29- mavzu. Gazlarning tarkibini tahlil qilish. Asosiy ma’lumotlar va tasnifi. Termokonduktometrik va termomagnitli gaz analizator lari. Reja
Download 288.61 Kb.
|
29-маъруза (1)
TERMOMAGNIT GAZ ANALIZATORI
Gazlar orasida kislorod alohida paramagnetizm xususiyatiga ega. Kislorod magnit maydonga boshqa gazlarga nisbatan ko`proq tortiladi. Uning bu xossasi murakkab gaz aralashmalaridagi kislorod kontsentratsiyasini o`lchashga imkon beradi. Barcha (kislorodni analiz qiladigan) magnitli gaz analizatorlari termomagnit va magnitomexanik asboblarga bo`linadi. K islorodning temperaturasi o`zgarganda uning magnit xossalarining o`zgarish effektiga asoslangan termomagnit usuli keng tarqalgan. Bu usul termomagnit konvektsiya hodisasiga asoslangan. Agar tok bilan qizdirilgan o`tkazgich bir jinsli bo`lmagan magnit maydonga o`rnatilsa, gaz aralashmasining xossasi kamayadi, shu sababli o`tkazgich atrofida magnit maydonning kuchli erlaridan kuchsiz erlariga tomon aralashmaning harakati boshlanadi. 29.3-rasm. Termomagnit gaz analizatorining printsipial sxemasi. Temperaturaning ko`tarilishi sababli gazning magnit xossasi kamayadi, natijada gaz aralashmasining ichki oqimi vujudga keladi. Bu oqimda qizigan gaz aralashmasi termomagnit konvektsiya hodisasi sababli uzluksiz siqib chiqariladi. 7.3-rasmda termomagnit gaz analizatorining printsipial sxemasi keltirilgan. Tekshirilayotgan gaz aralashmasining temperaturasi issiqlik almashtirgich yordamida turg’unlashadi. Aralashma sarfining doimiyligi o`lchash o`zgartgichi 2 ni rotametr 3 orqali shuntlash yo`li bilan ta`minlanadi. SHu sababli sistema kirishidagi gaz sarfining tebranishlari o`zgartgichdan o`tish tezligiga ta`sir qilmaydi, chunki a va b nuqtalar orasidagi bosimlar farqi doimiy bo`lib qoladi. Uzgartkichning gazli bo`shlig’i ko`ndalang kanalli halqa kamera 4 shaklida diamagnit materialdan ishlanadi. Kanalning kirish qismi doimiy magnit maydon orasiga joylashadi, uning ichida esa Rt3 Rt4 ikki sektsiyali platina chulg’amlar o`rnatiladi, bu chulg’amlarning qarshiligi nomuvozanat ko`prikning ikki elkasini hosil qiladi. Agar boshlang’ich aralashmada kislorod bo`lmasa, ko`ndalang kanalda harakat bo`lmaydi. Aralashmada kislorod bo`lsa, uning molekulalari magnit maydoniga yo`nalib, kanalga tortiladi. Rt chulg’amlar o`lchash sxemasi manbaining toki ta`sirida 100...200°S gacha qizdirilgani sababli kanal 4 ga kelgan kislorod ham qiziy boshlaydi. Temperatura ko`tarilishi bilan magnitning kislyrodga ta`siri kamayadi, shuning uchun gazning yangi qismi magnit maydon zonasiga tortilib, qizigan kislorodni halqa kameraga itaradi. Gazning hosil bo`lgan konvektsion oqimi issiqlikni asosan cho`lg’amdan oladi, shuning uchun sektsiyalar temperaturasi har xil bo`lib qoladi. Rt3 va Rt4 qarshiliklarning tekshirilayotgan gaz kontsentratsiyasiga proportsional o`zgarishi natijasida, ko`prikning o`lchash diagonalida nobalanslik signali paydo bo`ladi. Bu signal shkalasi kislorodning protsent miqdorida darajalangan avtomatik potentsiometr orqali o`lchanadi. Ulchash ko`prigi stabillashgan ta`minlash manbaidan (STM) ta`minlanadi. Qarshilik R5 ko`prik manbaining tok kuchini o`rnatish uchun xizmat qiladi; R1 va R2 doimiy manganin qarshiliklar. Ulchashning termomagnit usulida xatolar, asosan, quyidagi sabablarga ko`ra sodir bo`ladi: a) atrof-muhit temperaturasining o`zgarishi natijasida gaz aralashmasining magnitlanishi o`zgaradi; b) sezgir element issiqligining o`zgarishi (o`lchash ko`prigi manbai kuchlanishining o`zgarishi); v) tekshirilayotgan gaz aralashmasi yoki atmosfera bosimning o`zgarishi; g) magnitlarning eskirishi natijasida magnit maydoni kuchlanishining o`zgarishi. Sezgirlikni oshirish va xatoliklarni kamaytirish uchun sanoatda foydalaniladigan gaz analizatorlarida o`lchash va taqqoslash ko`priklarnning tegishli elkalariga ulangan ikkita halqali kompensatsion o`lchash sxemalari qo`llaniladi. Analiz qilinayotgan gaz temperaturasi va bosimining o`zgarishi shuningdek, o`lchash sxemasini ta`minlovchi kuchlanishning o`zgarishi har qaysi ko`prikning o`lchash diagonallaridagi kuchlanishga bir xilda ta`sir etadi, shuning uchun gaz analizatorining ko`rsatishlariga bu o`zgarishlar ta`sir qilmaydi. Tutun gazlaridagi kislorod miqdorini uzluksiz aniqlash uchun MN 5106-2 tipidagi termomagnit gaz analizatori ishlatiladi, uning o`lchash chegaralari bir nechta bo`lib, ulardan eng maksimali 0–10%. YUqorigi o`lchash chegarasinnng asosiy xatoligi ±2% MN 5130-1 tipidagi gaz analizatori ikki yoki uch komponentli gaz aralashmalaridagi kislorod kontsentratsiyasini uzluksiz o`lchash va standart elektr signallari berish uchun mo`ljallangan. Signal berish qurilmasi bilan jihozlangan. Ulchash natijalarini ko`rsatish va yozish uchun gaz analizatori bilan bir komplektda ikkilamchi o`ziyozar asbobdan foydalaniladi. Kislorodni o`lchash chegaralari 0–0,5 dan 80–100% gacha. Asosiy xatolik ±2 dan 10% gacha (o`lchash chegaralariga qarab). Gaz aralashmasining hajmiy sarfi 12 sm3/s, bosimi 90–105 kPa. Ulchash vaqti 120 s. CHiqish signallari 0–5 mA, 0–100 mV. Download 288.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling