28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p 356


-chizma 3.3 Antimanapol faoliyat va raqobatni rivojlantirish


Download 0.7 Mb.
bet9/14
Sana25.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1722617
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
28 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). Usa, 2009, p

1-chizma

3.3 Antimanapol faoliyat va raqobatni rivojlantirish
Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan «Davlat raqobat qo‘mitasi» asosida «Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi» (Antimonopoliya qo‘mitasi) tashkil etilgani to‘g‘risidagi yangilik kishini quvontirdi. Alohida va mustaqil monopoliyaga qarshi kurashuvchi idora joriy iqtisodiy islohotlar zanjirida yetishmayotgan edi.Bu kabi islohot mamlakatda 2000 yilda ham amalga oshirilgan — Moliya vazirligi tarkibidan mustaqil «Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi» ajratilgan edi. Biroq hukumatning 2012 yildagi qarori bilan «Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi» va «Davlat mulk qo‘mitasi» yangi idoraga — «Davlat raqobat qo‘mitasi»ga aylantirildi.Afsuski, bu yangi tashkil etilgan qo‘mita faoliyatida bevosita raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi yo‘nalish oz o‘rin olgan edi. Davlat raqobat qo‘mitasining 2012 yildan keyingi hisobotlari bunga dalolat bo‘la oladi. Ularda asosan davlat aktivlarini xususiylashtirish, sotish, boshqarish, nochor korxonalar bilan ishlash va hokazolar yoritilgan.Ya'ni, aytish mumkinki, 2012 yilda Davlat mulk qo‘mitasi Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasini «yutib yubordi». Bu esa mamlakatdagi raqobatni himoya qilishga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Shu sababdan, mustaqil Antimonopoliya qo‘mitasi tashkil qilinishini bozor iqtisodiyotini qurishdagi to‘g‘ri qadam, deb hisoblayman. «Ko‘rinmas qo‘l»Odamlarning o‘z manfaatlarini ko‘zlab qiladigan, ammo pirovardida butun jamiyatga foyda bo‘ladigan sa'y-harakatlari iqtisodiyotning «ko‘rinmas qo‘li» deyiladi. Zamonaviy iqtisodiyot otasi sanalmish Adam Smitning «ko‘rinmas qo‘l» nazariyasiga asosan, inson o‘z tabiatiga ko‘ra xudbin va manfaatparastdir. Ammo u o‘z foydasini ko‘zlab faoliyat yuritsa-da, beixtiyor jamiyatga foyda keltiradi.Eng qizig‘i — u bu bilan «jamiyatni boyityapman» degan fikrni xayoliga ham keltirmaydi. Lekin «ko‘rinmas qo‘l» shunday natijalarga olib keladiki, bundan nafaqat u odam — butun jamiyat manfaat ko‘radi. Iqtisodiyot nazariyasiga ko‘ra, bozorning bunday «ko‘rinmas qo‘li» moddiy resurslarni taqsimlashda eng samarali instrument hisoblanadi. Biroq, turli xil tashqi sabablarga ko‘ra, bu nazariya ba'zida ish bermay qoladi.Bozorning «ko‘rinmas qo‘li» ojiz bo‘lib qolgan paytda, iqtisodiyot tamoyillaridan biriga ko‘ra, davlat iqtisodiy holatni yaxshilash imkoniyatini ishga solishi kerak.
Klassik misol — kimyoviy zavodlarning atrof-muhitni ifloslantirishi. Bunday holatda davlat tabiatni muhofaza qilish borasidagi qonunchilik vositasida vaziyatni yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.Bozorni nochor holatga keltiradigan omillarga yana bir misol — bozor ustidan hukmronlik o‘rnatish (monopoliya, kartellar). Bularning natijasida iqtisodiy samaradorlik pasayadi. Bu holatda davlat o‘zining bevosita aralashuvi orqali bozordagi nosog‘lom holatni yaxshilashi mumkin. Davlatning bunday — bozordagi nosog‘lom raqobatni yo‘q qilishga yo‘naltirilgan ijobiy aralashuvi adabiyotda «davlatning ko‘rinar qo‘li» deb ham nomlanadi.«Ko‘rinar qo‘l»Mazkur maqola doirasida biz davlatning aynan shunday — «ko‘rinar qo‘li» — monopopoliyaga qarshi kurashish faoliyatini ko‘rib chiqamiz. O‘zbekistonda kechayotgan iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lida antimonopoliya idorasining roli qanday? Monopoliyaga qarshi kurash haqiqatan ham samarali bo‘lishi uchun qanday choralarni qo‘llash kerak? Ana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz.Monopoliyaga qarshi kurash va islohotlar Keling, ayni vaqtda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning tom ma'nodagi atimonopol siyosat bilan aloqasini ko‘rib chiqamiz.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling