28-variant 1-sovolga jovob
Download 93.08 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul agregatlari
Pul massasi- yuridik va jismoniy shaxslarga hamda davlatga tegishli bo’lgan naqd va naqdsiz ko’rinishdagi pul mablag’larining yig’indisidir.
Pul muomlasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga asoslanadi: 1. Ana shunday muhim omillardan biri pul-tovar munosabatlarining mavjudligi hisoblanadi. 2. Yana bir omil pul mablag’larining tovarsiz harakatlanishi hisoblanadi. Pul muomlasining meyoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. Pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning mavjudligidir. Odatda pul muomlasini Markaziy bank tomonidan tashkil qilinadi va tartibga solinadi. Lekin pul muomnalasini tashkil qilishda bank tizimining 2-chi pog’onasida turuvchi tijorat banklari rol o’ynaydi. Pul taklifi jarayonini tushunishning birinchi bosqichi banklardagi depozitlarni o’rganish hisoblanadi, chunki depozitlar pul taklifining katta tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavzuda banklarning depozit siyosati va ular bilan bog’liq operatsiyalari yoritilgan. Pul taklifi jarayonidagi 3 ta asosiy subyektlar: Markaziy bank-hukumat vakili hisoblanib, bank tizimini nazorat qilishga va monetar siyosatni tashkil etishga javobgar; AQShda Federal Zaxira Tizimi. Banklar (depozitariy institutlar)- aholi va tashkilotlardan deposit qabul qiluvchi va qarz beruvchi tashkilotlar: tijorat banklari, kredit assotsiatsiyalari, maxsus jamg’arma banklar va kredit uyushmalari. Depozitorlar-banklarga depozit qo’ygan yuridik va jismoniy shaxslar. Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o’lchash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi: 1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig’I ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi. 2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo’l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi. 3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo’lmagan muddatli va jamg’arma depoztlar olinadi. 4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg’arma sertifikati. 5. M4(L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg’arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o’zaro fondlari paylari. Download 93.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling