarlar bilan band va bo’sh idishlar" schyotida tovarlar bilan band va bo’sh turgan idishlarning (chakana savdo korxonalaridagi va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi shisha idishlardan tashqari) naqdligi va xarakati hisobga olinadi.
Savdo korxonalari tovarlar bilan band va bo’sh bo’lgan idishlarning xarakatini ularning tarkibi va baxosidan kelib chiqqan xolda idishlar guruhi baxosi bo’yicha o’rnatiladigan o’rtacha hisob baxosi bo’yicha hisobga olishlari mumkin. Bunda idishlarni sotib olish baxosi bilan o’rtacha hisob baxolari orasidagi farq 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyotida yoki 9490 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyotida olib boriladi.
2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar" schyotida boshqa korxonalarga komissiya va konsignatsiya shartnomasi bo’yicha berilgan tovarlar hisobga olinadi. 2970 "Yo’ldagi tovarlar" schyotida hisobot davri oxirida yo’lda qolgan (omborga kelib tushmagan) tovarlar hisobga olinadi.
2980 "Savdo ustamasi" schyoti agar chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida tovarlar hisobda sotish baxosida yuritilsa, tovarlarning savdo ustama (chegirma)lari to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida ushbu schyotda omborxonalar, bufetlar va oshxonalardagi mavjud oziq-ovqat maxsulotlari va tovarlarning savdo ustamalari shuningdek, oshxona va bufet maxsulotlariga sotish baxosida ularning qiymatiga belgilangan tartibda qo’yiladigan ustama summalari hisobga olinadi.
2980 "Savdo ustamasi" schyoti tovarlar kirim qilinganda savdo ustamasi summasiga kreditlanib, sotilgan, chiqarilgan, yoki tabiy yo’qotish natijasida hisobdan chiqarilgan, yaroqsiz, buzilgan, kamomad va xokazolarda tovarlar bo’yicha savdo ustamasi summasiga debetlanadi. Savdo ustamasining sotilgan tovarlarga to’g’ri keladigan qismi 2980 "Savdo ustamasi" schyotining debetida va 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyotining kreditida aks ettiriladi. Savdo ustamasi summasining sotilmay qolgan tovarlar qoldig’iga to’g’ri keladigan qismi yo’qlama qilish opislari asosida, o’rnatilgan me’yorlarga muvofiq, tovarlarga tegishli ustamani aniqlash orqali aniqlashtiriladi.
Chakana savdo korxonalarida sotilmagan tovarlar qoldig’iga to’g’ri keladigan savdo ustamasi summasi oy boshida tovarlar qoldig’iga to’g’ri keladigan savdo ustamasi summasi va 2980 "Savdo ustamasi" schyoti debeti bo’yicha aylanma summasiga (boshqa hisobdan chiqarishlarga) kamaytirilgan 2980 "Savdo ustamasi" schyoti krediti bo’yicha aylanmani bir oyda sotilgan tovarlar summasi (hisob baxolari bo’yicha) va oy oxiridagi tovarlar qoldig’iga (hisob baxolari bo’yicha) nisbatidan kelib chiqqan xolda hisoblangan foiz bo’yicha aniqlanishi mumkin.
2990 "Boshqa tovarlar" schyotida 2910-2950 schyotlarda aks ettirilmaydigan boshqa tovarlar hisobga olinadi.
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900) bo’yicha analitik hisob moddiy javobgar shaxslar, tovarlarning nomlari (navi, guruіlari, toylar) va tovarlarning saqlanish joylari bo’yicha yuritiladi.
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900)ning bog’lanishi


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling